Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi



Download 1,66 Mb.
bet55/146
Sana14.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#797197
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146
Bog'liq
Namangan davlat universiteti

Hujjatlashtirish - ish yuritishning muhim tarkibiy qismi bo’lib, u boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni turli vositalarga qayd etish va rasmiylashtirishning tartibli jarayonidan iborat. Vazirlik, boshqarmalarni, hokimiyatning barcha pog’onalari organlarini zamonaviy hujjatlashtirish, axborotni qayd etishning tabiiy, an’anaviy usullarini ( qo’lyozma, mashina yozma, shu jumladan, telegramma, telefonogramma, faks, maninogramma, videogramma turlarini) sun’iy usullar (perfokartalar, perfotasmalar, magnit tasmalari, kartalar, disklar, kristallar hamda hisoblash texnikasi va mikrografiyaning boshqa vositalari) bilan birga ishlatishni taqozo etadi. Hujjatlashtirishg vositalarini tanlash ham axborotni qayd etish usulini belgilaydi. Ular hujjat tuzishda ishlatiladigan oddiy qurollar (qalam, ruchka) mexanik qurollar (elektr-mexanik vositalar ya’ni yozish mashinalari, magnitofonlar, diktofonlar, foto, kino, video texnika vositalari) bo’lishi ham mumkin. Hisoblash texnikasi vositalari ham shunday qurollar vositasiga kiradi. Hujjatlashtirish usullari hujjatlashtirish vositalariga qarab bir-biridan quyidagicha farq qiladi:
- matnlarni hujjatlashtirish;
- kino, foto, video vositalarida hujjatlashtirish;
- elektron hujjatlashtirish.
Hujjatlashtirish natijasida hujjat vujudga keladi, u identifikatsiyalash imkonini beradigan belgilari, rekvizitlari bo’lgan moddiy vositaga yozilgan birlamchi axborotdir.Axborotning boshqa vasitalari ya’ni qayta ishlangan ikkilamchi axborotni bayon etuvchi kitob, gazeta, jurnallardan farqli o’laroq, hujjatlarda axborot birinchi marta qayd etiladi.
Hujjat so’zi arab tilidan o’zbek tiliga necha asrlar avval kirgan bo’lib, isbot usuli, dalil ma’nolarini bildiradi. Hujjat huquqiy mazmunga ega bo’lib, u boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos, qarorlarni ijrosining dalili va isboti bo’lib xizmat qiladi.Hujjat boshqaruv axboroti ma’lumotlarini yig’ish, ularni saqlash, uzatish, shuningdek, arxiv ma’lumotlarini olishda zaruriy vositadir.Shunday qilib, hujjatning ahamiyati va vazifasi keng qirrali bo’lib, undan turli ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi.Hokimiyat tuzilmalari faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy boshqaruv vazifalaridan biri bo’lgan boshqaruv tizimi va jarayonlarini tashkil etish tashkiliy hujjatlar majmuasida ifodalab beriladi. Boshqaruv organining maqomini, vakolat chegaralarini, uning faoliyat mazmunini, tuzilmasi, shtatdagi xodimlar soni, lavozimlar tarkibi va boshqa jihatlarini belgilaydigan qoidalar, nizomlar, me’yorlar ana shunday vazifalar jumlasiga kiradi. Rejalashtirish vazifasi tashkilot faoliyatini rejalashtirish yuzaga chiqariladi va reja hujjatlarida qayd etiladi.Ma’muriy masalalarni , hokimiyat organlari, muassasa va tashkilotlar, ularning tarkibiy bo’limlari, ayrim mansabdor shaxslarning faoliyatini tartibga solish, ularning o’zaro hamkorligi masalalarini hal etish farmoyish hujjatlarida ifodalanadi. Xolisona va to’g’ri axborotni yig’ish va ishlash jarayoni axborot-ma’muriy va tahliliy ma’lumot hujjatlarini yaratish natijasida nihoyasiga yetkaziladi, bu hujjatlar asoslangan, hozirjavob va bajarish mumkin bo’lgan qarorlar qabul qilishning muhim unsuri va sharti bo’lib hisoblanadi.Har qanday tashkilot faoliyatining natijalari hisobot hujjatlarida bayon etiladi, bu hujjatlar muqobil aloqa vazifasini bajaradi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan o’z vaqtida zarur nazorat olib borilishini ta’minlaydi. Bularning barchasi erishilgan natijalarni rejadagi ko’rsatkichlar bilan taqqoslash va shu asosda tashkilot faoliyatiga tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Shunday qilib, ayni vaqtda boshqaruv apparati zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish vositasi va usuli bo’lgan hujjatlarda boshqaruv faoliyatining barcha shakllari o’z ifodasini topadi.
Hujjatning vazifalari umumiy va o’ziga xos vazifalarga bo’linadi, u esa quyidagilardan iborat:
* axborot vazifasi – har qanday hujjatni maqsadi – vaqt va zamonda qayd etilgan hujjatni saqlab qolishdan iborat;
* ijtimoiy vazifa – har qanday hujjat biron-bir ijtimoiy ehtiyojning ifodasi bo’ladi;
* kommunikativ vazifasi – hujjat hamisha boshqaruvchi va boshqariluvchi tuzilmalar o’rtasidagi, davlat va jamoa tashkilotlari, mansabdor shaxslar o’rtasidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi;
* madaniy vazifa – hujjat madaniy an’analarni mustahkamlash va tarqatish vositasidir.
Boshqaruv faoliyati turli sohalarning o’ziga xos xususiyatlaridan hujjatning bir qancha maxsus vazifalari kelib chiqadi:
- boshqaruv maqsadlarini amalga oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan boshqaruv hujjatlari (reja, hisobot, tashkiliy-farmoyish hujjatlari) boshqaruv vazifasiga ega bo’ladi;
- jamiyatdagi huquqiy me’yorlar va huquqiy munosabatlar qayd etilgan qonun hujjatlari va huquqiy me’yoriy hujjatlar yoki bu vazifalarni vaqtincha bajaradigan hujjatlar (masalan, sudda dalilisbot vazifasini bajaruvchi har qanday hujjat) huquqiy vazifaga ega bo’ladi;
- o’zining asosiy vazifalarini amalga oshirgan va arxivga topshirilgan hujjatlar ilmiy-tarixiy vazifani bajaradi. Hujjatlarning umumiy hajmida bu hujjatlar deyarli 12-14% ni tashkil etadi.
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin.Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga erishish natajalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” – harakatlik, ishlab chiqaruvchilar zaruriy natijani beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada, siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajmi yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi.
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida hohlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi:
- boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi;
boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi;
boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalgam oshirish);
boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarish boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda);
boshqaruv mehanizmining samaradorligi(uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali boshqaruv shakllari). Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir tushunchaning mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi. Samaradorlikning o’z mazmuni va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsifga ega holat sifatida urg’u beriladi. Samaradorlik turlari har xil maqsadlarni (o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy va iqtisodiy) ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va mazkur doirada namoyon bo’ladi: ishlab chiqarish doirasida va iste’mol doirasida. Birinchi holatda xo’jalik hisobida boshqaruv samaradorligi (korxona, firma), ikkinchidan esa, xalq xo’jaligidagi boshqaruv samaradorligi ilg’or boshqaruv tizimini solishtirma baholash va tanlash, rejalashtirish, takomillashtirish va boshqaruvni rivojlantirish uchun xizmat qilish mumkin. Ob’ktni baholashga bog’liq holda samaradorlikning to’liq (umumiy) va lokal (xususiy) turlarga bo’lish mumkin(11-jadval). Birinchi holda boshqaruv tizimini samaradorligi aniqlanadi. Ikkinchidan – boshqaruv resurslarini alohida turlaridan foydalanish samaradorligi (mehnat axborot moddiy) aniqlanadi.
Menejment samaradorligining turkumlanishi
Ko’rsatkichlar Samaradorlik turlari Samaradorlik mazmuni Iqtisodiy, ijtimoiy namoyon bo’lish doirasi Xalq xo’jaligida, xo’jalik hisobida Baholash ob’ekti To’liq (umumiy), lokal (xususiy) Maqsadli mazmuni Rejali, haqiqiy, me’yoriy (potensial) loyihali Hisob – kitob usuli Absolyut (mutloq), solishtirma
Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini shakllantirish Operativlik, tashkillashtirish va tejamkorli- boshqaruvning yuqori samaradorligining muhim shartidir. Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi birligi, uning samaradorligini sifat tavsilotlari orqali tarmoq konsern va korxonada qo’llanilishini ifodalaydi.
2. Boshqaruv samaradorligi iqtisodiy ko’rsatgichlari Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir xususiyatlarini, jihatlarini, tomonlarini tavsiflaydi. Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch guruhga bo’ish mumkin:
1. Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik vositalarini (dastgohlar, hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish darajasini aniqlaydi.
2. Tashqiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayoninig tuzilishi, tashqiliy tuzilma, axborot va hujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir.
3. Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat shartlarini, sanitariya gigiena, ruhiy, fiziologik, estetik tomonlarini va mehnatining ijtimoiy omillarini aniqlaydi.
Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir:
- yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi);
- boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarini qoplash muddati;
- boshqaruv apparati mehnet unumdorligining o’sishi.
Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi
Boshqaruvni ijtimoiy samaradorligini miqdoriy bahosida mulkiy taqqoslash tavsifi va alohida xususiy yo’nalishlarga e’tiborlik xususiyati o’z ifodasini topadi. Boshqaruv apparatining mehnat unumdorlkigida muhim holat sifatida ishchilarning umumta’lim darajasini va malakasini oshirish, moddiy – maishiy sharoitlarini yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni takomillashtirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini kamaytirish, ijtimoiy – iqtisodiy omillarni qo’llash, ya’ni boshqaruv xodimlarining mehnat faolligini oshirish yoki mehnt qobiliyatlari susayishining oldini oluvchi, xodimlar qo’nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor sharoitida boshqaruvni ijtimoiy yo’nalishi kuchaytiriladi: boshqaruvni rivojlantirish moddiy – texnika bazasidan ijtimoiy – madaniy yo’nalishda foydalanish, korxonaning mulkchilik vositalari ahamiyatini, ishchilarning moddiy – maishiy sharoitlarini oshirish, ta’lim olish, madaniy vama’naviy vazifalarni chuqurlashtirish.
Menejer bozor munosabatlarida xo’jalik mehanizmini ijtimoiy, iqtisodiy va rag’batlantiruvchi omillarni, mehnat jamoasi tavsifini, kuch va malaka vositalarini qo’llash va takomillashtirishning sir – asrorlarini to’la o’zlashtirib olsagina boshqaruv faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta’minlash muhiti yaratilar ekan.


Nazorat savollari:
1. Boshqaruv tizimida ish yuritishning asosiy tushunchalarini aytib bering?
2. Axborot boshqaruvning asosidir bu nazariyaga qanday fikr bldirasiz?
3. Boshqaruvda samaradorlik va ish yuritish natijalari nimalarga bog’liq?



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish