Boshqarish bug‘ini – bu boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo‘limlaridir. Bu bo‘limlar o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega: Vazirlik, birlashma, korxona, sex, uchastka.
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘ining ikkinchisiga , odatda , quyi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysinishini ko‘rsatadi. Bu vertikal bo‘yicha bo‘linishdir.
Barcha bo‘g‘in va bosqicholarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inning huquq va burchlari, shuningdek, ular o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil qiladi.
Boshqarish tizimli turli miqyoslarga ega bo‘lishi mumkin.
butun xalq xo‘jaligini (tarmoqlarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
korxonalar ichidagi bo‘limlarni (sexlar, uchastkalar va hk boshqarish.)
O‘z navbatida , butun xalq xo‘jaligini boshqarish ham uni “tarmoq” “birlashma” va “korxona” darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi.
Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashii ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o‘z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joydashuvi ham ta'sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o‘tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.
Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari.
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:
chiziqli struktura;
chiziqli-shtabli struktura;
funksiyasional struktura;
chiziqli funksiyaonal struktura;
dasturli maqsadli struktura.
Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo‘ysunish turlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Agar rahbarlik to‘laqonli bo‘lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo‘lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo‘lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o‘zining masalalariga daxldor bo‘lisa bunday aloqa funksiyaonal vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o‘rtasidagi vetikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish , uyg‘unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |