ijtimoiy-iqtisodiy muhitni shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu doirada
60
qaraydigan bo’lsak, Respublika va uning hududlari doirasida bu dolzarb masalani
oqilona hal qilishda albatda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy omillar, jumladan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi o’ziga xos ta’sir etadi.
Shunga ko’ra, biz mamlakatimiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan
shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi
chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning “Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari
va choralari” nomli asarda keng va batafsil bayon qilib berilgan.
Aholini ish bilan bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni roli keyingi vaqtlarda ortib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlarida 2008 yilda mamlakatimizda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ham barqaror rivojlanganligiga alohida
e’tibor qaratilgan. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini yanada
kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining 5
foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining
kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi
tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli
rag’batlantiruvchi omillar yaratdi.
Mamlakatimizdagi aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish masalalari Samarqand
viloyati iqtisodiyoti uchun o’zgacha kechmoqda.
Agar Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy
maqsadi nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, aholini ish bilan ta’minlash
hududiy dasturlarida ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar barcha yo’nalishlar bo’yicha va
hududlar kesimida to’liq bajarildi. Yaratilgan ish joylarining asosiy qismi 72,2%
ortiqrog’i qishloq joylariga to’g’ri keladi.
61
Istiqbolda Samarqand viloyatida mo’ljallangan hudud iqtisodiy siyosatining
bosh maqsadi – viloyat aholisi uchun yetarlicha turmush sharoitlarini yaratish,
ijtimoiy muammolarni izchil hal etishning asosi sifatida viloyat iqtisodiyotining
uzoq muddatli barqaror o’sishini ta’minlash va shu asosda viloyatning respublika
iqtisodiyotidagi o’rnini mustahkamlashdan iboratdir. Ushbu asosda kichik biznes
va mikrofirmalarni rivojlantirish sohasida quyidagilarga e’tiborni kuchaytirish
lozim bo’ladi: kichik biznes subyektlarining huquqiy muhofazasini kuchaytirish va
ular faoliyatiga boshqaruv organlarining asossiz tarzda aralashuvini cheklash;
qishloq xo’jalik mahsulotlari va mahalliy xom-ashyo asosida ishlovchi kichik va
o’rta korxonalarni tashkil etish; kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari
faoliyatining me’yorda bo’lishini ta’minlash maqsadida maslahat va axborot
markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish, marketing va reklama xizmatlarini
jonlashtirish; tadbirkorlikning dastlabki sarmoyani topishdagi muammolarini hal
etishga ko’maklashish maqsadida maqsadli va aniq yo’naltirilgan mikrokreditlar
ajratilishini ta’minlash, kredit uyushmalari faoliyatini rag’batlantirish; tadbirkorlik
subyektlari va yirik korxonalar o’rtasida barqaror kooperasiya aloqalarini
rivojlantirish; aholini turli shakldagi kasanachilik ishlariga jalb etish, xalq
hunarmandchiligini rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni rag’batlantirish, pudrat
shartnomasi asosida uy mehnatini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: