“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Borliq tushunchasi va uning mohiyati



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Borliq tushunchasi va uning mohiyati. 
Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, 
harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya 
va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq 
muammolari o‘rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.O‘quv kurslarida asosiy falsafiy 
muammolarni o‘rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning 
alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir 
masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha 
narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri 
ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga ega bo‘lib («ontos» –«borliq», «logos» – «so‘z», 
«ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o‘rin 
egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida 
ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, 
aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin 
ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy 
dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy 
muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi. 
«Borliq» kategoriyasi. 
Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil 
etadigan ko‘p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni 
egallaydi. CHunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim 
xususiyatini, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta’sirga 
kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk 


urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy 
xossasidir. 
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z 
dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan 
to‘qnash keladi: 
1. «Men kimman?» 
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?» 
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?» 
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi, avvalo, o‘zi nima bilan 
bevosita ish ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi 
mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi 
o‘zini qurshagan barcha narsalar, avvalo, mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch 
hosil qiladi. 
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va 
ma’naviy predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa, borliq 
avvalo, mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‘q, chunki 
borliq tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap 
shundaki, borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki 
mavjudlikka nisbatan umumiyrok va kengroq mazmunga ega bo‘lgan reallikni bildiradi.
 
БОР
ЛИҚ
Са
мо
Инс
он
Жам
ият
Кои
нот
Таб
иат
Сайёр
алар
Ҳайв
онот 
дунёс
и
Ер


Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk 
urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar 
mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq 
uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifo logiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» 
haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga 
yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga 
urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati 
bilan to‘qnash kelganlar: 
• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? 
• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? 
• unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi? 
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning 
etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta’lim oluvchilar 
tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo‘lishlari lozimligini hisobga olib, bu erda faqat falsafiy 
tafakkur tarixiga qisqacha to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim 
bosqichlarinigina qayd etamiz. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish