Mehnat shartnomasi:
— nomuayyan muddatga;
— muayyan muddatga (besh yildan ortiq bo‘lmagan);
— muayyan ishni bajarish vaqtiga tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobiliyati) 16 yoshda boshlanadi.
Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari.
Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida iste’molchi shunday ta’rifanadi.
Iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs).
Do'stlaringiz bilan baham: |