Fuqarolik huquqi deyilganda huquqning me’yorlari mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni (sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni) tartibga soladigan sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbaalariga quyidagilar kiradi:
— Konstitutsiya;
— Fuqarolik kodeksi;
— amaldagi qonunlar;
— qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari);
— O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
— ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar);
— mahalliy odat va an’analar.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan amalga joriy etilgan. 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 moddadan iborat. Hozirgi paytga qadar ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |