1.1-jadval
Aholi daromadlarining tasnifi
Belgilar
Daromad turlari
1.
Ifodalanish shakliga ko‘ra
Pullik; natural
2.
Olinish xususiyati
Mehnat daromadlari; mehnatga oid
bo‘lmagan daromadlar
3.
Olinishining qonuniyligi
Qonuniy daromadlar; noqonuniy
daromadlar
4.
Haqiqiylik darajasi
Nominal daromad; real daromad
5.
Olinish ehtimoli
Permanent; vaqtinchalik
6.
Mulkchilik shakli
Ish haqi, renta, foiz va foyda
7.
Mobillik darajasi
Mobil; immobil
8.
Tushumning doimiyligi
Doimiy; tasodifiy
9.
O‘zlashtirish subyektlari
Jismoniy shaxslar; uy xo‘jaliklari
10. Taqsimot tamoyili bo‘yicha
Mehnatning miqdori, sifati va
natijalariga ko‘ra; ijtimoiy adolat
tamoyiliga ko‘ra; shaxsan ijrochi
tomonidan o‘zlashtirish
11. Foydalanish varianti
Turli boylik va xizmatlar iste‘moliga
sarflanadigan daromad; to‘plashga
sarflanadigan daromad
12.
Soliqqa tortish ta‘siriga bog‘liq
ravishda
Umumiy daromadlar; o‘z tasarrufidagi
daromadlar
Aholining pul daromadlari – bu ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlari, mulkdan
foiz, dividend, renta, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar
ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlardir.
17
Natural daromadlar – bu asosan uy xo‘jaliklari tomonidan shaxsiy iste‘mol
uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo‘jalik, fermer
xo‘jaligidan), shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya
yordami mablag‘lari hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir.
Olinish xususiyatiga bog‘liq ravishda aholi daromadlari quyidagilarga
bo‘linadi:
– ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo‘luvchi mehnat
daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy yordamchi xo‘jalik va uy xo‘jaligi,
xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos;
– mehnatga oid bo‘lmagan, lekin qonuniy yo‘l bilan olingan daromadlar
(mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar).
Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtai nazaridan
daromadlarni qonuniy va noqonuniylarga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi. Agar, birinchisini
mavjud me‘yorlarga to‘la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo‘jaliklari
tomonidan mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo‘li bilan ko‘proq
salbiy va jinoiy iqtisodiyot sohasida olinadi. Ehtimollik mezoniga ko‘ra,
daromadlar olish uzluksiz va vaqtinchalikka bo‘linadi.
Permanent (doimiy) daromadni iqtisodchi olim M.Fridmen iste‘molchi
yetarlicha uzoq muddat davomida olishni umid qilgan daromad sifatida belgilaydi.
Uning qiymati individning iste‘mol doirasiga, to‘plangan sarmoya qiymatiga,
shuningdek, yashash joyi, yoshi, kasbi, ma‘lumoti, irqi va millatiga bog‘liq bo‘ladi.
Iste‘mol doirasi – bu eng kam vaqt oralig‘i davomida daromad o‘zgarmas
darajada qoladi va iste‘molchi tomonidan permanent sifatida baholanadi.
Vaqtinchalik yoki tasodifiy daromad inson tasodifiyga kirituvchi barcha
omillar ta‘sirini aks ettiradi, ya‘ni ular, masalan, ishdagi faollikning davriy
o‘zgarishlari kabi kuchlar harakatining prognoz qilinuvchi natijalari bo‘lishi
mumkin.
Daromadlarning umumiy va ishlatilayotgan daromadlarga bo‘linishi muhim
ko‘rinadi. Umumiy daromadlar aholining jami mobil daromadlari bruttosini,
ulardan tegishli soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘lanishiga qadar tavsiflaydi.
18
Qolgan qism (aholining tasarrufdagi shaxsiy daromadlari) mobil daromadlar –
mablag‘larning eng yuqori bo‘lishi mumkin shunday miqdorini tavsiflaydiki, ular
jamg‘armalardan foydalanmagan holda tovar va xizmatlarning oxirgi iste‘moli
miqdorlarini belgilaydi.
Daromadlarning yana bir guruhi – bu omonatlardan olinadigan daromadlar
bo‘lib, unga dividendlar, turli moliyaviy muassasalarga qo‘yilgan omonatlar
bo‘yicha foizlar, mulkdan, shu jumladan, ijaraga berilgan uy-joydan daromadlar va
boshqa tarkibiy qismlar kiradi.
Aholi daromadlari qiymatiga daromadlarni shakllantirish va boshqarish
borasida tizim ichidagi munosabatlardan tashqari demografik, siyosiy, huquqiy va
boshqa sohalarda yuzaga keluvchi ekzogen munosabatlar ham ta‘sir qiladi.
Ishlab
chiqarishda
yaratilgan
daromadlarni
taqsimlash
borasidagi
munosabatlar daromadlarni boshqarishning bozor mexanizmi vositasida amalga
oshiriladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish omilining har bir egasi firma
faoliyatining oxirgi natijalari hissasiga muvofiq keluvchi yangi qiymat qismiga
huquq oladi. Taqsimlash chog‘ida omiliy daromadlarning ish haqi, foyda, renta va
tadbirkorlik daromadi kabi shakllari hosil bo‘ladi. Daromadlarning taqsimlanishida
davlat muhim rol o‘ynaydi, u fiskal siyosat yordamida davlat byudjetidagi pul
mablag‘larini akkmulyasiyalaydi. Davlatning bu daromadlari byudjet sohasi
xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun, ijtimoiy transfertlar va aholiga ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish to‘lovlari uchun qo‘llanadi.
Aholi
daromadlarini
baholashda
foydalanilgan
paradigma
tizimi
quyidagilarga imkon beradi:
– daromadlar tarkibini aniqlashga – yangi qiymat qismini o‘zlashtirish,
taqsimlash va qayta taqsimlash borasida asosiy subyektlarning o‘zaro, birgalikdagi
harakati sifatida;
– boshqarish mexanizmini belgilashga – mulkchilik munosabatlariga
asoslangan va aholi daromadlarini tartibga solishning firma ichidagi, davlat va
bozor mexanizmlarini ko‘rsatuvchi asosiy bo‘g‘inlaridan foydalanish natijasi
sifatida.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |