Ijtimoiy madaniy faoliyat



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/60
Sana27.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#414028
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Bog'liq
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

Franchesko Petrarka
(1304-1374) yirik olim notiq va shoir. U butun hayoti davomida 
qadimiy (antik) adabiyot yodgorliklarini o`rgandi. 
Tsitseronning xatlari va 2 ta ma`ruzasini topdi. Qadimiy avtorlardan TSitseronni «o`z otam» 
asar Vergiliyning o`z og‟am deb atadi. YUnon tili bilan shug‟ullanadi. 
Agar 
Dante 
o`z 
asarlarini ital‟yan tilida yozgan bo`lsa, Petrarka asosan lotin tilida ijod qildi. CHunki lotinni u asosiy 
adabiy til hisoblar edi. Petrarkaning lotin tilida yozgan asarlarini 2 guruhga: Poetik va ahloqiy-
falsafiy asarlarga bo`lish mumkin. Lotin tilida yozilgan «Afrika» dostoni (1338-1342) Rim 
yozuvchisi Vergiliyning «Eneida» dostoniga taqlid qilish asosida dunyoga kelgan. 9 qo`shiqdan 
iborat ushbu asar tugallanmagan. Dostonda Afrikani zabt etgan Rim milliy qahramoni Stsipionning 
g‟alabalari tasvirlanadi. 
Petrarkaning «Mashhur kishilar haqida», «Unitilmaydigan narsalar haqida» nomli tarixiy 
asarlari ham bor. Birinchi kitobda Rimning mashhur kishilari (Aleksandr Makedonskiy, Gannibal‟) 
biografiyasi tasvirlanadi. Ikkinchisida ilgari yashagan avtorlarning asarlaridan parchalar, misollar va 
hikmatli so`zlar keltirilgan. 
Petrarka uchun ital‟yan tilida yozilgan asarlari unchalik katta ahamiyat kasb etmagan 
bo`lsada, u keyinchalik ital‟yan tilidagi she`rlari bilan shuhrat qozondi. SHoir nafaqat Italiya 
adabiyotida balki butun Evropa she`riyatida o`ziga xos yangi yo`l, uslub yaratadi. 
Provans, ital‟yan shoirlari va Dant‟e singari u ham sevgi lirikasi bilan shug‟ullanadi. Petrarka 
o`z sevgilisini Laura deb ataydi. U haqida faqatgina 1327 yil 6 aprelda uchratib qolganini va oradan 
yigirma yil o`tgandan so`ng Laura vafot etishiganini ma`lum qiladi xolos. Unga bag‟ishlangan 
she`rlarini «Kantson‟eri» («Qo`shiqlar kitobi») deb ataydi. 
Keyinchalik «Madonna Lauraning hayoti» va «Madonna Lauraning vafoti» degan ikki 
qismga bo`lgan. To`plamda 317 sonet va yigirma to`qqiz kantson (she`r) bor. 
Masalan, shoirning SHukur Qurbon tomonidan tarjima qilingan «Madonn Laura hayoti»ga 
bag‟ishlangan quyidagi sonetini keltirish mumkin: 
O, bu bol takallum, o, qarash qiyg‟och,
Kurgummi sizni bot, eshitgummi botq 
Kuyida xuniga cho`mgan Muhabbat, 
Taqdiridan rozi o bu sumbul soch! 
O, bu, ajib chehra, qahri boshda toj, 
Zormanu ko`rgani, cho`chirman, hayhot! 
O, bu ishq choyshabi va`da qilgan tot! 
YOtsam yondiradir, hohlasang-da, qoch! 
Navozish va sehru jodu ko`rsatib,
Qiyo boqur ahyon-ahyonda bir-bir, 


29 
Ma`no qorishadir bor hayotimga 
Va shu on hasad-la olay, deb tortib –
Shu zarra haqqim bor, fortuna-taqdir 
Bemon g‟animday shoshar oldimga 
Sevgi mavzusidan tashqari siyosiy falsafiy mavzularda ham she`rlar bor. Ko`pchilik Petrarka 
biograflari Laurani to`qima obraz deb ta`kidlaydilar.
Laura haqida quyidagi ma`lumotlarni keltirish mumkin xolos: Laura 1307 yilda tug‟ilgan, 
1325 yilda dvoryanin Poganga turmushga chiqqan va 11 farzandning onasi bo`lgan. 1348 yilda o`lat 
kasalidan vafot etgan. 
Lauraga bag‟ishlangan birinchi she`r 1330 yilda yozilgan. SHoir Dante ta`siri ostida o`z 
sevganini sahovatli, borliqqa ijobiy ta`sir etuvchi qilib ko`rsatsa ham, go`zallikni sahovat bilan teng 
deb bilmaydi. Uning sevgilisi Lauraning xususiyatlari real. Laura oshiqqa beiltifot ayoldir. SHuning 
uchun shoirni sevgisi hayoliy bo`lib qoladi. Asarda shoir qalbidagi ikki xil sevgi - yuksak ruhiy 
muhabbat bilan real xissiy muhabbat o`rtasidagi qarama-qarshilik o`z ifodasini topadi. To`plam 
oxirida Petrarka Bibi Maryamdan «gunoh»lari uchun kechirim so`raydi. 
Petrarka lirikasining ahamiyati katta bo`lib, u Italiya lirikasini mistika, allegorizmlardan 
tozaladi. Petrarkada ishqiy lirika ilk bor real dunyo extiroslarni kuylashga yo`naltirildi. 
Franchesko Petrarka
(1304 – 1374 yillar) asarlarida ham Renessans g‟oyalari juda yuksak 
badiiy shakllarda kuylanadi. Uning bosh asari sifatida “Kantson‟ere”, ya`ni “qo`shiqlar kitobi”ni 
qayd etish zarur. Dante Alig‟erining “YAngi hayot” asari kabi u ham sevgi mavzuiga 
bag‟ishlangandir. SHoir 1327 yilda Avliyo Klara ibodatxonasida yosh va go`zal bir juvonni uchratib 
uni sevib qoladi. U 1346 yilda vafot etsa-da muallif unga bag‟ishlab she`rlar yozishdan to`xtamaydi. 
Petrarka bu ayolni o`z she`rlarida Laura nomi bilan yuritadi. Keyinchalik asar ikki qismga bo`linadi, 
ulardan dastlabkisi “Madonna Lauraning hayoti”, keyingisi esa “Madonna Lauraning vafoti” deb 
ataladi. Kitob “Kantson‟ere” deb nomlangan bo`lsa-da, unda kantsonalardan ko`ra sonetlar 
ko`proqdir. To`plamga kirgan sonetlar soni 317 tani tashkil etgani holda kantsonalar soni esa 29 
tadan ortmaydi. “Kantson‟ere”ning lirik syujeti shoirning ko`tarinki ruhiy muhabbati bilan real hissiy 
muhabbati o`rtasidagi konflikt asosiga qurilgandir. Asarda sevgi mavzuidan tashqari siyosiy va 
falsafiy mazmundagi she`rlar ham uchraydi. Masalan, “Mening Vatanim”, “Oliy ruh” kabi she`rlarda 
vatanparvarlik g‟oyalari bilan birga papa hokimiyati nuqsonlari, ma`naviy buzg‟unchiliklar fosh 
etiladi. Petrarkaning lotin tilida yozilgan “Afrika” dostoni (1336 – 1342 yillar) esa Vergiliyning 
“Eneida” dostoni ta`sirida yaratilgandir. SHoir tugallanmagan bu asarida Afrikani zabt etgan Rim 
milliy qahramoni Stsipion g‟alabalarini madh etadi. Rim tarixchisi Tit Liviydan olingan material asar 
syujeti uchun manba bo`lib xizmat qilgan. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish