BESHQARSAK, qarsak - erkaklar davra o‘yin-qo‘shig‘i.
0 ‘zbek va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro,
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ayniqsa mashhur.
B.da qarsak hamda qiyqiriq ovozlar yordamida o‘yin usuli hosil
qilinadi.
BOLALAR MUSIQASI - bolalarning tinglashi va ijro etishi
uchun mo‘ljallangan musiqa asarlari. B. m. namunalari sodda
shakli, yorqin ifodasi, jonli badiiy mazmuni bilan ajralib turadi.
Bolalar hayoti, xalq ertaklari, tabiat manzaralari, hayvonot dunyosi
B. m.da o‘z ifodasini topadi.
BOLALAR TEATR1 -1) bolalar tomonidan ijro etiladigan
spektakllar. G‘arbiy Yevropa o'quv yurtlarida 15-a. dan ma’luni;
2) bolalar va o'smirlar uchun xizmat qiladigan professional teati.
Yosh avlodni badiiy, estetik va goyaviy jihatdan tarbiyalashga
xizmat qiladi. Repertuari ertak va bolalar adabiyoti namunalari
asosida yozilgan inssenirovkalardan, mumtoz dramaturgiyaning
maktabda o'tiladigan namunalaridan, bolalarbop pesalardan iborat.
Dramatik (yosh tomoshabinlar teatri) va qo‘g‘irchoq teatri kabi
turlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |