Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-bob. Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish



Download 410 Kb.
bet31/76
Sana16.11.2022
Hajmi410 Kb.
#867313
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Bog'liq
AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA конун

10-bob. Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish
44-modda. Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari
O‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.
Agar ish qidirayotgan shaxsga u ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran dastlabki o‘n kun ichida maqbul keladigan ish taklif etilmagan bo‘lsa yoki mahalliy mehnat organi mazkur shaxs ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobini olgan bo‘lsa, shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n birinchi kundan kechiktirmay mahalliy mehnat organi tomonidan qabul qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror mahalliy mehnat organining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, ushbu buyruq bir vaqtning o‘zida ishsizlik nafaqasi tayinlash to‘g‘risidagi buyruq hisoblanadi. Buyruqda ishsizlik nafaqasining miqdori va uni hisoblash sanasi ko‘rsatiladi.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur qaror qabul qilinganidan keyin ikki kunlik muddatdan kechiktirmay yozma ravishda yoki telefon, elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Bunda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga uning huquq va majburiyatlari, mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish bo‘yicha sektorga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga biriktirilgan xodim huzuriga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun majburiy kelish sanasi, ishsizlik nafaqasini olish shartlari va joyi, shuningdek ishsiz shaxs uchun zarur bo‘lgan boshqa axborot xabar qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb e’tirof etish chog‘ida mehnat daftarchasiga yozuv qayd etilmaydi.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar bepul maslahat olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish xizmatlarini olish, shuningdek mahalliy mehnat organlari ko‘magida ishga joylashish huquqiga ega.

Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish