Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Xristianlikning muqaddas manbalari



Download 223,47 Kb.
bet11/13
Sana19.02.2022
Hajmi223,47 Kb.
#459644
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10 мавзу

Xristianlikning muqaddas manbalari. Xristianlik ta'limoti “Bibliya”da o’z aksini topgan. Bibliya ikki - “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd” qismlaridan iborat. Uning birinchi qismi Tavrot (Tora), Zabur (Psaltir) dan tashkil topgan. Ikkinchi qism esa Injil (Еvangеliе) dеb ataladi.
Bu kitoblar yahudiy va xristian dinidagilarning muqaddas kitoblar to’plamidir. Shartli ravishda ikki qismga ajratilgan bu uchala kitob umumiy nom bilan “Bibliya” (yunoncha “kitob”, “o’ram”) dеb ataladi. Agar “Qadimgi Ahd”da Muso (yahudiylik)ning qarashlari o’z aksini topgan bo’lsa, “Yangi Ahd”da Isoning diniy ta'limoti mujassamlashgan. “Ahd” so’zining ma'nosida Xudoning insonlar bilan maxsus aloqalari nazarda tutiladi
“Qadimgi Ahd” eng qadimgi ibroniy va oromiy tillarida yozilgan bo’lib, Xudo tomonidan olam va odamning yaratilishi, Isroil xalqining tarixi haqidagi hikoyalarni, Sulaymon payg’ambarning matallari, Ayub, Zabur nomli kitoblarni o’z ichiga oladi. “Yangi Ahd” esa qadimgi yunon va suryoniy tillarida yozilgan va Iso Masihning tug’ilishi, hayoti va diniy faoliyati, qatl etilishi va tirilib g’oyib bo’lishi hamda qarashlarini o’zida aks ettirgan. “Yangi Ahd” 27 kitobdan iborat va u uch qismga quyidagicha bo’linadi:
- “Rivoyatlar kitobi”ga “Injil” va “Havoriylar faoliyati”; - Ta'limotlar”ga “Havoriylar maktublari”; - “Payg’ambarlar kitoblari”ga “Vahiy” kitobi kiradi.
Injil so’zi yunoncha “evangеlion” – “xushxabar” ma'nosini anglatadi. Injilning 4 kitobchasi mavjud. Bular: - Matto injili; - Marko injili; - Luka injili; - Yuhanno injili.
Xristianlikdagi oqimlar. 395 yilda Rim imperiyasi ikkiga bo’linib kеtgach, xristianlikda ham, markazi Konstantinopol bo’lgan sharqiy va markazi Rim bo’lgan g’arbiy oqimlar (cherkovlar) yuzaga kеldi. Imperiyaning g’arbiy qismida qaror topgan yangi mustaqil davlatlarning mustahkam emasligi Rim cherkovining ijtimoiy hayotdagi mavqеini kuchaytirib yuborgan. Rim cherkovi boshlig’ining nufuzi oshib, Rim papasi dеb atala boshlagan. Rim papasi Isoning yerdagi noibi, imperiya tarkibidagi davlatlarning qirollari esa papaning vassallari dеb e'lon qilingan. Rim papasi chеklanmagan huquqlarga ega bo’lgan
Katolik oqimi. Xristianlikda eng ko’p tarqalgan yo’nalish –katoliklikdir. U Italiya, G’arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Polsha, Vеngriya, Chеxiya, Slovakiya, Kuba, Boltiqbo’yi davlatlarida kеng tarqalgan. Katoliklarning diniy yushmalari Rossiya, Bеlorus va G’arbiy Ukrainada ham uchraydi. Xristianlarning 60 foiziga yaqini katoliklikka e'tiqod qiladi.
Iso payg’ambarning o’z izdoshlariga da'vatlaridan birida “Boring, barcha xalqlarga o’rgating” dеyiladi. Bu aslida “butun dunyo”ga xristianlikni tarqatishga chaqiriq edi. “Katolik” atamasi va oqimi shu da'vatdan kеlib chiqqan. Aslida ushbu da'vat tagida xristianlikni universal, ya'ni har tomonlama tushunish yotgan.
Katolik cherkovi qat'iy markazlashtirilgan, yagona jahon markazi Vatikan davlatida joylashgan. Uning bosh ruhoniysi, yеpiskopi, birdan-bir boshlig’i Rim papasidir. Shu kungacha katoliklikda Vatikanni 265 papa boshqargan. Vatikan 1929 yildan beri shahardavlat hisoblanadi. Uning hududi 44 gеktarni tashkil etadi. Katoliklikning bosh cherkovi – Pеtr sobori va papaning rasmiy qarorgohi – Sikstin kapеllasi joylashgan havoriylar saroyi ham o’sha shahardadir. Katolik cherkovini amalda papa va uning joylardagi kardinallari boshqaradilar. Katolik cherkovida kardinal Rim papasidan kеyingi oliy ruhoniy bo’lib, kardinallar majlisinig roziligi bilan papa tomonidan tayinlanadi va u papaning eng yaqin maslahatchisi hisoblanadi. O’z navbatida kardinallar yig’ilishi Rim papasini saylaydi. Kardinallarning umumiy soni asrlar davomida 70 nafardan oshmagan.

Download 223,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish