i=1,2,3,...,n; j=1,2,3,...,n.
xalq xo‘jaligining har bir tarmog‘i balansda ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi sifatida qatnashadi;
v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi.
Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish tarmoqlari
|
Iste’mol tarmoqlar
|
Pirovard mahsulot
|
Yalpi mahsulot
|
1
|
2
|
3
|
...
|
n
|
1
|
x11
|
x 12
|
x 13
|
...
|
x 1n
|
Y1
|
X1
|
2
|
x 21
|
x 22
|
x 23
|
...
|
x 2 n
|
Y2
|
X2
|
3
|
x 31
|
x 32
|
x 33
|
...
|
x 3 n
|
Y3
|
X3
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
n
|
x n1
|
x n2
|
x n3
|
...
|
x n n
|
Yn
|
X n
|
Ish haqi
|
v1
|
v2
|
v3
|
...
|
vn
|
vc
|
-
|
Sof daromad
|
m1
|
m2
|
m3
|
...
|
mn
|
mc
|
-
|
Yalpi mahsulot
|
X1
|
X2
|
X3
|
...
|
Xn
|
-
|
X
|
Tarmoqlararo balansning ustunlarida har bir tarmoqdagi moddiy xarajatlar tuzilishi va sof mahsuloti aks etiladi. Faraz qilaylik, jadvalning 1-tarmog‘i elektroenergiya ishlab chiqarish, 2-tarmog‘i ko‘mir sanoati bo‘lsin. U holda x11 kattalik 1-tarmoqning o‘z ehtiyojiga sarflangan elektroenergiya qiymatini, x21 esa elektrenergiya ishlab chiqarishdagi ko‘mir xarajatlarini ko‘rsatadi. Umuman, 1- ustundagi x11, x21, x31,..., xn1 kattaliklar 1-tarmoqning ta’minotchi tarmoqlar bo‘yicha moddiy xarajatlari tuzilishini ko‘rsatadi. 1-tarmoqning sof mahsuloti ish haqi (v1) va sof daromad (m1) ning yig‘indisidan tashkil topgan. Moddiy xarajatlar va sof mahsulotning jamlanmasi esa tarmoqning yalpi mahsulotiga teng bo‘ladi, ya’ni
X1 X11 X 21 X 31 ... Xn1 v1 m1 Xi1 v1 m1 .
i1
Shu kabi har bir tarmoq uchun quyidagi tenglikni yozish mumkin:
n
X j X ij v j mj ,
i1
j 1, n
(1)
Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmog‘idagi yillik mahsulot hajmining taqsimlanishi o‘z aksini topadi. Masalan, 1-tarmoq qatoridagi x11, x12, x13,..., x1n kattaliklar elektroenergiya tarmog‘i mahsulotining shu tarmoqning o‘zida, ko‘mir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan miqdorini ko‘rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashqaridagi sarflanishi, ya’ni so‘nggi (pirovard) iste’molni Y1 ko‘rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil topadi.
n
1-satrdagi barcha kattaliklar yig‘indisi xuddi 1-ustundagi kattaliklar yig‘indisi kabi natijaga, ya’ni yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya mahsulotining qiymat ko‘rinishiga teng bo‘lishi kerak:
X1 X11 X12 X13 ... X1n Y1 X ij yi
j1
n
Xuddi shuningdek ixtiyoriy olingan ishlab chiqarish tarmog‘i uchun:
X i X ij yi . (2)
j 1
Ko‘rinib turibdiki, bunday tenglamalar soni n ta, ya’ni i=1,2,3,..., n. Bu tenglamalar moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari mahsulotlarining taqsimot tenglamalari deyiladi. Shunday qilib, balans ma’lumotlarining alohida tarmoqlar bo‘yicha qaralishi yillik mahsulotning qiymat jihatidan tarkibini bu mahsulotlarning foydalanish uchun taqsimlanishini ko‘rsatadi .
“Xarajat-ishlab chiqarish” modelining umumiy tuzilishi.
Tarmoqlararo balans to‘rtta qism - kvadrantlardan iboratdir.
kvadrant (maxsulot ishlab chikarish uchun material xarajatlari kursatilgan) shaxmat taxtasi kabi tuzilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish vositalarining oqimi akslanadi. 1-qism ma’lumotlari tarmoqlar moddiy xarajatlari tarkibini tahlil qilishda, tarmoqlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bog‘lanishlari va proporsiyalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
kvadrantda barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining so‘nggi mahsuloti ko‘rinadi. So‘nggi mahsulot deb, ishlab chiqarishdan tashqaridagi iste’mol va jamg‘armadagi mahsulotlar yig‘indisiga aytiladi. So‘nggi mahsulot tarkibiga kiruvchi ijtimoiy iste’mol ta’lim tarbiya, o‘quv, fan, sog‘liqni saqlash, mudofaa, boshqaruv, sport kabi sohalardagi iste’moldan tarkib topadi. Shunday qilib, 2-kvadrantdagi ma’lumotlar milliy daromadning tarmoqlar bo‘yicha moddiy tuzilishi, uning jamg‘arma va iste’mol fondlariga taqsimlanishini xarakterlaydi.
kvadrant ko‘rsatkichlari ham milliy daromadni xarakterlaydi, faqat bunda uning qiymati tarkibi ya’ni barcha tarmoqlarda mehnatga to‘langan haq va sof daromad yig‘indisi sifatida qaraladi. 3-kvadrant ma’lumotlari moddiy ishlab
chiqarishda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot orasidagi hamda yangidan yaratilgan va ko‘chirilgan qiymatlar nisbatini tahlil qilish uchun zarurdir.
2 va 3 kvadrantlarning umumiy yig‘indisi o‘zaro tengdir. Barcha tarmoqlar bo‘yicha (1) tenglamani jamlab quyidagini hosil qilamiz:
n n n n n
X j x ij vj mj
(3)
j 1
i1
j1
j1
j1
X i x ij yi
(4)
i1
i1
j 1
i1
va (4) tengliklarning chap qismida bir xil kattalik - yalpi ijtimoiy mahsulot X hosil bo‘ladi. Tengliklarning o‘ng qismidagi 1- qo‘shiluvchilar ham bir xil, ya’ni 1- kvadrantning jamiga tengdir. Demak, tengliklarning qolgan qismlari ham tengdir:
n n n
vj mj Yi
(5)
j 1
j1
i1
tenglikning chap qismida 3-kvadrantning jamlanmasi, o‘ng qismida esa 2- kvadrant jamlanmasi hosil buldi, ya’ni milliy daromadning moddiy-mahsulot va qiymat tarkiblari bir xil bo‘lishi ko‘rindi.
kvadrant Tarmoklararo balansning so‘nggi mahsulotlar ustuni va daromadlar satrining kesishgan joyida bo‘lib, bu yerda milliy daromadning so‘nggi taqsimlanishi va foydalanishi o‘z aksini topadi. Dastlab yaratilgan milliy daromadning qayta taqsimlanishi oqibatida aholining korxonalarning va davlatning so‘nggi daromadlari yuzaga keladi. 4-qism ma’lumotlari tarmoqlararo modellarda aholining daromad va chiqimlarini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, TAB yagona iqtisodiy-matematik model tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari balansi, yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy daromad balansi hamda aholining daromad va xarajatlari balanslarini birlashtiradi.
Tarmoklararo balans, turli tarmoklar urtasida narxlar, ishlab chikarish xajmi, kapital kuyilmalar va daromadlarning boglanishini urganishga yordam beribgina kolmay, mamlakat iktisodiyetining rivojlanishini, kelajagini prognozlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |