2. Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini
tezlashtirish.
Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma
fondlar hamda aylanma mablag‘lar bilan uzviy
bog‘liqligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Muomaladaga ishlab chiqarish fondlarining
yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma
mablag‘lar 2ta fondni o‘z ichiga oladi: -aylanma
fondlar; - muomala fondlari. Aylanma fondlar, o‘z
navbatida ishlab chiqarish jamg‘armasi,
tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr
xarajatlari va omborlardagi tayyor mahmulotlardan
iborat bo‘ladi. Muomala fondlariga jo‘natishga
yuklangan mahsulotlar va banklardagi pul
mablag‘lari kiritiladi. Korxonaning aylanma
mablag‘lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Chunki ular ishlab
chiqarish jarayoning uzluksizligiga sharoit yaratib
beradilar. Agarda sanoat korxonalarining aylanma
mablag‘lari kamayib ketsa, ular bankrotlikka yuz
tutadilar Aylanma tuzilmalarni rejalashtirish va
boshqarishning hozirgi paytdagi amaliyotida ushbu
mablag‘larning tarkibi va tuzilmasini baholash va
tahlil qilishga, shuningdek, ularning funksional roli
va harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma
ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma
mablag‘larining eng faol qismi bo‘lsa, muomala
fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok
etmaydi hamda yangi iste’mol qiymatini
yaratmaydi. Bu erda umumiy qoida shundayki,
aylanma mablag‘lar doimo aylanishda bo‘lishi zarur
- ularning samaradorligi va korxona iqtisodiyotiga
ta’siri aynan shunda ko‘zga tashlanadi. Aylanma
ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma
mablag‘larining asosiy va salmoqli qismi sifatida o‘z
tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
ishlab
chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida
ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan
hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar,
yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar,
butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari,
asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar,
yoqilg‘i-moylash materiallaridan tashkil topuvchi
mehnat predmetlari;
tugallanmagan ishlab
chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida
foydalanishga topshirilgan hamda ishlov berish va
yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish
jarayoni to‘liq tugallanmagan hamda ushbu
korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan
mehnat predmetlari;
kelgusi davr xarajatlari - ayni
paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi
mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi
mahsulotlarni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari
(masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish,
mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va
loyihalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar va
boshqalar). Aylanma ishlab chiqarish fondlari
alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi
foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar
aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini
tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va
muomala fondlari o‘rtasidagi xuddi shunday
foizlardagi munosabatlar korxona aylanma
mablag‘larining tuzilmasi deb ataladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning
aylanma mablag‘lari ishlab chiqarishning texnologik
tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq
qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi,
ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya
qilish sharoitlari va shu kabilar bilan izohlanadi.
Aylanma mablag‘lar tuzilmasining tarmoqlar
bo‘yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |