iqtisodiy ong, iqtisodiy
tafakkur
va
iqtisodiy xulqdir
. Bu kategoriyalarning
mutanosibligi, bir-biriga munosabatlarini aniq
faoliyat hamda ishlab chiqarish jarayonlarida
namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganish katta
amaliy ahamiyatga egadir.
Dastlab iqtisodiy psixologiya muammolari psixologiya va iqtisodiyot o’rtasida
mujassamlangan
. J.Katona aytishicha: “Biz iqtisodiy jarayonlarni insonning xulq-atvori
namoyon bo’lishi sifatida ko’rib chiqamiz va uni zamonaviy psixologiya fani nuqtai nazaridan
103
Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 547.
104
Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 548.
tahlil qilamiz”.
105
J.Katona iqtisodiy xulq-atvorning psixologik jihatlarini empirik tadqiq etishning birinchi
loyihasini taklif etdi. Ushbu loyihaning qismlaridan biri iqtisodiyot va insonlar psixologiyasi
o’rtasidagi munosabatlarni tushunishdir. Bunda J.Katona allaqanday “barcha zamonaviy
psixolog olimlar o’rtasida fundamental kelishuv”ga ishora qilgan holda turli psixologik
yondashuvlar o’rtasidagi jiddiy farqlardan asbstraktlanish tendensiyasini ko’zda tutgan. Bu
o’sha paytlar psixologiyada keng tarqalgan lingvistik bixeviorizmning bir qismi bo’lib, unda
nazorat qilinayotgan xulq-atvor kuzatuvi asosida oraliq psixologik o’zgaruvchilar o’rtasidagi
o’zaro aloqalar tadqiq etiladi.
106
“Iqtisodiy psixologiyaning asoschisi” bo’lgan J.Katonaning ta’kidlashicha, iqtisodiyot va
shaxs psixologiyasi o’rtasida yaqqol aloqa mavjud. “Obyektiv” iqtisodiy sharoitlar individ xulq-
avtoriga ta’sir ko’rsatsa-da, biroq ular subyektiv iqtisodiy qarashlar orqali bilvosita ifodalanadi.
Shu sababli, iqtisodiyotning qaysi yo’nalishda ketayotganligini, kelajakda u rivojlanadimi
yoki pasayib ketadimi, hech kim oldindan aytib bera olmaydi. Insonlar esa, o’z jamg’armalarini
saqlash yoki sarflash masalasini hal etishlari lozim bo’ladi. Bunday sharoitlarda jamoatchilik
fikri iqtisodiyot ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega omil hisoblanadi. Agar insonlarning kichik
bir guruhi mablag’larni sarflash yoki saqlab turish muammosini hal qilish vaqtida o’z xulq-
atvorlarini o’zgartiradigan bo’lsalar, ularning bu qarori “investisiyalar uchun ochiq pul hajmi”
kabi makroiqtisodiy omilga bevosita ta’sirini ko’rsatadi.
J.Katona tomonidan fanga kiritilgan shu va shunga o’xshash boshqa mulohazalarida qayd
etilgan iqtisodiy psixologiya dasturi hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. U har
qanday nazariy va metodologik nuqtai nazardan tahlil etilganda, obyektiv va subyektiv qarashlar
o’rtasida aniq iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik chegaralarni nazarda tutadi.
J.Katonaning fikriga ko’ra, ijtimoiy-psixologik jarayonlar omma yoki guruhlar darajasida
emas, balki har bir shaxs darajasida amal qiladi. Iqtisodiy xulq-atvor har bir shaxsning xulq-
atvori va qabul qilish yig’indisi sifatida tushuniladi. Bunday tasavvur o’z navbatida, iste’mol
borasida olib borilgan tadqiqotlarda qaror qabul qilishning roli alohida ekanligini ta’kidlab
o’tadi.
107
Iqtisodiy psixologiya yoki iqtisodiyotning psixologik jihatlarini tadqiq etish istiqbolli ilmiy
izlanishlar maydonidir. Iqtisodiy psixologlar iqtisodiyotning hayotiy talqini; iqtisodiy qarorlar
asosida yotuvchi omillar; shaxsiy, aynan, bir xillik va ommaviy iste’mol o’rtasidagi
munosabatlar kabi mavzular bilan qiziqadilar.
105
Katona G. Psychological Economics. – L.: Oxford; Amsterdam: Elsevier, 1997. 19-b.
106
Katona G. Psychological Economics. – L.: Oxford; Amsterdam: Elsevier, 1997. 27-b.
107
Katona G. Psychological Economics. – L.: Oxford; Amsterdam: Elsevier, 1997. 34-b.
Amaliy iqtisodiyotda muqobil yondashuv o’z oldiga iqtisodiy psixologiya muammolari
bilan ishlash uchun ayrim psixologik nazariyalarni jalb qilishni maqsad qilib qo’yadi. Bu yerda,
asosan,
Do'stlaringiz bilan baham: |