Ijtimoiy iqtisodiyot


II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI TURMUSH



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/47
Sana03.07.2021
Hajmi0,95 Mb.
#108278
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yollari samarqand viloyati misolida.

II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI TURMUSH 
DARAJASI HOLATINING TAHLILI 
2.1. Aholi daromadlarining shakllanishi va o’zgarishining bozor omillari  
 
Aholini  samarali  muhofaza  qilishga  yo‘naltirilgan  maqsadli  chora-tadbirlar 
hamda  yuqori  iqtisodiy  o‘sish  va  bandlik  sur‘atlari  aholi  farovonligini  oshirishni 
ta‘minlamoqda.  
Aholi  real  daromadlarining  oshishida  asosiy  omil  bo‘lib,  makroiqtisodiy 
sharoitning  qulayligi,  iqtisodiy  o‘sishning  tez  sur‘atlarda  oshishi,  inflyasiyaning 
sezilarli  darajada  pasayganligi,  iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o‘zgarishlar  va  aholini  aniq 
ijtimoiy  himoya  qilishning  kuchayganligi  hisoblanadi 
1

Aholi  daromadlari  –  bu  alohida shaxs yoki oila (uy xo‘jaligi) tomonidan turli 
manbalardan  ma‘lum  davr  mobaynida  olinadigan  va  iste‘mol,  jamg‘arma,  turli 
yig‘in  va soliqlarga  sarflanadigan  pul va natural  tushumlar  majmuidir
2
.   
Aholi  daromadlarini  ularning  tarkibiga  turli  xo‘jalik  subyektlari  va  davlat 
tomonidan  ko‘rsatiladigan  bepul  xizmatlarni  qo‘shmasdan  ko‘rib  chiqish  tadqiqot 
doiralarini  toraytiradi,  chunki  aholining  past  daromadli  guruhlari  daromadlarini 
takror ishlab  chiqarishda ularning  roli  muhimdir.   
Demak,  daromadlarning  shakllanishida,  bizningcha,  xodimlarning  shaxsiy 
xususiyatlari  va  mehnatdagi  yutuqlari,  xodim  band  bo‘lgan  korxona,  tashkilot, 
muassasaning  faoliyat  natijalari  va  umuman  iqtisodiyotning  rivojlanish  darajasi 
muhim  omil  hisoblanadi.  Aholi  daromadlari  yangidan  yaratilgan  qiymat 
o‘lchamlariga,  ularning  yuzaga  kelish  manbasi  sifatida  mehnat  unumdorligi 
darajasiga,  davlatning  soliq va ijtimoiy  siyosatiga bog‘liq.  
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitlarida  daromadlarning  mulkchilik  munosabatlarini 
amalga  oshirishning  iqtisodiy  shakllari  sifatidagi  muhimligi  saqlanib  qoladi. 
Mulkchilik  munosabatlari  xo‘jalik  tarkibi  va  boshqaruv  tizimidan  iborat  har 
qanday  iqtisodiyotning  asosidir.  Daromadning  mulkchilik  munosabatlarini  amalga 
                                                 
1
 O‗zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy  sharh, 2012  yil yakunlari,  2013  yil,  №9 
2
 Abdurahmonov Q.X.  Mehnat iqtisodiyoti. Darslik.  – T.:  Mehnat, 2009.  – 366-b. 


 
52 
oshirishning  iqtisodiy  shakli  sifatida  belgilanishi  uning  sifat  xususiyatlarini 
ochishga, chuqur ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni  ko‘rsatishga imkon  beradi.  
Aholi  daromadlari  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  bir  tomondan,  xo‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  va  davlat  o‘rtasida,  ikkinchi  tomondan,  uy  xo‘jaliklari  va 
individlar  o‘rtasida  yangidan  yaratilgan  qiymat  qismini  o‘zlashtirish,  taqsimlash  va 
qayta taqsimlash  borasida yuzaga keluvchi  umumiy  munosabatlarni  ko‘rsatadi.  
Shuni  alohida  qayd  qilish  lozimki,  O‘zbekiston  Respublikasida aholining pul 
daromadlari  yil  sayin oshib bormoqda (2.1-jadval). 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish