Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi


Mavzu: Boshqaruv qarorlari



Download 1,66 Mb.
bet99/146
Sana14.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#797197
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   146
Bog'liq
Namangan davlat universiteti

Mavzu: Boshqaruv qarorlari
E’tibor bering!
Menejer faoliyatida muhim ko'rsatkichlardan bin uning to'g'ri qaror qabul qilish qobiliyatidir. Boshqaruv qarori degan­da nima tushiniladi? Qaror — bu boshqaruv faoliyatining oxirgi natijasi. Qaror qabul qilish va ishlab chiqarish — bu boshqaruv faoliyatining asosiy shakli bo'lib rahbar mehnatining mazmuni, jamoaga ta'sir etish jarayonidir. Boshqaruv qarori 2 holatda ish- latiladi: 1-holatda kimdir yoki nimadir tomonidan o'rnatilgan akt, qabul qilingan ish reja, qaror va boshqalar. 2-holatda esa bir necha variantlar ichidan optimal variant tanlash.
Dolzarb muammolar paydo bo'lganda qaror qabul qilinadi. Muammo deb, murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat yechimini topish zaruriyatiga aytiladi.
Boshqaruv qarorining asosiy unsurlariga masala, vosita (ma- sala yechimi uchun zarur bo'lgan), javobgarlik (kim uni qabul qilishi) va muddat, Menejer boshqaruvni 4 funksiyasini ya'ni, rejalashtirish, tashkiliy, nazorat va rag'batlantirish (motivlash- tirish) bajarishi bilan, har biri bo'yicha qaror qabul qilib boradi.
Qarorni ishlab chiqarish va qabul qilish — bu rahbar faoli­yatida tashabbuskor jarayon. U quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

  • maqsadni qo'yish va uni ishlab chiqarish;

  • muammoni o'rganish;

  • qaror qabul qilishda samaradorlik mezonini tanlash va asoslash;

  • qaror variantlarini ko'rib chiqish;

  • muqobil variantni tanlash;

  • qaror qabul qilish;

  • qaror ijrosini uyishtirish;

  • qarorning bajarilishini nazorat qilish.

QAROR QABUL QILISHDAGI YONDASHUVLAR
Boshqaruv tajribasida qaror qabul qilishda 2 asosiy yondashuv vujudga keldi: individual va guruhli.
Individual yondashuvda qaror qabul qilishni markazlashgan- ligi asosiy rol o'ynaydi. Bunda tashkilotda asosan qarorlar yuqori bo'g'inda qabul qilinadi, qoida bo'yicha bitta yoki bir necha menejerlar ishtirok etadi. Ya'ni markazlashgan yondashuvda asosiy urg'u, qaror yuqori darajada qabul qilinishiga qaratiladi.
Guruhli yondashuvda qaror qabul qilish uchun ixtiyoriy boshqaruv darajasidagi menejer xodimlarni jalb etadi. Bunday holatda yuqori boshqaruv darajasidagi menejer mazkur qarorni qabul qilishga javobgar. Bu yondashuv bosh menejerni kundalik kichkina muammolarni yechish bilan o'ralashib qolishdan saqlaydi. Bu yondashuvning afzal taraflaridan bin, bu javobgar­lik va vakolat quyi boshqaruv darajasidagi xodimlarga beriladi. Bu esa qaror qabul qilishdagi samaradorlikni oshiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ko'rib chiqishda 2 asosiy holatni inobatga olmoq darkor:

    1. qaror qabul qilish qiyin emas, ammo yaxshi qaror qabul qilish qiyin;

    2. qaror qabul qilish — bu ruhiy jarayon, chunki rahbar qaror qabul qilishda ishlatiladigan usullar beixtiyorlikdan to yuqori mantiqiylikgacha variatsiya qilinadi. Bu yerda shuni ta'kidlash mumkinki, qaror qabul qilish jarayonida intuitiv, ya'ni fikrlashga asoslangan hamda ratsional xarakterga egadir.

QAROR QABUL QILISH JARAYONI
Qaror qabul qilish jarayonida menejer quyidagi savollarga javob bermog'i darkor: nima qilish? qanday qilish? ishni kimga yuklash? kim uchun qilish? qayerda amalga oshirish? va bu nima beradi?
Boshqaruv qarori qabul qilishning klassik yondashuvi ma'lum tartiblarga rioya qilish va majburiy bo'lgan ishlarni bajarishdan iborat.

INCLUDEPICTURE "G:\\madaniyat\\media\\image28.png" \* MERGEFORMATINET






      1. Muammoning qo'yilishi. Bunda menejerning vazifasi muammo holatini tashkil qilish, ya'ni «kasallik»ning belgilarini aniqlash, ish va maqsad holatini dastlabki qaror mezonlarini ifo- dalashni o'rganish. Shunday qilib, masalani qo'yish jarayoni, uni aniqlash va baholashdan iborat. Muammoni aniqlash — bu dastlabki oldinga qo'yilgan rejada vujudga kelgan cheklanishni bilmoqdir. Menejer shaxsiy obzor va axborot tahlilidagi jamoa fikri va boshqalar orqali muammolarni mavjudligini biladi. Muammoni aniqlashda boshqa menejerlar va quyi pog'ona ish- chilarining fikrini, muammoni aniqlashdagi asosiy manba hisob­lanadi.

Muammoni baholash — bu muammo, uning aniqlashdagi masshtabi va tabiatining qo'shilishidir.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish