“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari. 
Faoliyatni tartibga solishning umumiy 
mexanizmlari qatoriga insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimini to‘la 
qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat qiladigan rang-barang ijtimoiy qadriyatlar 
va me’yorlarni kiritish lozim. Xulq-atvor, odatlar va an’analarning ijtimoiy-madaniy me’yorlari, 
qoidalarining mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini tartibga solish omili hisoblanadi. 
Me’yorlar muayyan sharoitda odamlar o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi va inson 
faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning moslashuvini 
ta’minlaydi, ijtimoiy jarayonning uzluksizligini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, 
ijtimoiy mustahkamlash usullari va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra me’yorlar har xil bo‘ladi. 
Faoliyat maqsadlari, vositalari va usullarini qat’iy belgilovchi qoidalarning butun bir 
turkumi mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy amaliyotda yaratilgan narsalar dunyosini va odamlar 
o‘rtasidagi munosabatlar dunyosini o‘zgartirish usullarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bular 
standartlar – muayyan ishni bajarishda qat’iy rioya qilish lozim bo‘lgan sifat, shakl va 
o‘lchamning qat’iy belgilangan namunasi; qoidalar – tegishli holatlarda qanday ish ko‘rish 
lozimligini belgilovchi ko‘rsatmalar; etalonlar – faoliyatda mo‘ljal sifatida foydalanish lozim 
bo‘lgan qat’iy belgilangan, standartlashtirilgan qadriyatlardir. 
Inson faoliyatini tartibga solishni ta’minlovchi ijtimoiy me’yorlar tizimida huquq 
normalari va axloq me’yorlari alohida o‘rin egallaydi. 
Huquq va axloq
. Huquq – davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga 
tayanadigan xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq ham jamoatchilik fikri, ya’ni 
qilmishni ma’qullash yoki qoralash bilan mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir. 
Axloq va huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazmuni, 
normativ talablarni mustahkamlash usullari, ularning shaxs xulq-atvoriga samarali ta’siri 
darajasiga ko‘ra ajralib turadi. Axloq va huquq normalarining mazmuni o‘rtasida jiddiy farq 
mavjud emas. Masalan, «o‘g‘rilik qilma» – bu ham axloqiy qoida, ham huquq normasidir. 
Ammo huquq normalari o‘z tartibga solish doirasi bilan axloq me’yorlari bilan tartibga solina- 
digan ijtimoiy munosabatlarning ulkan hajmini to‘la qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy 
munosabatlar sohasida huquq ota-onaga o‘z farzandlarini tarbiyalash majburiyatini yuklaydi, 
lekin ota-onani bir-birini sevish, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishga majburlamaydi. Huquq va axloq 
o‘rtasidagi farqni ular ko‘rsatadigan ta’sirning samaradorlik darajasida ham ko‘rish mumkin. 
Bizning nazarimizda, davlat majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda 
42
Бэкон Ф. Новый Органон. Афоризмы об истолковании природы и царства человека: Соч.:в 2 т. Т. 2. –М.: 1978 
г. с. 12. 


samaraliroqdir. Ammo, muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me’yorlar nufuzi 
qarshisida ojiz bo‘lishi mumkin. Bu hol, shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni bilan, 
muayyan inson qaysi axloqiy qadriyatlarga tayanishi, shuningdek, u yashaydigan muhit, ya’ni 
individ fikrini qadrlaydigan referent guruhning qandayligi bilan belgilanadi. Shu sababli axloqiy 
yo‘l tanlashda ayrim inson uchun ishlab chiqarish jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining 
nufuzi muhim ahamiyat kasb etishi mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy 
guruh a’zolarining fikri ustunlik qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, axloq 
jamoatchilik fikriga tayanadi. 
Ammo, inson xulq-atvoriga baho berish juda mushkul ish, chunki uning zamirida muayyan 
sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, ob’ektiv oqibatlarga olib keladi va maqsadga 
erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda tutadi. Jamoatchilik fikri shaxs xulq-
atvoriga baho berishda ijtimoiy mustahkamlangan axloq me’yorlariga amal qiladi, shaxs esa 
axloq haqidagi o‘z tasavvurlaridan kelib chiqadiki, ular umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan 
ancha farq qilishi mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq solsa, 
boshqa bir individ umumiy qabul qilingan axloqiy tasavvurlarga qarab mo‘ljal oladi, ya’ni «har 
qanday vijdonli odam» kabi ish ko‘radi. Birinchi yoki ikkinchi individning qilmishini axloqiy 
deb hisoblash mumkinmi? Agar birinchi individ vijdonining ovozi umuminsoniy axloqiy tamo 
yillarga mos kelsa, uning qilmishiga axloqiy jihatdan shubhali, murosasoz va qo‘rqoq shaxs, 
chunki uning qilmishi jamoatchilikning qoralashidan qo‘rqish bilan izohlanadi. Sirtdan 
belgilangan qilmish axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va jamoatchilik fikri yoki Tangri 
la’natidan qo‘rqish emas, balki shaxsning ichki mayli axloqiy qilmishning muhim belgisi 
hisoblanadi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish