3.1.1-chizma.
Respublikada
qishloq
xo’jaligi
rivojlanishning
asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatgichlari, foizda.
Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy tayanchi bo’lgan qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshrishga kata e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga yangi va
ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, urug’chilik
va selektsiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng qamrovli, shu bilan birga,
puxta yo’nlgan ishlar amalga oshirildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi
mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini kengaytirish evaziga emas,
balki, asosan intensiv rivojlanish, ya’ni ekinlar hosildorligi va chorva mollari
mahsuldorligini oshirish hisobidan ta’minlanmoqda.
Prezidentimiz
I.A.Karimov
Vazirlar
Mahkamasidagi
ma’ruzasida
aytganlaridek, “Qishloq xo’jaligini tarkibiy o’zgartirish natijasida, paxta ekiladigan
yerlarni optimallashtirish va boshoqli don ekinlari, sabzavotchilik, bog’dorchilik,
uzumchilik uchun ajratilgan maydonlarni kengaytirish hisobidan” ekin maydonlari
10
tarkibida o’zgarishlar amalga oshirilishi natijasida 2012-2014-yillarda paxta
yetishtirish hajmi saqlangan holda, sabzavot yetishtirish 16,3 foiz, poliz ekinlari-
16,6 foiz va meva yetishtirish qariyb-21 foizga yetdi"
1
deb ta’kidlab o’tadilar.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida bosqichma-bosqich amalga oshirilib
borilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil etish asosida ularning quyidagi
asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
- Mulkiy va tarkibiy islohotlar;
- Yerdan foydalanish borasidagi islohotlar;
- Suv va suvdan foydalanish munosabatlaridagi islohotlar;
- Moliya-kredit, soliq va sug’urta sohasidagi islohotlar;
- Narx-navo tizimidagi islohotlar.
Agar sohada amalga oshirilayotgan mulkiy-tarkibiy islohotlarda, birinchi
navbatda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulk
shakillaiga, ega avvalo xususiy mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritish
shakillarini joriy etishga muhim e’tibor qaratilgan. Iqtisodiy islohotlarning
dastlabki bosqichlaridanoq zarar ko’rib ishlayotgan shirkat xo’jaliklarini
bosqichma-bosqich tugatib, fermer xo’jaliklariga aylantirish borasida yirik tarkibiy
islohotlar amalga oshiriladi. Bu islohotlar natijasida 1999-2007 yillarda jami 2102
ta istiqbolsiz shirkat xo’jaligi bosqichma-bosqich tugatilib, ularning negizida
158738 ta fermer xo’jaligi tashkil etilgan edi.
Bu jarayonda fermer xo’jaliklarining iqtisodiy samaradorligini o’stirishga
imkon yaratuvchi quyidagi omillar e’tibotga olindi:
- Fermer xo’jaliklari ixtiyorida bo’lgan yer maydonlaridan yaxlit
kontrlarda yagona tartibda maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash;
- Fermer
xo’jaliklarining
qaysi
sohaga
ixtisoslashgani
va
mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligini e’tiborga olish;
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda Ijtimoiy0iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturni eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” 17 yanvar 2015-y. № (6194)
11
- Suv va boshqa moddiy resurslarni tejaydigan yangi agrotexnologiyalarni
qo’llashga qulay sharoit yaratish;
- Yiriklashtirilgan fermer xo’jaliklarining kompleks mexanizatsiyalashuv
borasidagi moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish;
- Zarar bilan iwlayotgan va o’zini oqlamayotgan kichik fermer
xo’jaliklarining faoliyatiga barham berish.
Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida oxirgi yillarda fermer
xo’jaliklarining soni asta-sekinlik bilan kamayib bormoqda.
Respublikamizda qishloq xo’jaligi korxonalarining samarali faoliyat
yuritishi va rivojlanib borishi ko’p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar
bog’liqdir. Bu borada, ayniqsa, qulay moliya-kredit va soliq mexanizmlarini
shakillantirish muhim o’rin tutadi. Islohotlar davomida fermer xo’jaliklarini
moliya-kredit va soliq mexanizmlari orqali qo’llab-quvvatlashning samarali
tizimiga asos solindi:
- Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari uchun imtiyozli kreditlash tizimi yo’lga qo’yildi.
- Fermer xo’jaliklari uchun yerlarning unumdorligiga bog’liq bo’lgan
yagona yer solig’i to’lash bo’yicha imtiyozlar joriy etildi;
- Fermerlarga texnika vositalarini imtiyozli shartlar bo’yicha lizing asosida
yetkazib berish tartibi joriy etildi;
- Fermer xo’jaliklari uchun imtiyozli kreditlash tizimi yaratildi;
- Ball boniteti past bo’lgan yerlarda paxta va g’alla yetishtiradigan fermer
xo’jaliklarining zararini qoplash maqsadida ularga moliyaviy yordam berish tizimi
joriy etildi;
- Irrigatsiya va melioratsiya tizimini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
amaliyotga tatbiq qilindi.
Fermer xo’jaliklari texnika vositalarini imtiyozli shartlar bo’yicha lizing
asosida xarid qilishi uchun texnika boshlang’ich narxining 15 foizini to’lab, qolgan
85 foizini 10 yil muddat ichida to’lash imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunda lizingdan
12
foydalangani uchun yillik foiz to’lovlari Markaziy bank qayta moliyalash
stavkasinint 50 foizidan oshmaydigan qilib belgilandi.
Agrar sohada amalga oshirilayotgan narx islohoti qishloq xo’jaligi
mahsulotlariga narx belgilashda erkin bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich
joriy etishga yo’naltirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 avgustdagi „Paxta
narxini shakllantirish mexanizmi to’grisida"gi PF-3114- sonli Farmoniga asosan,
davlat tomonidan sotib olinayotgan paxta xom ashyosining narxini jahon
bozoridagi narxlar darajasidan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi
PQ-1024- sonli Qaroriga muvofiq, 2009 yilda davlat byudjeti parametrlarida
eksportga sotiladigan paxta tolasi bo’yicha 20 foizlik qo’shilgan qiymat solig’i
(QQS) to’lashdan paxta tozalash korxonalari ozod etildi, natijada shu miqdorda
fermerlarga paxta uchun to’lanadigan xarid narxlari oshirildi. Shu orqali davlatimiz
tomonidan paxta yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarini va tayyorlov korxonalarini
rag’batlantirish ko’zda tutilgan bo’lib, paxta tolasining ichki narxlarini jahon
bozoridagi narxlarga tenglashtirish choralari ko’rilmoqda, Shu bilan birga, bugungi
kunda jahon bozorida paxta tolasi narxlarining birmuncha yuqori ekanini inobatga
olgan holda, narx bo’yicha yuzaga kelgan ijobiy farqning 25 foizini fermer
xo’jaliklariga to’lab berish bo’yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2011 yil davomida fermer xo’jaliklariga yo’naltirilgan ijobiy farq
summasi 403 315 million so’mni tashkil etdi. Bu holat jahon bozorida qulay
kon’yunktura vujudga kelgan yillarda fermer xo’jaliklarining barqaror daromad
olishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Davlat tomonidan sotib olinayotgan g’alla narxlarini esa mintaqaviy
bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi. Boshqa
qishlok, xo’jaligi mahsulotlarining narxlari bozordagi talab va taklifdan kelib
chiqqan holda, shartnoma asosida belgilanmoqda.
Keyingi .yillarda fermer xo’jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoyitlar yaratish maqsadida hosildorligi past bo’lgan yerlarda davlat
13
ehtiyojlari uchun xo’jaligi maxsulotlari yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarini davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash uchun mablag’lar ajratish amaliyotda qo’llanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi “Hosildorligi past
yerlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtirayotgan fermer
xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-725- sonli
Qarorida fermer xo’jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish, ularga samarali va amaliy davlat madadini ko’rsatish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida hosildorligi past bo’lgan yerlarda
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiradigan fermer
xo’jaliklari uchun yordam berish ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |