10. Bitiruv malakaviy ishiga taqriz yozish
Belgilangan talablar darajasida yozilgan bitiruv malakaviy ishi tenishli
shaxslar tomonidan imzolangach, kafedrada dastlabki himoyadan o‘tadi va
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi oldida himoya etish uchun ruhsat beriladi
hamda bu kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar va amaliyot korxonasidan rahbarlik
qilgan ma’sul shaxslar taqriz yozadilar.
Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan yozilgan taqrizda ishning ilmiy darajasi,
uning tarkibiy qismlarini qay darajada bayon ettilganligi, keltirilgan takliflarni
asoslanganlik darajasi baholanadi, shuningdek yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar
ko‘rsatiladi va talabaning mahorati baholanadi (6-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |