pensiyaoldi yoshi — shaxsning davlat tomonidan belgilangan pensiyaga chiqish yoshidan ikki yil oldingi yoshga to‘lishi;
haq to‘lanadigan jamoat ishlari — buyurtmachilar-ish beruvchilar — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan, qoida tariqasida, dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning vaqtincha bandligini ta’minlash uchun mahalliy mehnat organlari tomonidan beriladigan ishga joylashtirishga doir yo‘llanmalar bo‘yicha bajariladigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlari;
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi — mehnat bozori va bandlik, mehnat resurslari balansi, tashkil etilayotgan ish o‘rinlari haqidagi xolis, muntazam yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan, ish beruvchilar va xodimlarga mehnat munosabatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, ishga joylashishning shaxsga doir tarixi, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari, xodimlarning son va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish hamda saqlash uchun maydoncha taqdim etadigan elektron axborot tizimi.
4-modda. Bandlik
Oldingi tahrirga qarang.
Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarga o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha mutlaq huquq tegishlidir.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Quyidagi fuqarolar band deb hisoblanadi:
mehnat shartnomasi bo‘yicha haq evaziga to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan yoxud kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
kasalligi, ta’tilda bo‘lishi, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda yoki malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib turilganligi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq vaqtincha ish joyida bo‘lmagan xodimning ish o‘rni saqlanib qoladigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar;
(4-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;
o‘zini ish bilan mustaqil ravishda ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining a’zolari, fermer xo‘jaliklarining a’zolari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bo‘yicha, shu jumladan fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
(4-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |