Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari



Download 410 Kb.
bet64/76
Sana16.11.2022
Hajmi410 Kb.
#867313
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
Bog'liq
AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA конун

98-modda. Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘laridan quyidagilarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashni;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida foydalanish, shu jumladan ularni jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga, bir martalik, vaqtincha yoki mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ijara shartlari asosida berish orqali foydalanish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va ashyo-anjomlarni olishni, shuningdek aholi bandligini ta’minlashni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ta’minlashni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlarni amalga oshirishni;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun maxsus kiyim-bosh va xavfsizlik texnikasi vositalari olishni;
qishloq, kommunal xo‘jaligi, yo‘l-transport sohasidagi va aholi bandligiga ko‘maklashishga doir chora-tadbirlarni rag‘batlantirishga qaratilgan boshqa tarmoqlardagi infratuzilmani yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun subsidiyalar va grantlarni;
Jamoat ishlari jamg‘armasini saqlashni, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni, binolarni, aloqa hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini saqlashni, xo‘jalik xarajatlarini va boshqa xarajatlarni;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish bo‘yicha tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etishni, shuningdek ustav fondida ishtirok etish orqali ularning faoliyatiga ko‘maklashishni;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish masalalariga doir axborot materiallarini tayyorlash va e’lon qilishni, ko‘rgazmali axborot tayyorlashni, materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirishni;
Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasiga mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlarning ellik foizi hajmida ajratmalar qilishni.
Jamoat ishlari jamg‘armasining xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning barcha shartlari tatbiq etiladi.
Jamoat ishlari jamg‘armasining joriy yilda foydalanilmagan mablag‘larining qoldiqlari keyingi moliya yiliga o‘tkaziladi va keyingi yil uchun mablag‘lar ajratilayotganda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
99-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (bundan buyon matnda Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi deb yuritiladi) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuzilgan litsenziya bitimi doirasida fuqarolarni vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborishni amalga oshiruvchi tashkilotlarning belgilangan miqdordagi mablag‘larini, zaxiraga qo‘yilgan summa sarflab yuborilgan taqdirda mablag‘larni to‘ldirish, shuningdek fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish huquqi uchun litsenziyaning amal qilishi tugatilgan taqdirda mablag‘larni qaytarish sharti bilan zaxiraga qo‘yish;
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklaridagi va boshqa moliyaviy vositalardagi depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish