Agentlikka, shuningdek, quyidagi bir qator huquqlar berildi:
• byudjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat
xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan
bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;
• jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib
chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha choralar ko‘rish;
• korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;
• ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor
shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish
yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarnikiritish.
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib
chiqilishi
va
natijalari
yuzasidan
yozma
axborot
berilishi
shart.
O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga
muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Farmonga ko‘ra, agentlik
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va
amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi
va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.
Farmon bilan agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Jumladan, agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi.
Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga va
xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi.
Shuningdek, agentlikka quyidagi bir qator huquqlar berildi:
•
budjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat
xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan
bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;
•
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib
chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha choralar ko‘rish;
•
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;
•
ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari
qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor
qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish.
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib
chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
Eslatib
o‘tamiz,
Shavkat
Mirziyoyev
2020-yil
24-yanvarda
Oliy
Majlisga
yo‘llagan murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini
olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ
tuzishni taklif qilgan edi. 2020-yilning 11-fevralida mazkur organni tashkil etish masalalari
bo‘yicha Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.
Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri
ham aynan korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda
bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdan iboratdir.
Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tizimga
aloqador sohalarda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir
etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib
qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot
tadbirlari o‘tkazilmoqda.
2020yil 12 - dekabr kuni vazirlik tizimidagi tashkilotlar, hududiy transport boshqarmalari
vakillari ishtirokida "Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini
olish" mavzusida videokonferensiya aloqa shaklida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi
kurashish agentligi, Hisob palatasidan vakillar ishtirok etishdi.
2020-yilda, COVID-19 pandemiyasi jahonning boshqa davlatlari singari O'zbekistonda
ham vujudga keltirgan sog'liqni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi muammolarning ko'pligi
inobatga olinsa, korrupsiyaga qarshi kuchli vositalar va mexanizmlarning mavjudligi har
qachongidan ham muhimroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |