Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi


Mavzu: Madaniyat va san’at menejmenti va unga mental omillar ta’siri



Download 1,66 Mb.
bet127/146
Sana14.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#797197
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   146
Bog'liq
Namangan davlat universiteti

Mavzu: Madaniyat va san’at menejmenti va unga mental omillar ta’siri.
E’tibor bering!
Ma'lumki, bozor munosabatlariga o‘tish davri, iqtisodiy vositalar bilangina xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan davrdir. Buning ma'nosi shuki, birinchi galda, madaniyat xodimlari eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechib, yangi iqtisodiy tizimga o‘tish bo‘lsa, ikkinchi galda, madaniyat va san'at muassasalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, moliya ta'minotiga yangi sifat Berish, barqaror o‘sish suratlarini baxsh etish bilan uzviy bog‘liqdir. Madaniyat muassasalarining moliyaviy faoliyati o‘z xarakteriga asosan murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. U ham bo‘lsa, bozor munosabatlarida madaniyat sohalarining moliyaviy ta'minotida davlat homiyligining ob'ektiv zaruriyatga aylanishidir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, madaniyat soha mehnati aql- zakovat va ijodiy mahsulot natijasidir. Bu hrlat bozorda ma'naviy ozuqa yaratuvchilarni himoyalash va ular faoliyatini sug‘ur talash kabi bir qator himoya vositalarini yaratishni talab etadi. Bu masalaga ijodkorlar manfaati tomonidan turib yondoshsak, ayrim paytlarda yaratilgan madaniy mahsulot uchun sarflangan xarajatlar tomoshabin qabul qilmasligi tufayli iqtisodiy samarasiz bo‘ladi. Bunday paytda ijodkor xodimning ko‘rgan zararini qoplamaslik jamoaning tang iqtisodiy ahvolga tushib qrlishiga olib keladi. Tabiiyki, bu holat madaniyat va san'at sohasining moliya ta'minotiga davlat homiyligi zaruratini yuzaga keltiradi. Zero, erkin bozor sharoitida ham madaniyat maskanlari jamiyat uchun nihoyatda zarurdir. Demak, bozor iqtisodiyoti munosabatlarida davlatning madaniyat iqtisodiyotiga aralashuvini cheklash emas, balki faollashtirish zarur. Xulosa qilib aytish mumkinki, bozor munosabatlari sharoitida madaniyat va san'at muassasalari davlat tomonidan mablag‘ bilan ta'minlanadigan xo‘jalik hisobida ish olib boradigan korxona sifatida shakllanmog‘i lozim. Shuningdek, madaniyatda iqtisodiy munosabatlar
aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar olingan foyda evaziga kengayishi,moddiy ne'matlar ishlab chiqaruvchi korxonalar singari xo‘jalik yuritish zaruriyati vujudga keladi. Bunda ishlab chiqarishning omili sifatida vujudga kelgan mulk nima ishlab chiqarishdan qati nazar, moddiy ne'matmi yoki xizmatmi uning harakat shaklini korxona deymiz. Mazkur fikrlardan kelib chiqib, biz bozor munosabatlari Jarayonida madaniyat muaseasalarining moliya ta'minot andozasini — xo‘jalik yuritilishining yangi iqtisodiy mexanizmiga o‘tkazish deb bilamiz. Bu esa bozor tamoyilining talabi, desak yanglishmaymiz. Bu andozaning mohiyati shundan iboratki, madaniyat tarmog‘ining ijodiy ishlab chiqarish faoliyati va ijtimoiy rivojlanishning asosiy masalalarini hal etishda mehnat jamoalari muassasalarining moliyaviy, xo‘jalik mustaqilligini, huquqlarini kengaytirish, moddiy va ma'naviy rag‘batlantirishning o‘zaro bog‘liqligini qaror toptirish, har bir xodim mehnat faoliyatining pirovard natijalariga, sifati va samaradorligiga qarab haq to‘lash ko‘zda tutiladi. Xo‘jalik yuritishning yangi iqtisodiy munosabatlariga o‘tkazish ilmiy g‘oyamizni madaniyat va san'at muassasalarining istiqbol yo‘lida tutgan o‘rnini o‘rganish maqsadida madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi klub va kutubxona tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar olib bordik.
Bu maqsadda 1991 yilda 2737 ta klub muassasalaridan 44 tasi xo‘jalik yuritishning' yangi iqtisodiy munosabatlariga o‘tkazildi. Dastlabki ma'lumotlarga asosan ta'kidlash kerakki, muassasalar faoliyatining yangi talabalar asosida tashkil etilishi, milliy istiqlolimizga hamda bozor iqtisodiyoti talablariga bevosita javob berar ekan. Natijada ilmiy izlanish doirasini kengaytirishga qaror qilindi. Va 1993 yilda respublika klub muassasalarining 62 tasi, shundan 41 tasi shahar hamda 27 tasi qishloq klub muassasalari, yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, 1992 yilda bu g‘oya doirasiga 112 ta universal va ommaviy kutubxonalar olindi. Shundan jizzax viloyatida 48 ta, namangan viloyatida esa 45 ta kutubxonada tadqiqotlar olib borildi. Kuzatishlar natijasiga asosan ta'kidlash lozimki, xo‘jalik yuritishning yangi iqtisodiy muno-
sabatlariga o‘tgan madaniyat muassasalarida mehnat unumdorligi va mehnatga haq to‘lash yuqori bo‘lib, xodimlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish, moliyaviy resurslardan yanada samaraliroqFoydalanish ortganligini ko‘rsatdi. Natijada bunday sharoitda mehnat qilishni xohlagan mehnat jamoalarining soni ko‘paya bordi. Jumladan, 1993 yilda o‘zbekistondagi 168 ta universal va ommaviy kutubxonalar xo‘jalik yuritishning yangi iqtisodiy munosabatlariga o‘tgan bo‘lsa, 1994 yilga kelib ularning soni 207 taga yetdi.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish