Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi mikroiqtisodiyotFoydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Bozor muvozanati
Kirish Siz ushbu kurs ishida bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib chiqadigan bozor muvozanati va muvozanat narxlar, bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ning vujudga kelishi, iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i to‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar keltirilgan. Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaming buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaming kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini- o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida “ Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo`lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o`tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo`yicha qat’iy qadamlar qo`yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi- aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so`zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik xar bir rahbarni- bu Bosh vazir yoki uning o`rinbosarlari bo`ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar xokimi bo`ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo`lib qolishi kerak. Endi xar birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi- o`zimiz mas’ul bo`lgan soha va tarmoqda ishlarning aholining tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’sulyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi.”1 Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Xozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot xajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Download 0,53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |