“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Har bir fuqaro o‘z tinchligi va Vatani uchun ogoh bo‘lmog‘i lozim. Zero, Fitrat aytganidek,  «avval Vatan, keyin jon», demakdir



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

 
Har bir fuqaro o‘z tinchligi va Vatani uchun ogoh bo‘lmog‘i lozim. Zero, Fitrat aytganidek, 
«avval Vatan, keyin jon», demakdir.
 
Har bir inson shubhasizki, o‘z uyining tinchligi va saodati yo‘lida tinmay harakat qiladi. 
Ana shu muqaddas tuyg‘uni endi Vatanni saqlashga safabar qilishimiz lozimdir. 
 
Ushbu o‘rinda mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan mahalla, aholining o‘z-o‘zini boshqarish 
organlarining rolini kuchaytirish kerak, deb o‘ylaymiz.
 
90-yillarning boshlarida O‘zbekiston Respublikasida “Hizb at-tahrir”, “Akromiylar”, 
“Tablig‘”, “Uzun soqollilar”, “Vahhobiylar”, “Adolat uyushmasi”, “Islom lashkarlari”, “Tavba”, 
“Nurchilar”, shuningdek, boshqa dinlarni o‘ziga niqob qilib olgan missionerlar “Avliyo Ota 
Munning qo‘shilgan cherkovi”, “Satanistlar”, “Iegova shohidlari” kabi turli nomlar bilan atalgan 
o‘ndan ortiq diniy-siyosiy ekstremistik oqimlar va harakatlar g‘ayriqonuniy faoliyat ko‘rsatishga 
uringan edi. 


Jumladan, 1991 yil dekabridagi Namangan voqealari, 1999 martda Xorazm va Buxoro 
viloyatlari hamda boshqa shaharlarda amalga oshirilgan terroristik aktlarni misol qilib keltirish 
mumkin. 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari 
oqibatida 16 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan, 130 nafar shaxs turli darajadagi tan jarohati 
olgan, 700 mln. so‘mdan ortiq miqdorda moddiy zarar etkazilgan, 50 dan ziyod ma’muriy va uy-
joy binolari zararlangan. 
 
2004 yil 29 martda Toshkent shahrida va Buxoro viloyatining Romitan tumanida, 2004 yil 
30 martda Toshkent viloyati Qibray tumanida, 2004 yil 1 aprelda Buxoro viloyatining Romitan 
tumanida, 2004 yil 30 iyulda Toshkent shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida 38 
nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan. 2005 yil 13 mayda Andijonda sodir etilgan terrorchilik 
oqibatida 169 kishi halok bo‘lgan, qurolli hujum davomida terrorchilar 305 dona qurol-aslahani, 
shu jumladan 205 ta avtomat va 100 ta to‘pponcha, 231 ta granata va qurollarni qo‘lga kiritgan, 
shuningdek, ular jazoni ijro etish muassasalaridan qariyb 600 nafar mahbusni chiqarib yuborgan. 
Olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari, samarali tashkil etilgan tergov jarayonlari natijasi 
o‘laroq diniy ekstremistik harakatlarning faoliyatiga o‘z vaqtida barham berildi.
 
Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan hech qaysi davlat, jumladan, eng 
rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. So‘nggi paytda dunyoning turli mamlakatlarida, 
xususan, Fransiya, Turkiya, Belgiyada yuz bergan voqealarni kuzatar ekanmiz, keskinlik va 
xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga 
qaratilgan kurash, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani 
bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni 
aniqlash va ularni bartaraf etish, terrorizm va diniy ekstremizm ko‘rinishidagi jinoyatlar sodir 
etilishining oldini olish naqadar dolzarb ekanligi ma’lum bo‘ladi.
 
O‘tgan yillar davomida insoniyat tinchligi va xavfsizligiga, insonlarning hayoti va 
sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan bir necha o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan ISHID 2013 yili 
Suriyadagi fuqarolar urushi davrida diniy ekstremistik g‘oyalarga asoslangan terrorchi tashkilot 
sifatida namoyon bo‘ldi. Uning bosh qarorgohi Suriyaning Raqqa shahrida, Iroqdagi markazi esa 
Baquba shahrida joylashgan edi. 2013 yilda “Iroq islom davlati” va “al-Qoida”ning Suriya 
hududlarida faoliyat yuritayotgan “Jabha an-Nusra” guruhlari birlashishi natijasida “Iroq va 
SHom islom davlati” tashkiloti tuzildi. ISHID eng ashaddiy terrorchi jinoiy tashkilot bo‘lib, 
uning tarkibida o‘tgan yillar mobaynida 100 mingga yaqin jangari faoliyat yuritdi. Ularning 
aksariyati diniy savodi etarli bo‘lmagan hamda diniy ekstremistik g‘oyalarga xayrixoh xorijiy 
fuqarolardan iborat edi. 2014 yilning 29 iyunida o‘zlari nazoratlari ostidagi hududda “Islom 
xalifaligi” tuzilganligini e’lon qilgan ISHID (Iroq va SHom islom davlati) islom dinidan niqob 


sifatida foydalanib, siyosiy va boshqa maqsadlarda turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etdi. 
Aynan ISHID terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar sodir etgan diniy 
ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir. Terrorchi va diniy ekstremistik guruhlardan tashkil 
topgan mazkur jinoiy tashkilot o‘z g‘oyalariga ergashmagan insonlarni ommaviy ravishda 
o‘ldirib, aholi punktlarida hamda jamoat joylarida jangarilar tomonidan o‘z joniga qasd qilish 
yo‘li bilan o‘zini portlatib, tinchlik va xavfsizlikka, insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi o‘ta 
og‘ir jinoyatlarni sodir etdilar. Birgina 2013 yilda ISHID Iroq hududida 10 mingdan ziyod 
terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush terrorchilar esa 80 ga yaqin portlatishni amalga 
oshirgan. ISHID tashkiloti bugun ham butunlay tugatilmagan.
 
Mafkuraviy poligonlarda borayotgan kishilarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan 
optimal darajadagi keskin kurashlar ketayotgan sharoitda diniy ekstremizm va terrorizm 
mintaqamiz hamda xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan o‘ta og‘ir jinoiy 
hodisalardandir.
 
Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishni samarali 
tashkil etish ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyati, kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari, 
rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy kelajagi haqida chuqur ilmiy asoslangan bilimga ega 
bo‘lishni taqozo qiladi.
 
Terrorizm – terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat bo‘lib, bir necha asrlar oldin 
shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrashi mumkin bo‘lgan 
murakkab hodisa hisoblanadi. U xalqaro munosabatlarni chigallashtirish, suverenitet va hududiy 
yaxlitlikni buzish, davlatlarning xavfsizligiga rahna solish, urush va qurolli to‘qnashuvlar keltirib 
chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish yoki qasos olish 
maqsadida jismoniy yoki yuridik shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga 
oshirishdan tiyilishga majburlash uchun qilmish ko‘rinishida yoki uni amalga oshirish bilan 
qo‘rqitish tarzida oshkora sodir etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf tug‘diradigan harakatdir.

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish