Kurs ishining obe’kti va predmeti. Mazkur tadqiqot ishining tadqiqot ob’eti sifatida, Farg’ona vodisi tabiiy resurslari, tabiat –xo’jalik majmualari tanlangan. Shunga muvofiq, viloyatlar tabiiy resurslaridan nooqilona foydalanishning ekologik-iqtisodiy jihatlarini tadqiq qilish va tabiatdan oqilona foydalanish barqaror ekologik-iqtisodiy rivojalnish asosi ekanligi bilan bog’liq muammolarni aniqlash tadqiqot ishining predmetini belgilaydi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Asosiy maqsad – O’zbekistonning tabiiy resurslaridan foydalanishning ekologik-iqtisodiy jihatlarini tadqiq qilish asosida uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun ishda quyidagi vazifalar belgilandi va hal etildi:
Viloyat tabiiy boyliklaridan foydalanishning ekologik-iqtisodiy jihatlarining nazariy masalalarini o’rganish;
Namangan viloyati tabiati va uning resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish;
Tabiiy sharoit va resurslardan foydalanishning hozirgi holati va imkoniyatlarini o’rganish, ulardan oqilona foydalanish uchun ilmiy tavsiyalar tayyorlash;
Tabiatdan ekologik-iqtisodiy asoslangan holda foydalanish strategiyasini ishlab chiqish;
Tabiatdan oqilona foydalanish barqaror ekologik-iqtisodiy rivojlanish negizi ekanligini isbotlash va h.k.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu tadqiqot ishi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Jami 36 sahifa bo’lib, shundan bevosita matn qismi 31 bet. SHu bilan birga 3 karta-chizma va 1 ta jadval berilgan, foydalanilgan adabiyotlar 15 manbadan iborat.
I-BOB: O’ZBEKISTONNING TABIIY RESURS SALOHIYATI, ULARDAN OQILONA FOYDALANISH, MUHOFAZA QILISH VA TAKROR ISHLAB CHIQARISH
1.1 «Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» tushunchalarining mazmuni va mohiyati.
«Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» keng qo’llaniladigan tushunchalar qatoriga kiradi.
«Tabiiy sharoit» - biron bir ob’ektga aloqador bo’lgan tabiatning barcha jihatlarini o’ziga qamrab olgan bo’lib, juda keng ma’noga ega tushuncha. Mantiqiy yondashuv sharoit nimaga taalluqli ekanligini aniq ko’rsatilishini, ya’ni «sanoatni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «dehqonchilikni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «temir yo’l qurilishining tabiiy sharoti», «inson hayotiy faoliyatining tabiiy sharoiti» va h.k. tarzda ifodalashni talab qiladi. Demak, «tabiiy sharoit» tushunchasini insonni qandaydir faoliyati bilan uzviy bog’liq holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
«Tabiiy resurslar» tushunchasi «tabiiy sharoit» tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega bo’lib, u tabiat bilan inson faoliyati o’rtasidagi aloqani bevosita ifodalaydi.
«Tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar» tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir. Shu bilan birga tabiatning moddiy elementlari bo’lgan «tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar»ning shakllanishi, o’zgarishi va joylashishi tabiat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshadi.
Inson hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi tabiat elementlari ikki asosiy guruhga: moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi (tabiiy resurslar) va qolgan barcha (tabiiy sharoit) elementlarga bo’linadi. Aniqroq qilb aytganda, «tabiiy sharoit»ga tabiatning barcha elementlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |