OLTINCHI BO`LIM.
IJTIMOIY FALSAFA.
1-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi
Reja:
1. Jamiyat tushunchasining mohiyati va mazmuni. Jamiyat
to`g’risidagi nazariyalar.
2. Taraqqiyotning o`zbek modeli va sivilizatsiyalashgan jamiyatni
barpo etish hamda barkamol insonni shakllantirish vazifalari.
3. Inson - falsafaning bosh mavzusi. Inson, shaxs va individ
tushunchalari.
4. Antropologiya - inson to`g’risidagi fan. Uning falsafiy
muammolari. Insonning jamiyatdagi o`rni.
"Jamiyat" tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va
taraqqiyoti qonunlari. Jamiyat - insoniyatning umumiy oilasi. Jamiyat
mavjudligining moddiy va ma`naviy omillari. Jamiyat taraqqiyotining
turli xil nazariyalari. Jamiyat rivojida tadrijiylik va vorislik. Jamiyat
tarixi va taraqqiyotiga sinfiy qarash hamda ijtimoiy ziddiyatlarni
mutlaqlashtirishning zarari.
Taraqqiyotning
o`zbek
modeli-jamiyat
rivojining
tadrijiy
rivojlanish konsepsiyasi. Uning asosiy tamoyillari, milliy va planetar
ahamiyati, iqtisod va ma`naviyat. Iqtisodiy rivojlanishning ma`naviy
taraqqiyotga bog’liqligi. Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga
joriy etish vazifalari. Iqtisodni boshqarish va mafkuraviy jarayonlar.
Jamiyat falsafasi va taraqqiyotning o`zbek modelini o`rganishning
ahamiyati. Yosh avlodda ijtimoiy-falsafiy bilimlarni shakllantirish va
taraqqiyotimizning tamoyillari to`g’risida ilmiy xulosalar xosil qilish
zarurati.
Inson olamning tarkibiy qismi. Odam, inson, individ va shaxs
tushunchalari. Inson tarixning yaratuvchisi va eng ulug’ ijtimoiy
qadriyat. Antropologiya - inson to`g’risidagi fan. Insonning jamiyatdagi
- 38 -
o`rnini zamonaviy talqinlari. Insonning tabiati va mohiyati. Inson
mavjudligi: tana (jism) va ruh (ma`naviyat uyg’unligi). Inson borlig’i:
tabiiy jonzot, biologik zot, ijtimoiy vujud. Insonning ma`naviy - ruhiy
olami. Shaxsning tabiiy, ijtimoiy va ma`naviy - psixologik xususiyatlari.
Maqsad va manfaatlar inson borlig’ining tamoyillari sifatida.
Mustaqil O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish, inson qadri va
erkinliklari. Inson manfaatlari, uning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari.
Islohotlar - inson manfaatlarini ko`zlab amalga oshirilayotgan jarayon.
Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ijtimoiy himoya qilish tamoyili.
Inson muammosini o`rganishning tarbiyaviy zarurati va ahamiyati.
O`zbekistonda ozod Vatan va erkin hayot qurish vazifalarining yoshlar
ma`naviy kamoloti bilan uyg’unligini ta`minlash - zamonaviy ta`lim-
tarbiya ishining mezoni sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |