Tadqiqot ob’ekti sifatida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan
barcha tadbirkorlik sub’ektlari olingan.
Tadqiqot metodlari tadqiqot jarayonida abstrakt-mantiqiy fikrlash,
iqtisodiy-statistika, tahlil guruhlash, tizimli tahlil, tizimli yondashuv, prognozlash
va boshqa uslublar qo‘llanilgan.
Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirliklari Davlat Statistika
qo‘mitasi va uning Samarqand viloyat boshqarmasi ma’lumotlari, Samarqand
viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi, Samarqand
viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo boshqarmasi ma’lumotlaridan
foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |