Ijtimoiy-iqtisodiyot


Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/37
Sana01.07.2021
Hajmi0,72 Mb.
#106042
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
mahsulot eksporti salohiyatini oshirishda tadbirkorlikning roli

Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi. 

 

Bugungi  kundagi  asosiy  vazifa  mamlakatimizda  kichik  biznes  va 



tadbirkorlikning  raqobatbardoshligini  rivojlantirishni  Rag’batlantirish  uchun 

iqtisodiy  va  huquqiy  sharoitlarni  yaratish  bo’lsa,  boshqa  tomondan  unga  moddiy 

va  moliyaviy  resurslar  kiritish  ko’zda  tutiladi.  Davlat    tomonidan  qo’llab-

quvvatlash  oqilona  dotasiyalar,  soliq  solish,  kreditlash,  sug’urtalash  va 

investisiyalashdagi  imtiyozli  tartiblar  va  hokazolar  shaklida  namoyon  bo’lishi 

kerak. Bu holda u boqimandalikni rag’batlantirish bo’lmaydi va kichik korxonalar 

tomonidan  doimiy  holat  yoki  raqobatbordoshlik  va  rentabellikni  oshirishning 

asosiy  manbai  sifatida  qaralmaydi.  Zamonaviy  sharoitlarda  davlat  ko’magining 




23 

 

asosiy tamoyili biznesni-ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va 



bozor  xo’jaligini  normal  yuritish  uchun  iqtisodiy  va  huquqiy  sharoitlar  yaratish 

bo’lmog’i  lozim.  Davlat  ko’magi  tarmoqli,  geografik,  milliy,  tarixiy  xususiyatlar 

va  an’analar,  shuningdek,  xorijiy  tajribani  hisobga  olgan  holda  tadbirkorlikning 

raqobatbardoshligini  rivojlantirish  uchun  iqtisodiy  va  huquqiy  sharoitlar,  omillar 

yaratish sifatida namoyon bo’lmog’i kerak. 

 

Tadbirkorlikni  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlashning  eng  muhim 



vazifasi-kichik  korxonalarga  teng  huquqlarni  ta’minlash,  kichik  va  yirikroq 

korxonalar  o’rtasidagi  xo’jalik  imkoniyatlari  bo’yicha  farqni  imkon  qadar 

kamaytirish, O’zbekiston xo’jaliklarining bozor tizimini shakllantirishning bazaviy 

jarayonlarida  kichik va  yirik tadbirkorlikning  eng  maqbul nisbatini  ta’minlashdan 

iborat. Bu birinchi galda, raqobotli bozor musobaqasida teng huquqlilikni, faoliyat 

turini  erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik  faoliyatini  yuritishda  teng imkoniyatlar 

yaratish,  ularning  huquqlari  va  javobgarligini,  imkoniyatlari  va  tavakkalchiligini 

aniq  belgilashdir.  Bunda  ijtimoiy,  iqtisodiy,  yuridik,  siyosiy  va  boshqa  qulay 

sharoitlar mavjud bo’lsagina biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin. 

Raqobatlantirish  iqtisodiy  dastaklarning  biri  hisoblanadai.  Shuning  uchun 

kichik biznesda ijodiy aktivligini rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish muhimdir. 

Bular ichida moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning mehnatga, qilingan ishning 

natijalariga qarab rag’batlantirish usuli asosiy o’rin egallaydi. 

Ish  haqqi  doimo  mehnatga  undovchi  muhim  omil  hisoblanib  kelingan. 

Shunday ekan mehnatga haq to’lashning to’g’ri tizimini tanlash muhim. Bu ularni 

hayotiyligi  va  raqobatbardoshligini  oshiradi.  Mehnatga  haq  to’lash  darajasi 

insonlarning hayot ehtiyoji va korxonani moliyaviy holatidan kelib chiqib tartibga 

solinishi kerak. 

Mehnatga  haq  to’lash  tizimi  bir  necha  omillarga  asoslanadi:  kasb,  malaka 

darajasi,  ish  staji,  bajarayotgan  ish  hajmi,  ishning  murakkabligi,  xodimlar 

javobgarligi, ish jarayoni davomiyligi va hokazo.  

Xodimlarning  foydadagi  ishtiroki  ularning  sotib  olingan  aksiya  qiymatiga 

uzviy  bog’liq bo’ladi.  Foyda  o’z  korxonasi doirasida  aniqlanadi, ammo  xodimlar 



24 

 

orasida  faqat  mehnat  unimdorligi  ortishi  va  mahsulot  sifati  yaxshilanishi  evaziga 



olingan qo’shimcha foyda taqsimlanadi. 

Hozirda  zamonaviy  tadbirkorlikda  foydada  qatnashishning  bir  necha 

tizimlari keng tarqalgan: 

- Skenlona tizimi bu tizim  mohiyati shundan iboratki har bir kishi hisobiga 

ishlab chiqarilgan mahsulotning ko’payishi evaziga olingan ish haqi fondi iqtisodi, 

ishchi vыa korxona orasida taqsimlanadi. Bu iqtisod korxona va ishchi orasida 1:3 

nisbatda. Xodimlarga ajratilgan rag’batlantiruvchi summaning 20% zaxira fondiga, 

qolgan qismi esa xodimlarga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ortishiga qo’shgan 

hissasiga qarab taqsimlanadi. 

-  Raker  tizimi  -1  dollar  ish  haqiga  nisbatan  sof  normativ  mahsulot  hajmini 

bajarishda iqtisod qilgan ish vaqtiga rag’batlantirish tushuniladi. 

- Iproshsar tizimida- belgilangan mahsulot hajmini bajarishda iqtisod qilgan 

ish vaqtiga qarab rag’batlantirish tushuniladi.  

Har  qanday  rag’batlantirish  tizimi  o’zining  yutuq  va  kamchiliklariga  ega. 

Ammo  har  qanday  holatlarda  ham  mukofot  miqdori  ma’lum  bir  iqtisodiy 

ko’rsatkichlarga  asoslanadi.  Chunki,  xodimlarni  rag’batlantirish  tizimi  ularni 

mehnat  unumdorligi  ortishini,  kadrlar  qo’nimsizligi  pasayishini,  korxonada 

kelgusida yuqori iqtisodiy natijalarga erishishi ta’minlashi zarur. 

Demak,  ish  haqi  tayinlashda  xodimning  malaka,  tajriba,  faoliyat  natijalari 

hisobga  olinar  ekan,  moddiy  rag’batlantirishda  bu  ko’rsatkichlarni  hisobga  olish 

taqoza  etiladi.  Tabiiyki,  yuqori  malaka  va  tayyorgarlik  darajasi,  yuqori  mehnat 

haqini talab qiladi. Yuqori  malakali injener malakali ishchidan ham haq olmasligi 

zarur.  Masalan,  Yaponiya  kompaniyalari  prezidentlari  yangi  ishga  kelgan 

xodimdan 8 barobar ortiq ish haqqi oladi. AQShda esa bu farq 1:20 tashkil etadi. 

Mehnatdagi qo’shimcha natijalar uchun ustama, mutaxassislik va mansabni 

birgalikda  bajarish,  bajarilgan  ish  hajmini  oshirish,  kasb    malakasi,  mehnatdagi 

erishgan yuqori natijalari va korxonadagi mehnat stajiga qarab to’lanadi. Bu yerda 

ustama  darajasi  har  bir  ishchi  uchun  alohida  ishning  oxirgi  natijalariga  yoki 

qo’shgan hissasiga qarab belgilanadi. 



25 

 

Moddiy  rag’batlantirishning  yana  bir  ko’rinishi  mukofat  hisoblanadi. 



Mukofotlash  tizimi  unumli  mehnatni  haqiqatda  rag’batlantirish  va  mehnat 

kollektivida normal munosabatni saqlashga qaratilishi zarur. Bu tizim mukofotlash 

mezoni  ko’rsatkichlari,  shartlari,  doirasi  va  mukofot  miqdorini  o’z  ichiga  olishi 

shart. 


Rahbar,  mutaxassis  va  xizmatchilarning  rag’batlantirishini  optimal 

ko’rsatkichlar  soni  ikki  -  uchta,  ishchilarni  esa  bir  -  ikkita  bo’lishi  maqsadga 

muvofiq. 

 


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish