Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]


-bob. Kengashning asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligi



Download 77,54 Kb.
bet15/20
Sana11.07.2022
Hajmi77,54 Kb.
#777793
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
PQ-4899 25.11.2020

2-bob. Kengashning asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligi
6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini tashkil qilish;
xavfli biologik omillar ta’siridan aholini himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xavf-xatarlarning oldini olish, biologik xavflarni monitoring qilish tizimini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va takliflarni tayyorlash, ekspert baholash hamda ko‘rib chiqish;
mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarining amalga oshirilishini ta’minlash;
muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hamda mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni, shu jumladan omma o‘rtasida muhokama qilish.
7. Kengashga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘rib chiqiladigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi:
a) karantin, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish, shu jumladan:
aholi o‘rtasida o‘lim holatlarining asosiy sabablari hisoblangan yuqumli kasalliklar, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklarning qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitga zarar keltiruvchi infeksiyalari tarqalish darajasini pasaytirish;
yangi, qaytalanadigan yuqumli kasalliklarning vujudga kelishi va tarqalishi, shuningdek, kam uchraydigan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududida oldin uchramagan yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olish;
tibbiy yordam ko‘rsatish va veterinariya faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning oldini olish;
mikroorganizmlar shtammlarining dori vositalari, kimyo va (yoki) biologik vositalarga turg‘unligini (rezistentligini) bartaraf etish;
inson va qishloq xo‘jaligi hayvonlarining tabiiy mikrobiotasi, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklarning kam uchraydigan va yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish va tiklash;
inson va hayvonlar organizmlarining immun tanqisligi holatlari, shuningdek, ular bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalish darajasini pasaytirish;
inson va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklarning profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan amaldagi hayvonot qabristonlarini qayta barpo etish va yangilarini qurish;
b) atrof-muhitni salbiy biologik ta’sirdan muhofaza qilish;
v) patogen mikroorganizmlar va viruslar kolleksiyalarini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish;
g) patogen biologik agentlarni (patogenlarni), shu jumladan yuzaga kelishi xavfi yuqori bo‘lgan biologik obyektlarda qo‘llash bilan amalga oshiriladigan avariyalar va (yoki) diversiyalarning oldini olish;
d) xavfli texnogen faoliyatni, shu jumladan genetik materiallar va sintetika biologiyasi texnologiyalaridan nazoratsiz foydalanish, shuningdek, xavfli biologik moddalardan foydalanish bilan bog‘liq terrorchilik aktlarini tayyorlash va sodir etishni ogohlantirish va ularning oldini olish;
e) biologik xavflarni monitoring qilish tizimini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan biologik xavflarni monitoring qilish bo‘yicha mustaqil tizimning faoliyatini tashkil etish;
j) biologik xavflarni monitoring qilish natijasida aniqlangan boshqa biologik xavf-xatarlarni zararsizlantirish;
z) qonunchilikning o‘zaro bog‘liq sohalarida nazarda tutilgan, shu jumladan quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar:
fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, ushbu sohalardagi qonun hujjatlariga muvofiq biotibbiyot hujayra mahsulotlarini muomalaga kiritish;
hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, veterinar-sanitar jihatdan xavfsiz chorvachilik mahsulotlarining ishlab chiqarilishini ta’minlash;
qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq o‘simliklarni karantin va himoya qilish;
texnik reglamentlarga muvofiq mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash;
atrof-muhitni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish, ushbu sohadagi qonun hujjatlariga muvofiq biologik xilma-xillikni saqlash;
gen-muhandislik faoliyatini amalga oshirish, genetik modifikatsiyalangan organizmlar, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir sintetik biologik agentlarni chegaradan olib o‘tish, tranzit qilish, ishlov berish va ulardan foydalanish;
i) Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
8. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan Kengashning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
o‘z majlislariga davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy muassasalar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif qilish;
mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritish;
axborot-tahliliy va ekspert ishlarini o‘tkazish uchun ilmiy, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnikaviy siyosat masalalari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va ishlab chiqish uchun olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning izchil bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
9. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.

Download 77,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish