Mavzu: Muzeylar va kо‘rgazma zallari faoliyatini tashkil etish va boshqarish.
E’tibor bering!
Muzeylar asosan ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlab faoliyat yuritadilar. Shuning uchun ham ushbu faoliyatning barcha jihatlari jamiyat oldidagi majburiyatlarga munosib bo‘lishi kerak. Muzey insonlar va davlatning madaniy, tabiiy va ilmiy meroslarini saqlovchisi sifatida o‘z zimmasiga alohida ma'suliyatni oladi va benuqson ish olib borishi kerak. Xukumat strukturasining bir qismi bo‘la turib muzey rahbarlik qiluvchi organining boshqaruv tizimiga muvofiq ishlashi kerak bo‘lsa ham, lekin bir vaqtni o‘zida muzey ishining hamma qabul qilgan amaliy usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Yigirmanchi asrning so‘nggi o‘n yilliklari muzey sohasida jiddiy iktisodiy muammolar paydo bo‘lishi davri edi. 1980 yillarda Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya muzeylari davlat tomonidan moliyalashtirilishining kamayganini sezishdi. “Fondlardagi moliyaviy tanglik muzeylar ahvolini omonat kilib ko‘ydi,”-deya habar berdi 1991 yil oktyabrida Washington Times, Bruklin muzeyi o‘zini asosiy hayriyachisi – Nyu-York shahri munitsipal byudjetini keskin kiskartirganida kundalik byudjetining deyarli 40%idan ayrildi. 1991 yil Detroyt san'at instituti – Amerika muzeylarining eng yirigi – haftada bir necha kunga yopiladigan bo‘ldi, o‘z shtatli hodimlarining deyarli 40% ishdan ozod etdi, kirish uchun to‘lov kiritdi – bu xolat “buyuk depressiya”dan beri birinchi marta edi. Davlat tomonidan moliyalashtirishning kiskarishi va shahar aholisi boshidan o‘tkazayotgan iktisodiy kiyinchiliklar natijasida keluvchilar sonining kamayishi muzeylarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘kotdi.
Muzeylar agar moliyaviy tanglikni chetlab o‘tish, bozorida muvaffakiyatli rakobat olib borish, turistlar e'tiborini jalb etish va ta'lim uchun ko‘shimcha shart-sharoitlar yaratishni hohlar ekanlar, tijorat sektorida qo‘llanayotgan ba'zi metodni o‘zlashtirishdan boshqa iloji yo‘k edi. Sog‘-omon qolishning yangi strategiyasi an'anaviy muzey tiliga ikkita yangi tushunchani olib kirdi, ular menejment va marketing.
Muzey menejmenti o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni kuyidagicha ifodalash mumkin:
Muzeyning tashkiliy tizimini takomillashtirish, moliyaviy va intelektual resurslaridan muzey faoliyatining bosh maqsadiga muvofik foydalanish.
Muzey personalini unumli mehnatga motivlashtirish.
Muzey faoliyati natijalari va muzey hizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish va o‘stirish, muzey auditoriyasini kengaytirish. Muzey hamkorlari bilan faoliyat yuritishga sharoitlar yaratish.
Muzeyni moliyaviy mablag‘ bilan ta'minlash hajmini oshirish masalasi: a) davlat byudjetidagi muqobil manbalarini o‘zlashtirish; b) muayyan loyihalarni ishlab chikish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi moliyalashtirishning nodavlat manbalari (jamoat fondlari, hususiy firmalar va homiylar) doirasini kengaytirish hisobiga; v) muzey daromadini aholi, korhona va tashkilotlarlarga pullik hizmat ko‘rsatish evaziga oshirish.
San'at bozorida ishbilarmonlik siyosatini shakllantirish va amalga oshirish.
Muzeyning ijtimoiy funksiyalari amalga oshirilishining samaradorligini ta'minlash.
Zamonaviy sharoitda bu vazifalar quyidagi tamoyillar asosida amalga oshishning taqozo etadi:
a) Muassasaning tashkiliy tizimi boshqaruv funksiyalari tizimiga to‘g‘ri kelish tamoyili.
b) Moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish tamoyili (faoliyatni emas, natijalarni, ularga erishishdagi dasturlarni mablag‘ bilan ta'minlash).
v) Moslashuvichanlik tamoyili. Madaniy mahsulot va hizmatlar bozoridagi ahvolning o‘zgarishiga tez moslasha oladigan tizimni yaratish.
g) Personalni boshqarishda rg‘batlantirish tizimini takomillashtirish
d) Muzey siyosatining ochiqlik tamoyili. Qo‘shimcha mablag manbalari (maksadli investitsiyalar, byudjet va byudjetdan tashkari ajratilgan pullar) mavjud bo‘lsa, muayyan dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida shaharning (viloyatning, respublikaning, balki o‘zga mamlakatlar) boshka muassasalari mutahassislarini muzey ishiga jalb etish mumkinligi.
Muzey menejmentining asosiy maqsadi tashkilot resurslaridan oqilona foydalanish orqali maqbul natijalariga erishishdir. Muzeyning muvaffaqiyatli va barqaror faoliyatiga ta'sir etuvchi muxim omillardan biri bu mustahkam birlashgan va yaxshi ishlaydigan jamoani yaratishdir. Bunday jamoani ushlab turish esa rahbarlik, jamoa xaraktlaridagi qadriyatlarini ko‘ra bilishlik va unga ergashishlikni talab qiladi. Yaxshi menejerning muhim axamiyatga ega bo‘lgan funksiyalaridan biri bu boshqa xodimlarni jamoa a'zosi bo‘lishga ruhlantira olishdir. Bir yoki bir qancha shaxslardan ko‘plab xodimlarga vakolat berish orqali jamoa o‘rtasida vazifalar va majburiyatlar taqsimlanadi.
Muzeyning samarali boshqaruvi butun resurslari va faoliyat turlari, hamda personalini qamrab oluvchi ma'suliyat xisoblanadi. U muzeyning rivojlanishi va takomillashishi uchun zarur elementdir. Yaxshi boshqaruvsiz muzey kolleksiyalarini muvofiq tarzda saqlay va qo‘llay ololmaydi, samarali ko‘rgazma yoki ta'lim dasturini ishlab chiqolmaydi va o‘tkaza ololmaydi, ijtimoiy manfaat va ishonch esa yo‘qotiladi , muzeyning jamiyat ahamiyatiga ega tashkilot sifatidagi qadr-qimmati xavf ostida qoladi. Muzey o‘zida ijtimoiy taraqqiyotning yuqori darajasini aks ettira olishi, unda ta'lim va boshqaruv sohasida keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan personal bo‘lishi kerak.
Bugungi zamon muzeylardan axborotlashgan, professional, mantiqiy, mamnuniyat keltiruvchi va ijtimoiy faol muassasa bo‘lishini talab qilmoqda. Yangi talablara javob berish uchun muzey rahbariyati iqtisodiyot, xuquq, sotsiologiya, psixologiya, axborot kommunikatsion texnologiyalari kabi turli sohalardagi davlat boshqaruvi va biznesning ilg‘or amaliyoti va tadqiqotlaridan boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini o‘zlashtirishi lozim.
Muzey boshqaruvi jarayonini yaxshiroq anglash uchun muzeylar qay tarzda ish olib borishlari, ularga kimlar vakolat berishlari va kimga bo‘ysinishlari xaqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lish darkor(6.1-jadval).
Muzey turlari
|
Muzeylarga berilgan vakolat, yuqori turgan organlar yoki moliyalashtiradigan tashkilotlar
|
Davlat muzeylari
|
Mahalliy, regional yoki milliy davlat organlari tomonidan ta'sis qilinadi va boshqariladi
|
Xususiy muzeylar
|
Jismoniy shaxs yoki xususiy tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi va boshqariladi
|
Notijorat fond va jamiyatlar muzeylari
|
Notijorat fond va jamiyatlartomonidan boshqariladi
|
Ta'lim muassasalari qoshidagi muzeylar
|
Odatda ta'lim dasturlari maqsadiga muvofiq tashkil qilinadi va ish olib boradi
|
jadval Muzeylarning ularga berilgan vakolat, yuqori turgan organlar yoki moliyalashtiradigan tashkilotlar nuqtai nazaridan turlanishi.
Boshqaruvning muhim masalalardan biri bu strukturani hujjatda rasmiylashtirishdir. Unga muvofiq muzey boshqariladi va ishlaydi. Ko‘plab muzeylarning boshqaruv strukturasi atiga uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, bular ma'muriyat, ilmiy-muzey va texnik ta'minot bo‘limlari.
Bunday struktura vertikal aloqalarni hosil qiladi, ya'ni direktor/boshqaruvchi bilan bevosita aloqada sanoqli bo‘ysinuvchilar bo‘ladilar. Vertikal struktura boshqaruvning avtoritar tamoyilini nazarda tutadi.
Ikkinchi chizmada gorizontal struktura berilgan. Bunda butun personal direktorga bo‘ysinishda teng huquqga ega.
Strukturaning uchinchi ko‘rinishi bu matritsaviy struktura. Raxbarlar bunda bir vaqtning o‘zida ham bo‘limi uchun ham ma'lum bir umumiy dastur uchun javobgardir. Misol uchun, arxeologiya bo‘limi rahbari ushbu bo‘lim personalini boshqarish bilan birga muzeyning strategik rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Tashkiliy chizma xarita sifatida tizimni aniqlab, muzey ishi jarayonini tavsiflab beradi. Amaliyotda struktura turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, lekin qarorlar qabul qilishda butun personalning qatnashishini ta'minlash samarali boshqaruvning asosiy vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |