«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Ijtimoiy institutlar tushunchasining mazmun mohiyati va turlari



Download 497,07 Kb.
bet65/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

Ijtimoiy institutlar tushunchasining mazmun mohiyati va turlari. Ijtimoiy institutlar jamiyat hayotini har tomonlama mustahkamlaydi, kishilarning o`zaro munosabatlari negizida vujudga kelgan umumiy birlikni qaror toptiradi. “Institut” so`zi lotincha bo`lib, mahkama, idora, ma`nosini anglatadi. Ijtimoiy institutlar ijtimoiy tarkib elementi bo`lib, ijtimoiy hayot tartibining o`ziga xos shaklini ifodalaydi. Ijtimoiy institutlar orqali kishilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, ularning faoliyati va xulqi tartibga solinadi.Jamiyat hayotining barqarorligi ta`minlanadi. Ijtimoiy institutlar, tashkilotlar tizimlarini o`rganish ijtimoiy ishning maxsus yo`nalishlari hisoblanadi. ijtimoiy institutlar jamiyatdagi kishilarning hatti0harakatlarini tartibga solish uchun vujudga kelgan yoki yaratilgan. Bu yerda “vujudga kelgan” hamda “yaratilgan” deb izohlab o’tganligiga e’tibor berish lozim.

Birinchisida, ijtimoiy institut tashkilotlardagi kishilarni birlashtirish yoki ularni qandaydir iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish – jamiyat ehtiyoji asosida vujudga kelgan bo’lsa, ikkinchisida jamiaytning qaysidir jabhasi, boshqaruvchi apparat tomonidan yaratilgan institutlardir. Ijtimoiy institutlar ijtimoiy guruhlarga yaqin tushuncha, lekin jami jihatdan ijtimoiy guruhlar ijtimoiy institutlarning tarkibiga kirib ketadi.37 Ijtimoiy institutlar maəlum ehtiyojning vujudga kelishi bilan paydo bo'ladi. Mana shu ehtiyojlarini qondirishi uchun ma’lum me’yorlar ishlab chiqishni taqazo etadi. Shu me’yorlar asosida esa yangi ijtimoiy institutlar paydo bo’ladi.

. Ijtimoiy institutlar deyilganda, sotsial huquqiy munosabatlar idora qiladigan huquqiy normalar (merosxo`rlik, mulkka egalik,oila va nikoh institutlar) tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlar sohalariga qarab ijtimoiy institutlar quyidagi turlarga bo`linadi:

1.Iqtisodiy institutlar.

2.Siyosiy institutlar.

3.Nikoh, oila va qon-qarindoshlik.

4.Tarbiya institutlari.

5.Madaniyat sohasi institutlari.

Ularning xarakteri jamiyat ishlab chiqarish usuli va ijtimoiy munosabatlar xarakteri bilan belgilanadi. Ijtimoiy institutlarni konkret tashkilot va guruxlardan farqlash lozim. Yuzaki ko`rinishda, ijtimoiy institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Ijtimoiy institutlar qisqacha ta`rifida odamlar (sotsial) ijtimoiy tashkillangan va regul’yatsiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Ijtimoiy strukuturaga kiruvchi har bir Ijtimoiy institutlar muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi. Har bir ijtimoiy institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta`minlovchi konkret funktsiyalar, ushbu institutga xos bo`lgan (sotsial) ijtimoiy pozitsiya va rollar shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli hatti—harakatni rag’batlantiriuvchi va davlat hatti harakatlariga qarshi qaratilgan tazyiqlar tizimi bilan tavsiflanadi.

Ijtimoiy institutlar ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu o`zaro ta`sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharoitida ham bo`lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo`ysunmaydigan anatopik hodisalar bo`ishi mumkin va tabiiydir.

Ijtimoiy ishdagi maxsus yo`nalish ijimoiy tashkilotlar nazariyasiga ko`ra ikki xil ramiy va norasmiy tashkilotlarga ajratiladi. Har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma`muriy apparatga ega bo`ladi. Bu ma`muriy apparatning vazifasi esa tashkilot mavjudligini ta`minlash uchun uning a`zolari faoliyatini “muvofiqlashtiradi” muvofiqlashtirishdir.

Tashkilot nechog’lik murakkab va katta bo`lsa ma`muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo`ladi. Har bir tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma`muriy muammolarni hal qilish uchun ta`riflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarini nisbatiga bog’liq. Ayrim hollarda ma`muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlarini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin.

Ijtimoiy institutlar “lotincha ustqurma, muassasa-bu odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilgan tarixiy turg’un shakllar, “Ijtimoiy institutlar” termini har-hil ma`noda ishlatiladi. Masalan: Oila instituti, sog’liqni saqlash instituti, davlat instituti va boshqalar. Tartibga solish, shaklashtirish va standartlashtirish jarayoni esa institutlashtirish deb ataladi.

Institutlashtirish jarayoni quyidagilarni o`z ichiga oladi. 1. Ijtimoiy institutlar paydo bo`lishinining zarur shart-sharoitllaridan biri shunga xos ijtimoiy talablarning paydo bo`lishidir. Institutlar odamlarning u yoki bu talab ehtiyojlarini qondirish maqsadida birgalikda faoliyat ko`rsatish uchun tuzilgan. Oila instituti inson zotini paydo qilish va bolalarni tarbiyalash talablarini qondiradi., jinslar va avlodlar o`rtasida munosabatlarni amalga oshiradi va hokazo. Ta`lim instituti kasblar, ishchi mutaxassislar tayyorlashni ta`minlaydi, odamlarga o`zining turmushini ta`minlash uchun, o`z qobiliyatini rivojlantirish,namoyon etish, realizatsiya uchun imkon beradi. 2. Ijtimoiy institut ijtimoiy aloqalar, o`zaro hamkorlik, aniq shaxs ijtimoiy guruh va boshqa jamoalar munosabatlari asosida tashkil qilinadi. Ijtimoiy institutlar xususiy tavsifga ega o`zining xususiy tizimi va sifati bor. 38

Binobarin ijtimoiy institut o`zining rivojlanish mantiqiga ega mustaqil umumiy ta`limdir. Bu nuqtai nazardan (sotsial) ijtimoiy institutlar turg’un tartibga ega, elementlarning integrallashgani va funktsiyalarni ma`lum bir o`zgarishga ega.tashkil etilgan ijtimoiy tuzum sifatida ko`rilishi mumkin.

Eng avvalo bu qadriyatlar, me`yoriy g’oyalar, shuningdek odamlarning va boshqa ijtimoiy madaniy elementlarni faoliyati namunasi - tuzumidir.

Bu tuzum odamlarning to`g’ri yurish-turishiga kafolat beradi, ularning intilishlarini bir oqimga soladi, ziddiyatlarni hal etadi. U yoki bu jamoa yoki jamiyatdagi barqarorlik va xotirjamlik xolatini saqlaydi.

3. Institutlarning eng muhim elementalridan biri ijtimoiy institutni tashkil qilish shakli. Tashqaridan ijtimoiy institut moddiy mablag’ bilan ta`minlangan va aniq ijtimoiy faoliyatni bajarayotgan shaxslar, muassalar majmui bo`lib ko`rinadi. Shunday qilib oliy ma`lumot instituti ma`lum bir shaxslar majmui, o`qituvchilar, xizmat qiluvchi xodimlar, amaldorlardan tuzilgan bo`lib, muassasa yoki oliy maktab bo`yicha davlat qo`mitasi chegarasida harakat qiladilar va o`z faoliyati uchun ma`lum qiymatli materallardan foydalanadilar. (binolar, moliya va boshq.) Har bir ijtimoiy institut o`z faoliyati maqsadiga, shu maqsad yo`lida aniq ish harakatiga ijtimoiy do`nyoqarash rollari to`plamiga ega.

Ijtimoiy institutlar-ijtimoiy vazifani bajaruvchi, o`zining a`zolarini bajargan ijtimoiy rollari asosida birgalikda ijtimoiy qadriyatlar me`yorlari va yurish-turish namunalari, vazifalarini bajariy yo`lidagi maqsadni birgalikda amalga oshirishni ta`minlovchi odamlarning tashkiliy birlashmasidir.

Ijtimoy institutning 4 asosiy vazifallaridan biri:

1. Jamiyat a`zolarini etishtirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy institut-oiladir. Ammo bunga boshqa institutlar ham daxldor, masalan-davlat

2. Ijtimoiylashtirish-odamlarda mazkur jamiyatda o`rnatilgan yurish-turish namunalari va faoliyat usullarini taqdim qilish oila, ta`lim, diniy institutlar orqali.

3. Ishlab chiqarish va taqsimlash ijtimoiy (sotsial)-iqtisodiy boshqarish va nazorat institutlari orqali ta`minlanadi.

4. Boshqarish va nazorat ishlari tartib intizomining taaluqli turlarini amalga oshiruvchi (sotsial) ijtimoiy me`yor va ko`rsatmalar: axloqiy va huquqiy me`yorlar, udumlar, ma`muriy qarorlar orqali amalga oshiriladi.39

Ijtimoiy institutlar bir-biridan o`zlarining faoliyati sifatida farq qiladi.

1.Iqtisodiy institutlar-mulkchilik, almashtirish, pul, banklar, turli xil xo`jalik birlashmalari ishlab chiqarishning to`la majmuini va jamiyat boyligining taqsimlanishini ta`minlaydi.

2.Siyosiy institutlar-davlat, partiya, kasaba uyushmalari va boshqa jamoa tashkilotlari siyosiy hukmronlikning aniq shakllarini qo`llab-quvvatlovchi va shu hukmronlikni o`rnauvchi siyosiy maqsadni ko`zlaydilar. Ijtimoiy institutlar g’oyaviy qadriyatlarni saqlash, jamiyatdagi ijtimoiy-sinfiy tarkibni ustivor bo`lishini ta`minlaydi.

3.Ijtimoiy madaniy va tarbiyaviy institutlar o`z oldiga madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o`zlashtirish va rivojlanitirishni. Shaxsni aniq bir madaniyatga jalb qilishni, shuningdek shaxslarni ijtimoiy-madaniy intizom standartini o`zlashtirish va nihoyat aniq bir qadriyat va me`yorlani ximoyalashni o`z oddiga maqsad qilib qo`yadi.

4.Me`yoriy mo`ljal mexanizmlari axloq, etikani o`zlashtirish va shaxs intizomini tartibga solish. Bularning maqsadi intizom va yurish-turishiga axloqiy dastak, estetik asos berish.

5.Me`yoriy sanktsiyalovchi huquqiy va me`yoriy aqidalarda belgilangan me`yor qomiidalar va ko`rsatmalar asosida umumijtimoiy intizomni tartibga solish.

6.Marosim –timsol va vaziyat konventsion institutlar. Bu institutlar shartnoma asosida (qisqacha yoki uzoq vaqtga konventsiya me`yorlanini qabul qilishga asoslangan. Bu me`yorlar kundalik to`qnashuvlarni, turli tuman guruxlar yoki guruxlararo intizomni tartibga soladi. Ular o`zaro tartib-intizomining tartibini aniqlaydilar, axborot almashinuvi usullarini vaqt-soatini belgilaydi. Salomlashish, murojaat qilish, majlislarni, yig’ilishlarning qandaydir birlashmalar faoliyatini vaqt soatini ham belgilaydi.

Ijtimoiy institutlar tashkilotlar tizimini o`rganish ijtimoiy ishning maxsus yo`nalishlari hisoblanadi. Ijtimoiy institut lotincha, ruscha, lug’aviy ma`nosi ustanovleniya, o`zbekcha ma`nolarda birinchidan Nizom, qoidalari yoki ularning to`planishi, ikkinchidan mahkama muassasalarni bildiradi. Ijtimoiy institutlar deyilganda, ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy me`yorlar tushuniladi.

Ijtimoiy institutlarni konkret va guruxlardan farqlash lozim. Yuzaki ko`rinishda ijtimoiy institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar idoralar mazmun sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko`ra esa ijtimoiy institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq rasmiy va norasmiy barqaror standartlashgan tamoyil normaar o`rnashmalarini bildiradi.

Ijtimoiy institut qisqacha ta`rifida odamlar (sotsial) ijtimoiy tashkillashga va regulyatsiya qilinadigan faoliyatni anglatadi.

Jamiyatning iqtisodiy siyosiy ma`anviy huquqiy va xalqaro sohalarga xos bo`lgan sotsial ijtimoiy institutlarni ajratib ko`rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini iqtisodiy institutlar esa moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishini taqsimlaninishini ta`minlaydi.

Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati huquqiy va (sotsial) normalar bilan belgilanadi.

Amal qilish doirasi va vazifalariga (ko`ra) qarab ijtimoiy institutlarning quyidagi ko`rinishlarini ajratib ko`rsatish mumkin.

1.Realyatsion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib, to kasb mashg’ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi.

2.Regel’yativ (idora etish) ijtimoiy institutlari . Bu institutlar shaxsning maqsadlarini jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz xoda amalga oshish chegaralarni va bu chegaradan chiqib ketilganda qo`llaniladigan sanktsiyalarni

(bunda ijtimoiy nazoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi.

3.Integrativ (uyg’unlashtiruvchi) ijtimoiy institutlar bu institutlar bir butun tizimga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas`ul bo`lgan ijtimoiy tuzilmalarni ifodalaydi.

4. An`anaviy ijtimoiy institutlar. Bu ijtimoiy institutlar odat marosimlar va qarindosh-urug’chilik tomonidan qat`iy belgilangan normalar bilan bog’liqdir.

5.Madaniy ijtimoiy institutlar . Din, san`at, adabiyot bilan bog’liq. Institutsional ijtimoiy institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

A)Jamiyat a`zolarining takror ishlab chiqarish, qayta tiklash

B) Ijtimoiylashuv (individga ijtimoiy ahamiyatli bo`lgan qadriyat va normalarni etkazishning turli xil shakllari)

V)Ishlab chiqarish va taqsimot

G) Tartibga rioya qilish va axloqni saqlab turish.

Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo`lgan (sotsial) ijtimoiy institutlar shakllanish jarayoni ro`y bermoqda. Ular iqtisodiy sohada bozor iqtisodiyoti amal qilishga xizmat qiladigan ijtimoiy faoliyatni ta`minlovchi ijtimoiy institutlardir. Prezidentimiz I.A.Karimov izchil tatbiq qilayotgan kontsepsiyaga muvofiq yangi ijtimoiy institutlar an`anaviy institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo`yilmasdan, balki jamiyatimizning o`tmishi hozirgi va kelajagi vorisligini ta`minlashga xizmat qiladigan jamiyatdan begonalashmagan mamlakatimiz minnaqasiga mos keladigan ijtimoiy institutlar faoliyatiga yo`l ochib berilmoqda.40

Ijtimoiy tashkilotlar individlarning manfaatlarini ma`lum bir qat`iy me`yorlarni qondirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy tashkilotlar nazariyasiga ko`ra ikki xil rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi. Har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma`muriy apparatga ega bo`ladi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo`ladi. Tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma`muriy muammolarni hal etish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishishi uchun sarflanadigan kuchlarning miqdori nisbatiga bog’liqdir.

Ijtimoiy institutlar o`zaro munosabatlar, o`zaro ta`sirlar va ijtimoiy aloqalarning o`ziga xos turri sifatida, turil shakllarda vujudga keladi.

Ijtimoiy institutlar inson faoliyatining turli sohalarni boshqaruvchi va ijtimoiy sistemani tashkil etuvchi, kishilarning bu sistemadagi o`rni vam rolini belgilovchi rasmiy va norasmiy qoidalar printsiplari, normalar va ko`rsatmalarning yaxlit majmuasidir. Ijtimoiy institutlarning tashkil etilishi kishilar extiyojlarini qondirish va aqsadlarnii amalga oshirishning muhim sharti va kafolati hisoblanadi.

Ijtimoiy institutlar ehtiyojlarni turi va qo`ydirilishiga qarab bir-biridan farqlanadi.

Iqtisodiy institutlar ho`jalik faoliyati sohasida nisbiy barqarorlikka ega bo`lgan va qat`iy qoidalraga asoslanuvchi ijtimoiy qoidalardir. Ishlab chiqarish mablag’larini taqsimlash pul munosabatlarini boshqarish, mehnatni tashkil etish va taqsimlash, mehnat faoliyati, bozor, mulk va boshqa munosabatlarni qamrab oladi.

Siyosiy institutlar bu hokimiyatni tanlash uni boshqarish va taqsimlash kashfiyot hayoti barqaorligini ta`minlash uchun xizmat qiladi. Davlat armiya va ma`muriy organlar va vositalar, siyosiy partiya va harakatlar, uyushmalar va boshqalarning yaxllit birligini ta`minlaydi.

Madaniyat institutlari madaniyat yaratish, tarqatish va mustahkamlash maqsalda barqaror va tartibga tushgan o`zaro aloqa shaklidir. Ayniqsa fan ommaviy aloqa vositalari va oliy ta`lim ijtimoiy institutlari keng rivojlangandir.

Ijtimoiy institutlar ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. Bu o`zaro ta`sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharotida ham hosil bo`lishi mumkin. Har qanday real ahamiyatda normativ tartibga bo`ysunmaydigan analitik hodisalar bo`lishi tabiiydir.

Jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy institutlardan biri bu siyosiy institutlar bo’lib, hokimyatning o’ratilishi va qo’llab-quvvatlanishi ta’kidlaydi.41 Nyu-York uneverstiteti professori Uiliyam Korbilum esa siyosiy institutlar mohiyatiga chuqurroq yondoshib quyidagicha ta’rif bergan: Siyosiy institutlarning kompleks hukumat va hokimiyat vazifalariga ixtisoslashgan status va normalar yig’indisidir. Siyosiy institutlarning kompleks tarkibi jamiayt barqarorligini ta’kidlab beruvchi, ijro etuvchi va sud organlari majmuasidan ibratdir.

Uiliyam Korbilum yana shuni alohida izohlab o’tadiki, zamonaviy jamiaytlarga siyosiy jarayonlarda ishtirok etadigan ko’plab institutlar siyosiy institutlar tarkibiga kirmaydi. Ya’ni siyosiy jarayonlarda boshqa ijtimoiy institutlar undagi guruhlar, shaxslar ayni shu institutlarning asoslariga ko’ra va qadriyatga aylangan manfaati yuzasidan ishtirok turli biznes egalari menejerlari hamda shirkat a’zolari manfaatlari yuzasidan harakat qiluvchi vakil hisoblanadi. Lekin ular siyosiy nomzodi va hokimiyatdagi labbilarini ishchilar manfaati yuzasidan qo’llab quvvatlash orqali siyosiy jarayonlarda aktiv ishtirok etadi.42

Siyosiy institutlar haqida gap ketadigan yana fuqorolik va siyosiy ishtirok masalasiga ham alohida ug’u beriladi. Ma’lumki, fuqorolikni tasdiqlovchi hujjat bu passport hisoblanadi. Agar xorijga chiqish imkoni tug’ilsa, ma’lum mamlakat fuqoroligini isbotlovchi yagona dalil bu – fuqorolik passportidir. Ayni shu fuqorolik berish organligina dablat yuridiksiyasida mavjud barcha burch, huquq va normalar yig’indisi fuqoroda mujassamlashadi. Xalqaro passport tizimi, viza chegaraviy cheklar mamlakatlar xalqparvarning ko’chishi (xarakati) qanday bajarilayotganligini ifodalaydi. Siyosiy va keyinchalik shakllangan huquq institutida muhim belgilovchi omil hisoblangan fuqorolik masalasi ayni shu institutlarda to’g’ri tartibga solinmaganligini oqibatida xalqaro munosabatlarda turli kelishmovchiliklar va hatto janjallarga sabab bo’lyapti.

Siyosiy ishtirok tezisini tahlili jarayonida birinchi navbatdagi bilvosita va bevosita ishtiroki nazarda tutilsa, ikkinchisidan tashqi siyosatda, jahon siyosiy institutlari doirasidagi ishtirokini izoh talab qiladi. Bu o’rinda “dunyo hokimiyati” tushunchasi ko’ndalak bo’ladi. 1945 yil mamlakatlar o’rtasida konfliktlarini bartaraf etish yo’lida Birlashgan Millatlar tashkiloti vujudga kelgan. Ammo keyingi siyosiy jarayonlar ko’rsatib beryaptiki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti mamlakatlar o’rtasidagi bahsli masalalar, konftliktlarni bartaraf etilishi unchalik ham ta’sirga ega bo’lib chiqmayapti. Hamon jahon forumi, dunyo mamlakatlari-xalqlarining miting maydoni bo’lib kelmoqda.

Xalqaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy institutlardan yana biri bu dindir. Din insoniyatning qadiymiy ijtimoiy institutlaridan biri hisoblanadi. Din shunday ijtimoiy institutki, tarixda u tufayli ko’plab kelishmovchiliklar, ixtiloflar hamda urushlar kelib chiqqan. Avvalo din tushunchasini aniqlash oson emas. Kimdir uni xudo kontsepsiyasining mazmuni deb bilish mumkin, lekin shunday dinlar borki, ularda xudo konsepsiyasini aniq izohli, aniq mazmuni ishlab chiqilmagan. Emotsiyalar yig’indisi deb izolansa, boshqa bir tadqiqotchi borliqqa nisbatan hurmat, g’urur, ishonch, yana boshqasi esa misteriya hamda tarbiyada mavjud bo’lgan boshqa hislar majmuasi bilan izohlaydi. Din mazmuni hususidagi keng tadqiqot ishlari quyidagi hulosaga kelindiki, ya’ni, Din bu – dunyoni mazmunlantiradigan inson yaoti zimmalariga mantiqiy javoblar majmuasidir.43 Dipemma-bu ikki mushkul imkoniyatda boshqasini tanlash imkoni yo’qligi. Din jamiyatdagi muhim bir necha diniy tashkilotlar faoliyatini o’z ichiga oladi (masjidlar, cherkovlar, xayriya tashkilotlari) Din ijtimoiy sifatida kishilarga o’z ichki kechinmalari va ishonchlarini bildirishga ya’ni ibodatga ko’maklashish funksiyasini bajaradi. Tadqiqotchi olimlar dinni ko’pincha madaniy deb izohlab o’tishadi, chunki din kishilarning ruxiy hayotga, halollik, to’g’rilik, yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarga bevosita ta’sir o’tkazdi. Ayni globallashuv zamonida dinning jamiyatdagita’sirini hokimiyat chora-tadbirlari, qonun yo’li bilan bir maromga yetkazib berishi o’ta muhim hisoblanadi. Shunindek, jamiyatdagi legitimpini kuzatib boradi. Din bir vaqtning o’zida turli kelishmovchiliklar va konfliktlar manbasidir, shuningdek, ijtimoiy muammolarni davolashga hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, jamiyatdagi diniy tamoyillarning turli xildagi diniy pmoralizning darajasi oilada jamiyatda yangi diniy tashkilotlarning tashkil topishi va ularning sonini oshishiga imkoniyat tug’dirishi tabiiy. Ayni shu masala hozirda o’ta dolzarb hisoblanadi.

Yana shunday institut borki, zamonaviy jamiyatdagi ko’plab ixtilofla ya’ni shu institutlar nazorat qiladigan resurslar tufayli kelib chiqadi. Bu iqtisodiy institutlardir. Iqtisodiy institutlar xususiyatlarini tadqiq etgan sotsiologlarning ko’pchiligi insoniyat tomonidan yaratilayotgan yangi texnologiyalar va mehnat taqsimotini iqtisoslashtirishning yangi uslublari natijasida o’zgarayotgan iqtisodiy tizimlar majmuasiga alohida e’tibor qaratadilar. Siyosiy institutlarda asosiy qadiymiy hokimiyat hisoblansa, iqtisodiy institutlardagig foyda esa asosiy qadriyat pul hisoblanadi. Shuningdek, ushbu jarayondagi foyda uchun kurash natijasida vujudga keladigan nazoratdarajasida ham tadqiq etilgan. Ushbu o’rinda eng asosiy iqtisodiy institut hisoblanmish bozor tahlil va muhokama maydoniga chiqadi. Bozor – bu ayriboshash hatti-harakatini tartibga solib turadigan iqtisodiy institut hisoblanadi.44 Iqtisodiyot nazariyasidan ma’lumki, bozor bu vujudga keladigan joy emas. Qayerda ayriboshlash bilan bog’liq hatti-harakatlari kuzatilsa, o’sha yerda bozor vujudga keladi. Zamonaviy jamiyatlar iqtisodiy institutlardagi bozor kelishuvlari kontraktlar va shartmonalar orqali boshqarib, sotuvchi qaysidir mahsulotni yetkazib berishga,o’z navbatida oluvchi belgilangan mahsulotga belgilangan narxda to’plashga kelishadi. Bunday kontraktlar kondtidustrial jamiyatlar hususiyatini aks ettirib borayotgan global iqtisodiy tizimdagi tashkiliy aloqalarida muhim o’rin tutadi. Har bir davlat iqtisodiy jabhadagi zamonaviy jamiyatlarga kiritishlar ekan munosabatlar va aloqalarining huquqiy asoslarini puxta ishlab chiqish va albatta moddiy resurslar bilan bevosita aloqador bo’lgan siyosiy o’yinlarga kerak bo’lsa javob qaytarish yoki ximoyalanish dasturi tayyor bo’lishi kerak.

Yuqoridagi diniy, siyosiy, iqtisodiy institutlarning faoliyatida bevosita ahamiyatga ega bo’lgan yana shunday institut borki, uning faoliyatini natijasida nafaqat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari, balki zamonaviy jamiyatlardagi hatti-harakati asoslari prinsplari ham belgilab olinadi. Bu huquq institutidir. Ushbu institut haqidagi asosan XX asr oxiri XXI asr boshlarida bu mavzuni tadqiq etgan sotsiolog olimlarning ijtimoiy institutlari klassifikatsiyasida ko’rishimiz mumkin. Ayrim mutahassislar mudofaa ijtimoiy institutini tarkibida ko’rishsa, ayrimlari ularni alohida ijtimoiy institutlar sifatida klassifikatsiyalashgan. Xalqaro munosabat munosabatning huquq institutini shakllantirishda ahamiyati shundaki, mamlakat ichki huquqiy tizimidagi har bir o’zgarish, yangilanish, ya’ni oily fan tomonidan qabul qilingan qonun, qaror hamda boshqa vakolatli shaxslar va organlar tomonidan qabul qilingan har qanday qaror yoki farmonlar agar aloqasi bo’lsa, xalqaro shartnomalar va bilimlarga muvoffiq bo’lishi shart hisoblanadi.

Jamiyatdagi ijtimoiy institutlar o’zining funksiyasi va disfunnitsiyalariga ega bo’ladi. Ijtimoiy institutlarning funksiyasining biz ular yechayotgan masalalar, ko’zlangan maqsadlar hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar majmuiy sifatida aniqlashimiz mumkin. Ijtimoiy institutlarning birlashish va muhim funksiyasi – bu jamiyatdagi muhim hayotiy ehtiyojlarini qondirishhisoblanadi. Agar ijtimoiy institut foyda bilan bir qatorda ziyon keltirib chiqaradigan bo’lsa, uning bunday holatdagi xarakati disfuksiya deb ataladi. Masalan, ta’lim institutining funksiyasi jamiyatga har tomonlama yetuk muahassislarni tayyorlash hisoblanadi. Agar ta’lim instituti o’z vazifa doirasida to’g’ri yo’naltirilmasa, ta’lim qo’ldan-qo’lga ko’rinishida sifatsiz amalga oshirilsa jamiyatga kerakli kadrlar yetkazib berilmaydi. Ijtimoiy munosabatlar tushunchasini jahon siyosati bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar, mutahassislar tomonidan turli izoh berilgan. O’zbekistonda ham ushbu mavzu maqolalarida yoritib berilgan. Umuman, har bir mamlakat va xalqaro tashkilot bilan munosabatlarga kirishadi. Davlatning asosiy qonunga belgilab qo’yiladigan ayni shu masalasidagi tamoyillari uning tashqi siyosatdagi hatti-harakatlari va pozitsiyasini bir davlat yoki tashkilot bilan ma’lum bir sohada yoki ma’lum masala yuzasidan munosabatga kirishar, aloqa o’rnatar ekan albatta uning tashqi siyosatdagi prinsplari hamda ko’rilayotgan jarayonda tutgan pozitsiyasi inobatga olinadi.

Ijtimoiy institutlarning rivojlanishining demokratik islohotlar bilan uyg’unligi. O`zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo`lidan dadil qadamlar bosib bormoqda. Shu maqsadlar yo`lida o`zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta`minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga bog’liq.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma`naviyat - engilmas kuch» asarida ta`kidlangani kabi: «Jamiyat hayotida shunday davrlar bo`ladiki, ... barcha sohalarda keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo`lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi»45.

O`tgan davrni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O`zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo`li» asari asosida tahlil qilish uni ikki davrga bo`lish mumkinligidan dalolat beradi. O`tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o`zgarishlarni o`z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 - 2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o`tish davri tom ma`noda tarixiy ahamiyatga ega davr bo`ldi.



2001 yildan 2007 yilgacha bo`lgan muddatni o`z ichiga olgan ikkinchi bosqich - faol demokratik o`zgarishlar, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta`minlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Demak, mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyat tadrijiy asoslarga ega bo`lgan kuchli islohotchilik orqali yuksalmoqda. Aslida ham shunday. Bir davrdan ikkinchi davrga o`tayotgan jamiyat kuchli islohotchilik orqaligina yangilana oladi. Buning uchun esa yangicha tafakkur zarur bo`ladi. «Tabiiyki, - deb ta`kidlaydi Prezident, - bir tizimdan ikkinchi tizimga o`tish jarayonida odamlar ongida, jamiyat mafkurasida tub o`zgarishlar sodir bo`ladi. Biroq, ba`zi birovlarning hadiksirab, erkin bozor sharoitida ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning qimmati tushib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanib qoladi, degan xavotirlari o`rinsiz ekani O`zbekistondagi bugungi o`zgarishlar misolida yana bir bor yaqqol ayon bo`lmoqda.»46



Yangicha tafakkurning yuzaga kelishi uchun muayyan ijtimoiy muhit lozimdir. O`zbekistonda bunday muhit osongina yaratilgani yo`q. Biz o`z mustaqilligimizni qo`lga kiritib, yangi taraqqiyot yo`liga qadam qo`yganimizdan so`ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho`ro davridan og’ir meros bo`lib qolgan ma`muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o`rnida mohiyat e`tibori bilan butunlay yangi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish yo`li belgilab olindi. Tabiiyki, bu maqsadga erishish uchun qanday strategik yo`l, islohotlarning qanday shakl va usuli ma`qul ekani haqida olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik, el-yurtimiz vakillari bosh qotirdi. Bu borada taraqqiy topgan davlatlar misolida o`zini oqlagan ilg’or tajribalar ham chuqur o`rganildi. eng muhimi, xalqimizning hayot tarzi, milliy an`ana va qadriyatlarimiz, aholining ruhi va kayfiyati ham har tomonlama hisobga olindi. CHunki har qanday islohotning pirovard natijasi avvalo uning zaruratini aholining keng qatlamlari qay darajada tushunishi va qo`llab-quvvatlashi, bu o`zgarishlarning inson hayotiga, uning farovonligini oshirishga ko`rsatadigan amaliy ta`siri bilan o`lchanadi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, odamlarga islohotlarning ma`no-mohiyatini aniq-ravshan tushuntirib berish, shu asosda jamiyat a`zolarida ishonch uyg’otish, ularni bunyodkorlik sari safarbar etish muhim ahamiyatga ega.

Aslida, har qanday islohotning samarasi avvalo xalqning ma`naviy-ruhiy yangilanishi, tafakkurining yuksalishi, yuz berayotgan o`zgarishlar uning hayotiga va taqdiriga daxldor bo`lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avvalboshdan ana shu nozik jihatga alohida e`tibor qaratildi. Barcha o`zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo`yildi. Bugungi kunda ham o`zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.

Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondashuvning naqadar to`g’ri bo`lganini va uzoqni ko`zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas`uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o`z yo`limiz bor va bu yo`ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so`z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.

Ma`lumki, mustabid tuzum xalqning qarashlari va intilishlaridan yiroq edi. Ana shunday mushkul bir vaziyatda davlatning islohotchilik rolini tan olmaslik masalani o`zibo`larchilik holatiga tashlab qo`yish bilan barobar edi.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, demokratiya avvalambor ma`naviy mezonlar asosida boshqariladigan, kuchli huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati demakdir. Aytish mumkinki, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati demokratiyaning o`zaro uzviy bog’liq bo`lgan ikki jihati, ikki qanotidir.

Jamiyat hayotida qonuniylik mezonlari to`liq joriy etib borilishi davlatning faoliyatida o`z aksini topishi va doimo mustahkamlanib borilishini taqozo etadi. Aynan shu maqsadlarga mos holda O`zbekistonda islohotlarni muhim yo`nalishlari etib hokimiyatni bo`linish tamoyilini amalga oshirishni ta`minlash, jamiyatni siyosiy tizimida parlamentni rivojlantirish, sud hokimiyatining rolini oshirish kabi masalalar belgilab olingan. Bu yo`lda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» g’oyasi asosida ijobiy iatijalarga erishilib kelinmokda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti shu uchta yo`nalishdagi islohotlar yuzasidan quyidagi fikrni bildiradi: «Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ifodalab berildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo`linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilandi», «Davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi — O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi», «Sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoyasini ta`minlovchi organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish vazifasi qo`yildi va muvaffaqiyatli hal etildi».

Shuning uchun ham 1992 yilda qabul qilingan O`zbekiston Konstitutsiyasida hokimiyatning konstitutsiyaviy asosda bo`linishi tamoyili mustahkamlab qo`yildi. Bu tamoyil Konstitutsiyaning 11-moddasida «O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi printsipiga asoslanadi» 47degan qoidada aks ettirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma`ruzasida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari, jumladan, hokimiyati bo`linishiga ham jiddiy e`tibor qaratildi. Ma`ruzada «Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa bu - qonunchilik hokimiyati bo`lmish mamlakat parlamentining roli va ta`sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o`rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat»48 ekani qayd etildi.

Bunda, avvalambor, Prezidentning ba`zi vakolatlarini parlamentning yuqori palatasi - Senatga va hukumatga o`tkazish, professional, doimiy asosda ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning vakolat va huquqlarini kengaytirish ko`zda tutilgan va hozirning o`zidayoq bu boradagi sa`y-xarakatlarning amaliy samarasi ko`rinib turibdi. Bu hukumat faoliyatining kengayishiga hamda mas`uliyatining oshishiga olib keladi, davlat organlari faoliyatini qonuniy asosda chegaralash, ularning vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.

Doimiy asosda ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasi ko`ppartiyaviylik, muqobillik asosida shakllantirilishi demokratiyaning yorqin ifodasi bo`ldi. Quyi palataga 4 ta siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlardan 489 ta nomzod qo`yilib, ular o`rtasida halol kurash olib borildi. Saylovlar ikki turda o`tkazildi. Birinchi turda 62 ta, ikkinchi turda esa 58 ta deputat saylandi. Bu ko`rsatkichlar fuqarolarimiz ijtimoiy-siyosiy faolligining, o`z taqdirini o`zi belgilashga bo`lgan intilishi va ishonchining ortib borayotgani, shuningdek, davlat ishlarida qatnashish hayotiy zaruratga aylanib borayotganini ko`rsatadi.



Qonunchilik palatasida barcha siyosiy partiya va tashabbuskor guruh vakillarining bo`lishi, ular o`z fraktsiya va guruhini tuzish imkoniyatiga ega ekani turli fikrlilik, bahs-munozara asosida faoliyat yuritish, ishchanlik muhiti shakllanayotganidan dalolat beradi. Deputatlarning 18,3 foizini yuristlar, 21,7 foizini iqtisodchilar tashkil etishi, parlamentda sanoat, qurilish, transport, aloqa, qishloq xo`jaligi, fan, ta`lim, madaniyat, sog’liqni saqlash sohalari vakillari va tadbirkorlarning bo`lishi, bir so`z bilan aytganda, Qonunchilik palatasi aholi keng qatlamlarini qamrab olgani uning aholi turli qatlamlari manfaatlarini teng ifoda etishini ko`rsatadi. Bu esa qonunlarni puxta-pishiq tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Parlamentdagi deputatlarning 18 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani, deputatlar milliy tarkibining rang-barangligi mamlakatda aholi turli guruh va qatlamlari manfaatlarining Qonuniy tarzda ro`yobga chiqishiga imkon yaratadi.

Bugungi kunga kelib O`zbekistonda siyosiy partiyalarning jamiyat instituti sifatidagi huquqiy maqomi shakllandi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida siyosiy partiyalar jamoat birlashmalari kabi jamiyatning instituti ekanligi e`tirof etilishi bilan birga, ularning davlat hokimiyati organlari faoliyatiga aralashishga yo`l qo`yilmasligi konstitutsiyaviy me`yorlar bilan belgilab qo`yildi. Umuman, O`zbekiston qonunchiligida demokratik printsiplar asosida faoliyat yuritadigan siyosiy partiyalarning o`z faoliyatini amalga oshirishlari uchun huquqiy asoslar yaratib berildi.

2008 yildan boshlab kuchga kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g’risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalarni demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratib berdi.49



Ko`rinib turibdiki, XXI asr boshlarida mamlakatda jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish, buning uchun avvalo jamiyatda ko`ppartiyaviylik tizimini yanada demokratlashtirish vazifalari siyosiy islohotlarning muhim jihatlarini tashkil etadi.

O`zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirishda 2005 yilning 10 iyunida tashkil topgan «O`zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi» muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda mustaqil, barqaror, aholining turli qatlamlari qo`llab-quvvatlaydigan fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishga, ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishdagi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va ish faolligini oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadlarida 2005 yil 26 iyulda «O`zbekiston - nodavlat notijorat tashkilotlarini qo`llab-quvvatlash fondi» tashkil topdi. Ombudsman institutining joriy etilishi, Inson huquqlari Milliy markazi faoliyatining yo`lga qo`yilishi, mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning nafaqat huquqiy asoslari yaratilganligini, balki bu sohaga doir barcha institutlarning shakllanganligini ifodalaydi.


Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish