- 9 -
Tayanch tushunchalar
Falsafiy bilimlar tizimi, falsafiy g’oyalar, falsafiy nazariyalar,
falsafaning asosiy vazifalari, dunyoqarash.
Takrorlash uchun savollar
1.
Fanlarning ajralish va o`zaro qo`shilish tamoyilini qanday
tushunasiz?
2.
Falsafiy bilimlar tizimiga qaysi fanlar kiradi?
3.
Falsafiy g’oya va nazariyalarning shakllanishi qanday ro`y bеradi?
4.
Falsafiy fanlarning vazifalariga doir asosiy xususiyatlar
nimalardan iborat?
3-mavzu
.
Mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning yangilanish
zarurati
Reja:
1. Ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkur.
2. Istiqlol va falsafiy tafakkurning yangilash zarurati.
3. Yangi mafkuraviy tamoyillar shakllanishida falsafaning
o`rni va ahamiyati.
4. Falsafiy dunyoqarashning yangilanish jarayoni va yoshlar
tarbiyasi.
Tariхiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkurning
aloqadorligi. Insoniyat falsafiy dunyoqarashining o`zgarish dialektikasi,
uning tarixiy va ijtimoiy jarayonlarga bog’liqligi. Falsafiy tafakkurning
ijtimoiy jarayonlardan oldin ketishi yoki orqada qolishi muammolari.
Istiqlol
va
falsafiy
dunyoqarashning
o`zgarishi
zarurati.
Mustaqillik - falsafiy tafakkur o`zgarishining asosi va shart - sharoiti.
Mafkuraviy bo`shliq va uni yangi mafkura bilan to`ldirishning falsafiy
vazifalari.
Mustaqillikni
mustahkamlash,
yangi
tafakkurni
shakllantirishda falsafaning o`rni va ahamiyati.
Falsafiy dunyoqarash o`zgarishida ta`lim-tarbiya jarayonining
ahamiyati. Mustaqillik davrida ijtimoiy fanlarni o`qitish talablarining
o`zgarishi. Jahon falsafasining asosiy yo`nalishlari va g’oyalarini
o`rganish – davr talabi. Falsafiy dunyoqarashning o`zgarishi va yoshlar
kamoloti. Yoshlar ongida yangicha dunyoqarashni shakllantirish
vazifalari.
- 10 -
1- ko`rgazma
2-ko`rgazma
.
Tayanch tushunchalar
Tarixiy rivojlanish, falsafaning asosiy vazifalari, dunyoqarash,
falsafiy tafakkur, dunyoqarashning yangilanishi, tafakkurning o`zgarishi.
Takrorlash uchun savollar
1.
Dunyoqarashning o`zgarishi ijtimoiy taraqqiyotga qay darajada
bog’liq?
2.
Dunyoqarashning o`zgarishida mamlakat mustaqilligi bosh omil va
zarur sharoit bo`lib xizmat qilishi nimalarda namoyon bo`ladi?
3.
Dunyoqarashning o`zgarishi komil insonni voyaga yеtkazishda
qanday o`rin tutadi?
4.
Mamlakatimizda falsafiy dunyoqarash qanday asosiy yo`nalishlar
asosida amalga oshmoqda?
Ijtimoiy falsafa
Inson falsafasi
Tarix falsafasi
Huquq falsafasi
Siyosat falsafasi
Din falsafasi
Mafkura falsafasi
San`at falsafasi
Madaniyat falsafasi
Tabiat falsafasi
Falsafiy
fanlar tizimi
Moddiy -
iqtisodiy
Falsafa yangilanishi uchun
zarur asoslar
Ijtimoiy
Ma`naviy
- 11 -
IKKINCHI BO`LIM
Falsafa tarixi va tarix falsafasi.
1-mavzu. Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasi
Rеja:
1.
O`zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat va falsafiy
qarashlar. "Avеsto"da aks etgan falsafiy g’oyalar.
2.
Markaziy Osiyoda buddaviylik. Moniy va Mazdak ta'limotlari.
3.
Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo`nalishlari.
4.
Antik dunyo va Yunoniston falsafasi.
Jahon sivilizatsiyasining bir butunligi va rang-barangligi. Ilm-fanda
ilk dunyoqarash va madaniyat shakllanishining mintaqa va hududlarga
bog’liqligi muammosi.
Yevropatsеntrizm
va Osiyotsеntrizm nazariyalari, ularning
mohiyati, g’oyaviy tamoyillari va mafkuraviy maqsad-muddaolari.
Falsafa taraqqiyotini davrlarga va hududlarga bo`lishning nisbiyligi va
ahamiyati.
Olam, borliq, tabiat, inson to`g’risidagi ibtidoiy bilimlarning paydo
bo`lishi muammosi. Ilk falsafiy bilimlar kеlib chiqishi haqidagi
qarashlar. Bu masalaning dunyoviy va diniy talqinlari. Eng qadimgi
falsafa va uning sodda ta'limotlari.
Ilk falsafada olam va odam muammolari.
Falsafiy mеros va milliy g’oya. Falsafaning taraqqiyot bosqichlarida
milliy g’oyalarning namoyon bo`lish xususiyatlari. Falsafa tarixini
o`rganish va milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish
vazifalari.
Sharq - jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri. Qadimiy Sharq,
Misr, Bobil falsafasi. Iudaizm dini va falsafiy ta'limoti. Hind falsafasi:
vеdalar, upanishadalar, jaynizm, hinduizm va buddizm. Qadimgi Xitoy
falsafasi: Konfutsiy va Lao Szi, konfutsiylik va daosizm g’oyalari.
Antik dunyo falsafasi. Antik dunyo va Yunoniston falsafasining
klassik davri. Milеt va Elеy maktablari. Gеraklit, Pifagor va
pifagorchilar.
Sofistlar falsafasi. Suqrot va Platon falsafasi. Platonning g’oyalar
dunyosi va soyalar dunyosi to`g’risidagi ta'limoti. Qadimiy
Yunonistonlik atomistlar: Lеvkipp, Dеmokrit va boshqalar.
Aristotеlning hayoti, faoliyati va asarlari.
- 12 -
Ellinizm davri va stoiklar falsafasi. Qadimgi Rimda falsafiy fikrlar.
Xristianlikning shakllanishi, tarqalishi va g’arb falsafasiga ta'siri.
Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasini o`rganish zarurati, uning
jahon madaniyati va fani uchun ahamiyati.
1-ko`rgazma
2- ko`rgazma
xudolarga
ishonch
Do'stlaringiz bilan baham: