Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarini saqlash shartlari



Download 410 Kb.
bet29/76
Sana16.11.2022
Hajmi410 Kb.
#867313
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA конун

40-modda. Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarini saqlash shartlari
Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari qisqartirilgan yoki tugatilgan hollarda tashkilot mahalliy mehnat organiga axborot taqdim etadi.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnat shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlar, xodimlar sonining o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida, zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan shaxslar uchun ish o‘rinlari, agar ushbu shaxslarning soni xodimlar soni o‘zgargan kalendar yil uchun tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan belgilangan zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonidan ortiq bo‘lmasa, ustuvor tartibda saqlanadi.
Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rni ilgari ushbu ish o‘rnini egallagan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan bo‘shaganda, tashkilot yangidan ochilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rni to‘g‘risida mahalliy mehnat organini o‘n kunlik muddatda xabardor qilishi shart.
Tashkilot tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlariga muvofiq o‘zi uchun ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladigan toifadagi shaxslarni ishga joylashtirishi shart.
Tashkilot zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining tayyorligini yil boshlanishidan oldin o‘n kundan kechiktirmay ta’minlashi, shuningdek bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart.
Ish o‘rinlarining qolgan qismini zaxiraga qo‘yish tashkilot tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlanadi, bu haqda mahalliy mehnat organi birinchi chorak tamom bo‘lganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Tashkilotlar mahalliy mehnat organiga ishga joylashtirish to‘g‘risida har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar axborot taqdim etadi.
Mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
41-modda. Tuman (shahar) hokimining ish o‘rinlarining eng kam sonini tashkil etishga doir qarorini bajarmaganlik, shuningdek zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etganlik uchun javobgarlik
Tuman (shahar) hokimining davlat qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini tashkil etishga doir qarorini bajarmaganlik, shuningdek zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlari tomonidan yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etganlik Qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Javobgarlikka tortish zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonini tashkil etish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish