“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


va ularning xususiyatlari



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

va ularning xususiyatlari. 


Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola 
oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo’lgan 
ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son, belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. 
Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, 
ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik jarayonni - 
xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan-
kechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog’liq: 
esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; 
shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga 
moyilligiga; 
shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga; 
shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; 
irodaviy kuchi va intilishlariga. 
44-rasm 
Psixologik ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, 
xotira - barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim 
tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson 
shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va 
ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning 
o’ziga 
xos 
xususiyatlari, 
xossalari, 
mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda 
ma’lumot berish imkoniyatiga ega. 
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham muhim muammo. 
Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin 
kerak bo’lgan vaqtda uni esga tushira olmaymiz.
Psixolog sifatida shuni ta’kidlash lozimki, xotira bu – doimiy va o‘zgaruvchan hamda 
saqlangan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Xotira ustidagi izlanishlar uning qanday ishlashini 
tushunishimizga yordam beradi. Masalan 92 yoshli qariya insult bilan kasallangandan so‘ng u 
oldingidek harakatlana olardi. U oilaviy albomlarni ko‘rganda qarindoshlarini eslay oladi, 
ammo, kundalik yangi suhbatlarni va hatto haftaning qaysi kuni ekanligini eslay olmaydi. U 
har safar yangiliklarni eshitganda ta’sirlanadi va pochchasining o‘limini tez-tez eslaydi. Buning 
aksi o‘laroq Xotira Olimpiadasida medallar sovrindori rus jurnalisti SHereshevskiy boshqa 
jurnalistlar intervyularni qayd qilsa, u shunchaki tinglardi. Balki biz 7 yoki 9 tagacha bo‘lgan 


raqamlarni takrorlay olarmiz ammo Shereshevskiy 70 tagacha bo‘lgan raqamlarni 3 soniya 
ichida takrorlay oladi. Bundan tashqari, u raqamlarni orqadan oldiniga ham osonlik bilan aytib 
bera oladi. Hatto u yuzlab ro‘yxatlar orasidan 15 yil oldingi ro‘yxatni ham aniq aytib bera 
olgan. U shunday boshlagan: “Biz stol atrofida o‘tirgan edik, siz kursida kulrang kastyum 
kiygan holda o‘tirgan edingiz va menga mana bunday holatda qarayotgan edingiz”.
90
 
Ajablanarli holat shunday emasmi? Siz ham imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishingiz 
mumkin. Atrofda turli tovushlar, qo‘shiqlar, yuzlar, ko‘rinishlar, turli joylar, turli ta’m va hidlar 
mavjud. Tasavvur qiling, siz 2500 ta yuzlar va joylarni har biriga 10 soniyadan vaqt ajratib 
ko‘rdingiz. Keyinroq esa oldingisiga o‘xshamagan boshqa 280 ta yuzlar va joylarga e’tibor 
bering. Ralf Xaberning axborotiga ko‘ra siz 90% oldingilarini eslab qolasiz. Keyingi tajriba
tasavvur qiling, siz oldin shakli aniq bo‘lmagan, har tomonlarga chizilgan rasmni ko‘rdingiz, 
so‘ngra shakli aniq bo‘lgan to‘liq rasmni ko‘rdingiz. 
David Mitchellning tadqiqotlariga ko‘ra to‘liq ob’ektlarni ko‘rish va eslab qolish 
noaniqlariga nisbatan oson va tez. Xotira tadqiqotchilari 1 asrdan ko‘proq vaqtdan buyon 
quyidagi savollarga javob izlamoqda: Qanday qilib biz xotira yutuqlariga erishishimiz mumkin? 
Nima uchun biz, hatto, bir daqiqa oldin uchrashgan insonimizning ismini unutib qo‘yamiz? 
Xotiralar miyada qanday saqlanadi? Nima uchun ayrim narsalarni tez unutamiz ammo alamli, 
istalmagan hodisalarni unutishimiz qiyin? Qanday qilib bir hodisa ikki shaxsning xotirasida
turlicha qoladi? Xotiramiz imkoniyatlarini qanday o‘stirishimiz mumkin?
91
 
Insonlarni o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak bo‘ladi. Bular: 
eshitish, ko‘rish va harakat xotiralar. Bular miyaga kirayotgan xabarning turiga bog‘liq. 
Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida 
xotiraga joylashadi. Doktor Medina fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan 
axborot qabul qilish bo‘yicha mavjud sezgidir. 
Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm berilgan va 
so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlarni berib ularni ajratish topshirilgan. 99% 
aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% 
o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% 
suhbatlashganda, 90% bajarayotganda eslab qolingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni 
hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz. O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. 
Har bir odamda ma’lum usullarning majmui mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha 
o‘rganish mumkin.
92
 
90
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 329-b.

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish