Qadimgi Eron madaniyati. Behistun qoyasiga o`yib yozilgan yozuvlar, Doro I ning yozuvlari va Naqshi Rustam hamda Bobil va Misr yozuvlari, qadimgi eron xalqlari tarixi va madaniyati to`g’risida birmuncha tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Aslida eron hududida olib borilgan arxeologi qazishmalar XIX asrning o`rtalarida boshlangan bo`lsa-da, asosiy ilmiy tekshirish ishlari XX asrda o`tkazilgan eronning qadimgi poytaxti Persepolda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi eron xalqlarining arxitekturasi, tasviriy san`ati, xunarmandchiligi to`g’risida bir qator qimmatli ma`lu-motlarni bergan.
Suza shahrida olib borilgan qazishmalar esa qadimgi eronda toshdan buyumlar yasash, kulolchilik va to`quvchilik yuksak darajada rivojlanganligini ko`rsatadi. Metallurgiya esa juda sekinlik bilan rivojlangan. SHu sababli uzok vaqtgacha tosh qurollar asosiy mehnat quroli bo`lib qolgan.
Qadimgn Eronda suv muqaddas hisoblangan. SHu sababli muqaddas Voru- kash ko`li to`g’risidagi tasavvur suvga e`tiqod asosiy elementi hisoblangan. Suv ruhi Apam—Napatga e`tiqod qilish muqaddas «Avesto»da saqlanib qolgan. SHuningdek, qadimgi zronliklar oliy xudo — Axuramazdaning o`g’li — olov — Atarga ham sig’inganlar, Olov xudosi marhamatli xudo hisoblangan va u uch boshli ajdaho Dahhokni engan. SHu bilan birga Qadimgi Quyosh xudosi Mitra, er, suv va hosilidorlik ma`budasi Anaxitaga e`tiqod qilish ham qadimgi eronliklar diniy qarashlarining markazida turgan.
Qadimgi eron madaniyati o`ziniig eng gullagan davrini er. avv, V asr boshlarida boshdan kechirgan. Bu davrda ko`llab hashamatli saroylar va maqbaralar qurilgan. Serjilo sopol idishlar yasalib, bo`rtma (rel`eflili) .haykaltaroshlik devoriy suratlar yuzaga kelgan.
Qadimgi Eron madaniyati qadimgi Sharq madaniyati ta`siri ostida rivojlangan. Arxeologik qazishmalar natijasida Axamoniylar davlatining poytaxtlaridan Pasargada, Persepol’ va Suzadan ko`plab binolar — saroylar, ibodaxonalar, turar-joy binolari va boshqalarning qoldiqlari topilgan.
Er. avv. VI -—IV asrlarda Persepoldagi podshox saroyi ansambli o`z kurilish uslubi jihatidan qadimgi Osuriya me`morchiligi uslubini eslatadi. SHoh saroyi tepalik ustiga qurilgan bo`lib, unga bo`rtma suratlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chikib borilgan. Ulkan devorlarga shox saroyining ko`riqlovchi kanotli mukaddas ho`kizlarning haykallari ishlangan. Ayniqsa, saroydan topilgan shoh shuningdeq unga turli xil sovg’alar olib kelayotgan xiroj to`lovchilarning suratlari muayyan syujet asosida ishlanganligi bilan ajralib turadi.
Sarsonga 17 metrli to`rtta ustundan ishlangan darvoza orqali o`tib borilgan. Darvoza yon tomonlarda esa qanotli muqaddas xo`kizlar xaykali bo`lib ular odam boshli bo`lgan. Saroy ansambliga shox qabulxonasi, omborxona, yashash va ishlash uchun mo`ljallangan xonalar bo`lgan. SHox kabulxonasi o`zining ko`rkamligi va mahobatligi bilan ajralib turgan qabulxonaning maydonni
62,5x62,5 metr bo`lib, uch tomondan ikki qavatli ayvonlar bilan o`ralgan. Ayvon uchun ata engil va o`ta nafis ustunlar ishlatilgan. Ularning balandligi 13,6 metr bo`lgan. Ustunlarning yuqori kapitel (mukarnas)lari muqaddas ho`kizlar haykaliga o`xshatib ishlangan. Haykallarning yuzasi esa oltin plastinkalar bilan qoplangan. Saroy xonalari, devorlari va zinalarining yon tomonidagi yuzalarga bo`rtma (rel’efli) tasvirlar ishlangan. Bu tasvirlarni tushirishda kizil, yashil, ko`k ranglardan foydalanilgan. Bo`rtma tasvirlarda shoh faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy tasvirlarda shox hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy o`rinni egallagan. Saroyga boradigan zinaning yon tomoniga ishlangan bo`rtma tasvirlar- 33 elat va urug’larning shoxga sovg’a-salom olib kelishi tasvirlangan. Ularning kiyimlari va etnik tuzilishi (tashqi qiyofasi) aniq detalllar bilan ko`rsatilgan.
Xullas, eron Axamoniylari davrida vujudga kelgan sai`at asarlari O’rta Sharq xalqlari tarixida muxim o`rin egallaydi. Bu san`at bevosita O`rta SHarqda yashagan xalqlarning o`zaro madaniy aloqalar natijasida shakllangan va mazkur xalqlar san`ati ta`siri ostida rivojlangan. Masalan, Persepol’ va Suzadagi shox saroylarining qurilishida. Sug’d, Baqtriya, Xorazm, Parfiya, Marg’iyonadan kelgan ustalar va san`atkorlar shuningdek Axamoniylar davri san`ati va madaniyati atrofdagi boshqa mamlakatlar san`ati va madaniyati taraqqiyotiga ham sezilarli ta`sir qilgan. Qadimgi eron madaniyati taraqqiyotidagi O`rta Osiyo xalqlari va qadimgi SHarqdagi boshqa ko`pgina xalqlar madaniy xayoti sezilarli ta`sir ko`rsatgan. Geradotning yozishicha, “Eronliklar boshqa xalqlarning urf-odatlarini boshqalardan ko`ra tezroq qabul qilgan”. Xaqiqatdan xam eroniylar tasviriy san`atiga chuqurroq nazar tashlansa Mesopatamiyaning ko`pgina xalqlari tasviriy san`atining ayrim tomonlarini qabul qilib o`ziga singdirganligini ko`rish mumkin.Masalan, podshohlarning xayoti, qaxramonliklarini tasvirlovchi, ko`pgina tasviriy san`at asarlari qadimgi SHumeriylarning podshosi qaxramoni deb xisoblangan Gilgamesh singari yovvoyi xayvonlar bilan kurashib ularni engayotganday qilib tasvirlangan yoki oliy xudo axuramazda ossuriyaliklarning bosh xudosi ashshurga taqliddir.Quyosh gardishiga makon qurgandek tasvirlangan.YAna bir misol saroylarning pog’onali va zinapoyali qilib qurilishi, podshox saroyiga afsoniviy xayvonlarni qo`yilishi Mesopatamiya arxitekturasiga binolarni qurishda ustunli kallonnalardan foydalanishlari esa misrliklar arxitekturasiga mos bo`lgan.Lekin eronliklar boshqa xalqlar madaniyati elementlaridan ularni umumlashtirgan, qayta ishlangan va ijodiy yondoshgan xolda foydalanganlar, ya`ni bu elementlarning barchasini yagona monumental uslub asosida qayta ishlanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |