Kishilarning ehtiyojlariga har qanday e`tiborsizlik, mehnat, maishiy turmush, hordiqning ijtimoiy jihatlariga e`tiborning pasayishi, odamlarning qonuniy manfaatlarini har qanday cheklashlar oxir-oqibat ijtimoiy adolat tamoyiliga zid bo’lib, ishlab chiqarishning pasayishi va jamiyat yoki mintaqada ijtimoiy taranglikning keskinlashuviga olib keladi. - Kishilarning ehtiyojlariga har qanday e`tiborsizlik, mehnat, maishiy turmush, hordiqning ijtimoiy jihatlariga e`tiborning pasayishi, odamlarning qonuniy manfaatlarini har qanday cheklashlar oxir-oqibat ijtimoiy adolat tamoyiliga zid bo’lib, ishlab chiqarishning pasayishi va jamiyat yoki mintaqada ijtimoiy taranglikning keskinlashuviga olib keladi.
- xozirgi bosqichda ijtimoiy siyosatning bosh vazifalaridan biri – aholini iqtisodiyotdagi bozor munosabatlarining salbiy oqibatlari ta`siridan ijtimoiy himoyalash. Bu aholi pul daromadlari va tovar zahiralari o’rtasidagi muvozanatni saqlab turishni; fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlar yaratishni; aholi uchun xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish, uning tovarlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatiga bo’lgan talabini qondirishni; aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish, uning ma`lumot va madaniy darajasi o’sishini nazarda tutadi.
Davlat siyosatida jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hodisa va faktlarning, shaxs va jamiyat o’zaro munosabatlarining, shuningdek, shaxslararo munosabatlarning bahosi hisoblanadigan va shaxsning, guruhning jamiyatdagi roli va ijtimoiy mavqei orasidagi, faoliyat va uning mukofoti, mehnat va haq, jinoyat va jazo, odamlarning xizmati va ularning ijtimoiy e`tirof etilishi o’rtasidagi mutanosiblikni ifodalaydigan ijtimoiy adolatni ta`minlash muhim o’rin tutadi. Ular o’rtasidagi har qanday nomutanosiblik adolatsizlik sifatida baholanadi. - Davlat siyosatida jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hodisa va faktlarning, shaxs va jamiyat o’zaro munosabatlarining, shuningdek, shaxslararo munosabatlarning bahosi hisoblanadigan va shaxsning, guruhning jamiyatdagi roli va ijtimoiy mavqei orasidagi, faoliyat va uning mukofoti, mehnat va haq, jinoyat va jazo, odamlarning xizmati va ularning ijtimoiy e`tirof etilishi o’rtasidagi mutanosiblikni ifodalaydigan ijtimoiy adolatni ta`minlash muhim o’rin tutadi. Ular o’rtasidagi har qanday nomutanosiblik adolatsizlik sifatida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |