Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi o‘z harakatini mahsulot ishlab chiqarish samaradorligaga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarishtexnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo‘lgan tovarlarga nisbatan marhamatli bo‘ladilar. Shunga ko‘ra bu konsepsiya e'tiborining asosiy ob'ekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining samaradorligani tanladi. Maqsadga erishishning yetakchi vositalari sifatida ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya etilardi.
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi mahsulotning iste'molchilik xususiyatlarini oshirishga alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida iste'molchilar eng yuqori sifatli, eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo‘ladilar, degan tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqate'tibor tovarga qaratiladi, shuning uchun ham marketing harakatlari tovar sifatiga, aniqrog‘i uning modernizatsiyasiga qaratildi.
30-yillarning o‘rtalaridan 80-yillarning o‘rtalarigacha marketing rivojlanishining ikkinchi bosqichi davri bo‘ldi. Bu davrda e'tibor sotishga, so‘ngra esa iste'molchiga qaratiladi (tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi, marketingning umumiy konsepsiyasi, marketing-miks).
Tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi sotish va sotilishlarni rag‘batlantirish sohasida yetarli harakatlarni amalga oshirmasa, iste'molchilar firmaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar, deb hisoblaydi. Firmaning asosiy maqsadi — sotilishlar hajmining o‘sishi hisobiga foyda olish. E'tiborining asosiy maqsadi — sotish va xizmat ko‘rsatish texnologiyasi va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha tijorat jarayonlarini jadallashtirish
Mavzu: Madaniyat va san’at sohasi menejmentining istiqboldagi rivojlanish
imkoniyatlari.
E’tibor bering!
Madaniyat va san'atda taraqqiyot qonuniyatlari va soha yo‘nalishlarini teng olib boruvchi muvozanat bo‘lib, uning doirasida yaqin kelajak istiqboli belgilanadi va rejalarga tegishli o‘zgarishlar kiritiladi;
Nazariya bilan amaliyot muvofiqligi. Madaniyat va san'at iqtisodiy istiqbolini ilmiy-texnika istiqboli bilan muvofiqlashtirib belgilash;
Xilma-xillik. Muayyan jarayon istiqbolini belgilash uchun shu soha xilma-xil jarayonlarini o‘rganish.
Madaniyat va san'at iqtisodiyoti istiqbolini belgilash mezonlari quyidagilardan iborat:
Istiqbolning ko‘lami. Istiqbolni belgilaydigan sohalar soni;
istiqbolni belgilaydigan sohadagi jarayonlar hajmi. Istiqbolni belgilash davrlari: uzoq muddatli (5— 10 yil), o‘rtacha muddatli (1 — 5 yil), qisqa muddatli (1 yil), tezkor (bir va bir necha oy) muddatlarda bo‘ladi. Istiqbolni belgilashdan maqsad: tadqiqotlar, me'yorni tahlil qilish.
Istiqbolni tez belgilash davrida o‘rganilayotgan madaniyat va san'at ob'ektida muhim sifat va miqdor o‘zgarishlari ro‘y bermasligi mumkin. Ya'ni ko‘rilayotgan voqyealar sifat jihatidan emas, balki miqdor jihatidan ortishi mumkin. Qisqa muddatli istiqbolni belgilashda faqat miqdor o‘zgarishlargina hisobga
olinadi. O‘rtacha va uzoq muddatli istiqbollarni belgilashda o‘rganilayotgan madaniyat ob'ektida ham miqdor, ham sifat o‘zgarishlar hisobga olinadi. Me'yor jihatdan istiqbolni belgilaganda muayan vaqt mobaynida zimmaga qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishilgani tadqiq etiladi.
Madaniyat va san'at amaliyotida iqtisodiy istiqbolni belgilash uch bosqichda olib boriladi:
O‘tmish saboqlarini o‘rganish—o‘tmishdagi jarayonlar va turli voqyealar holatlarining o‘zgarishini o‘rganish va ularning xarakterini aniqlash muhim vazifadir. Istiqbolni belgilash uchun tashkiliy ishlar ko‘rilib, tekshirilayotgan jarayonning dinamik andozasi quriladi.
Diagnostika — istiqbolni belgilash usullari aniq belgilanadi va tanlanadi. Prognozlash (oldindan aytish)—kamchiliklar va amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami aniqlanadi.
Hozir madaniyat sohasining iqtisodiy istiqbolini belgi-
lashning turli usullaridan foydalanilmoqda. Tahliliy (analitik)usul—oling^n natija va kelajakdagi amalga oshiriladigan vazifalar taqsimlanadi va rejalar tavsifi ishlab chiqiladi. Bu quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: dastlabki jarayonni o‘zgartirish va boshlang‘ich ishlash, empirik (amaliy) faoliyat va vazifalarni tanlash, empirik vazifalar o‘lchovlarini aniqlash, ekstrapolyasiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish va aniqlikni baholash.
Tahlillarning bog‘lanish usuli, ikkin va undan ortiq harakat
ko‘rinishlarini baholash orqali tahlil qilish.
Inqiroz holatlarining tahlili — bir va undan ortiq omillar ta'siridagi alomatlarni, ularning natijalarini o‘rganib, xulosalar chiqarish. Turli omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aks ettiruvchi funksiyalar omillarini aks ettiruvchi inqiroziy tenglamalarni aniqlash.
Dispersion tahlil — turli jarayonlarda bir-biriga o‘xshash va bir-biridan farq qiluvchi omillar o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqariladi.
O‘xshash jarayonlar usuli—istiqbolni belgilovchi jarayonlarda muhim manbalardagi umumiylik va ish tarzining bir-biriga nisbatan o‘rinli imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ekspert baholash usuli — kun tartibiga qo‘yilgan vazifani o‘lchamdagi usullar bilan hal etish mumkin bo‘dmagan hollarda qo‘llaniladi. U madaniy taraqqiyot modelini malakali mutaxassislar (ekspertlar) fikri asosida yaratishga imkon tug‘diradi. Ekspertning baholash usulini qo‘llash tartibi:
• ekspert so‘rovlar jadvalini ishlab chiqish;
• madaniyat va san'at faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan ekspertlar tanlash;
• so‘rovlar jadvaliii ekspertlar tomonidan to‘ldirish;
• olingan manbalarning ishonchliligini aniqlash maqsadida so‘rov natijalariga tahliliy ishlov berish.
Morfologik tahlil usuli — amalda istiqbolli va keng foydalaniladigan qonun-qoidalar to‘plamini tatbiq etish, rejalashtirishning eng maqbullarini, iqtisodiy mezonlar bo‘yicha tanlash.
Sohaga intellektual kuchlarni jalb etish ekspertlarni faol ijodiy jarayonlarga jalb etishga asoslangan bo‘lib, vazifa ilg‘or g‘oyalar "konsentratsiyasi" ortishi va g‘oyalar generatsiya jarayonini jadallashtirish yo‘li bilan hal etiladi.
Taqlidiy shakllash usuli asosan ehmda dialog rejimida yechimlarni izlashda foydalaiiladi. Bunda kutilajak natijalarni olish maqsadida iqtisodiy-matematik modellar bazasida turli xil boshlang‘ich chegaralangan shartlar hamda maqsadga muvofiq variantlar izlanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, odatda amalda ekspertlar jamoasi bahrlar, maqsadlar daraxtini ko‘rish, morfologik analiz va ssenariy yozishni o‘z ichiga olgan bir emas, bir necha usullar majmuidan foydalanadilar.
Madaniyat sohalarida ko‘proq tarqalgan iqtisodiy — matematik andoza — matritsiali model. U to‘g‘ri burchakli jadval (matritsa) sifatida namoyon bo‘ladi, ularning element (belgi)lari orqali iqtisodiy ob'ektlar aloqalari aks ettiriladi. Bu ob'ektlarning soni, ahamiyati matritsa qoidalarida ko‘rsatiladi.
Istiqbol butun mamlakat bo‘ylab viloyat, tuman, madaniyat va san'at tarmoqlari va turlari, muammolar va hokazolar bo‘yicha ishlab chiqiladi. Istiqbol qisqa, o‘rtacha va uzoq muddatlarga bo‘lib belgilanadi, har yili belgilanadigan madaniy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari qisqa muddatli belgilash hisoblanadi. Madaniyat va san'at iqtisodiyotini rivojlantirish uch yildan besh
yilgacha tuzilib, har yili tahlil qilinadigan
istiqbol rejalari o‘rtacha muddatli prognozlash hisoblanadi. Uzoq.
Muddatli istiqbolni belgilash rejalari madaniyat va san'at
iqtisodiyoti sohasi uchun ko‘pincha o‘n yilga mo‘ljallab ishlab chiqiladi.
Madaniyat va san'at sohasini ko‘rsatadigan xizmat turlariga
asosan quyidagi muassasalarga ajratish mumkin:
Teatr-tomosha (barcha tur va janrdagi teatrlar, konsert zallari, "o‘zbeknavo", sirklar, kinoteatrlar va h.k.);
Madaniy-ma'rifiy muassasalar (kutubxonalar, klublar, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylar, ko‘rgazma zallari va b.);
• "o‘zteleradio";
• nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish (kitob, jurnal, gaze-
ta va boshqalar).
Madaniyat va san'at iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish guruhlarga bo‘linib, muassasalar faoliyatiga qarab amalga oshiriladi. Bu guruhlar teatrlar., kinoteatrlar, kutubxonalar va boshqalardir. Madaniyat muassasalari miqdrriga ta'sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillar quyidagilardir: mamlakat aholisining soni, hududlarga tarqalganlik darajasi, qishloq aholi punktlari miqdori, turlicha ahrli soniga ega shaharlar soni, mintaqalardagi ahrli tarkibi — yoshi, kasb-kori, ijtimoiy holati va boshqa turli belgilari. Aholini xizmatlar bilan ta'minlashda tegishli me'yorlardan har bir muassasa guruhlari uchun foydalaniladi. Madaniyat va san'at iqtisodiyoti istiqboli rejasidagi xizmatlar hajmini ungacha bo‘lgan davrdagi me'yorlarning haqiqiy hajmi bilan solishtirish aholini madaniyat muassasalari, ularning dinamikasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish darajalarini aniqlashga olib keladi.
Teatr san'ati taraqqiyoti istiqboli quyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra aniqlanadi: barcha janr va turdagi teatrlar tarmogi (dramatik, opera, operetta, qo‘g‘irchoq, bolalar va b.), teatrlar sig‘imi (o‘rinlar soni), ya'ni sotiladigan o‘rinlar soni, teatr jamoalari ishining sifati, ijodiy mehnat hajmini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar— yepertuarlar, ertalab, kechqurungi tomosha zallarining bandligi, namoyish etilgan spsktakllarning umumiy soni, jumladan doimiy (asosiy sahnada) hamda safarlarda va boshqa ko‘rsatkichdar.
Teatr jamoalari ishining samarali ko‘rsatkichlarida tomosha zallarining bandligi (to‘ldirilishi) juda muhimdir. U quyidagicha aniqlanadi:
Bunda 3 — tomosha zallaridagi o‘rinlarning bandligi;
t— bir yillik tushumlar miqdori;
s— teatrlar sig‘imi;
m — bir yillik spektakllar soni.
Teatr jamoalari ishi sifatining yana bir muhim ko‘rsatkichi—bir spektaklga to‘g‘ri keladigan tomoshabinlarning o‘rtacha miqdori. Bu kattalik istiqbollashning foizlarda ifodalangan tushumlar (o‘rinlarning bandligi) miqdorida ko‘rinishida tijoratasari sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich aholining teatr repertuariga qiziqishi va aktyorlar rol o‘ynashining sifatiga qarab aniqlanadi.
Kino san'ati san'atning eng ommaviy turidir. Kinoseanslarni hatto uzoq qishloq joylardagi ahrli ham tomosha qilish imkoniga ega. Kino tarmoqlari rivojlanishining istiqboli shahar va qishloq joylari aholisi uchun kinomoslamalar umumiy miqdori,Shuningdek kinomoslamalarning turi (doimiy va ko‘chma) va qanday idoraga tegishliligiga qarab belgilanadi. Bunda shahar va qishloq hududlarining kinolashtirilish darajasining o‘sishi e'tiborga olinadi. Shaharlarni kinolashtirish darajasi doimiy kinomosla- malardan aholining har 1000 kishiga tomosha zallarida to‘g‘ri keladigan o‘rinlar soniga qarab aniqlanadi. Qishloq joylarda esa, bir kinomoslamaga qancha tomoshabin to‘g‘ri kelishiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |