Bog'liq Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish
Axborotlashgan jamiyatda ta’lim tizimi. Ta’lim tizimi – eng konservativ tizim bo’lishiga qaramay axborotlashgan jamiyatga o’tish jarayonida aloxida xususiyatlarga ega bo’ladi:
Axborot texnologiyalari yordamida o’quv jarayonining individuallashtirilish;
O’quv muassasi boshqaruvini axborotlashtirish: ta’lim muassasalarining axborot tizimlari bilan ta’minlanishi, boshqaruv faoliyatining avtomatlashtirilishi, turli predmet sohalari bo/yicha berilganlar bazalari yaratish va ulardan foydalanish.
Ta’lim tizimi sifatiy va miqdoriy darajasi mamlakatning axborotlashish darajasi to’g’risida fikr yuritish imkonini beradiZamonaviy ta’lim tizimi oldida turadigan eng dolzarb muammolardan biri – har bir kishini bu tizimga jalb etishdir.Ushbu muammo iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik aspektlarga egadir. Zamonaviy axborotlashgan jamiyat oldida turgan muammolardan biri –uzluksiz ta’lim tizimiga barcha jamiyat a’zolarini jalb qilishdan iborat. Jamiyatning doimiy ozgaruvchan xususiyatga ega ekanligidan har bir kishidan uzluksiz ta’lim olish , vaqtdan orqada qolmaslik, kasbini o’zgartira olish, ijtimoiy tizimda o’z o’rnini egallashi talab etiladi. Bu borada ta’lim olishning yangi usullari, xususan masofadan va multimediya vositalari yordamida ta’lim olish bu borada katta ahamiyat kasb etmoqda.Axborot texnologiyalari mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholiga yashash joylarida mavjud bo’lmagan maxsus bilim resurslaridan foydalanish imkonini beradi.Rivojlangan axborotlashgan jamiyatda axborot supermagistrallari ushbu imkoniyatni texnik jihatdan realizatsiyalaydi.To’plangan tajribalar shunu ko’rsatadiki, ta’lim tizimida multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim effektivligini sezilarli oshirdi. O’quv materialining gipermatnli tuzilishi bilan birgalikda multimedia texnologiyalari o’qitishning yuqorieffektiv vositalarini yaratish imkonini beradi.Bular – elektron kitoblar,multimedia – ensiklopediyalar,kompyuter-filmlar,berilganlar bazalari kabilardir.Axborotlashgan jamiyatda maktab an’anviy sinf-dars tizimidan qisman yoki butunlay chetlashishi mumkin. Bunda invalidlarni to’laqonli o’qitish tizimini tashkil qilish uchun barcha sharoitlar mavjud bo’ladi.Shunga qaramay, YUNESKO ning bosh direktori F.Mayor tomonidan bildirildgan:”Texnologiyalar ulardan ta’lim tizimida foydalanish imkoniyatlaridan tezroq rivojlanmoqda”-. fikrning aktualligi hozirgacha saqlanib qolmoqda .Yuqorida to’xtalib o’tilgan hodisalarning ma’lum qismini rivojlangan axborotlashgan jamiyat tendensiyalari sifatida qabul qilishimiz mumkin