Asosiy sifatlar
Holerik
Sangvinik
G`legmatik
Melanholik
Senzitivlik
Past
Past
Past
Yuqori
Reaktivlik
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Past
Faollik
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Past
Reaktivlik va faollik Reaktiv, faol
Og`ir-vazmin
Faol va reaktiv Past faollik o`rta
reaktilik
Reaksiya turi
Tezlashgan
Tezlashgan
Sekinlashgan
Sekinlashgan
Plastiklik
-
+
-
-
Rigidlik
+
-
+
+
Ekstravertlik
+
+
-
-
Introvertlik
-
-
+
+
Emotsional
qo`zg`aluvchanlik
Yuqori
Yuqori
Past
Sekinlashgan
Inson asab tizimi bilan bog`liq individual sifatlarni bilish orqali, bevosita mehnat va
o`qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etish
mumkin. Asabga bog`liq bo`lgan tabiiy xususiyatlarni umuman o`zgarmas deb bo`lmaydi,
chunki tabiatda o`zgarmaydigan narsaning o`zi yo`q. V.S.Merlin temperamentning psixologik
tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo`lishini boshqarish masalasida ko`p ishlar
qilgan.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat
temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham bevosita bogliqdir.
56-rasm
Psixologik ma’lumotlarda
e’tirof etilishicha, irsiyat
va turmush sharoitlari ham
temperament tiplari
o`rtasidagi tafovutlarning
sababchisi bo`lishi
mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini ko`rib chiqamiz.
Sangvinik
- juda faol, qiziquvchan bo`lib, atrog`dagi narsalar, insonlar diqqatini tez jalb
etadi. U imo-ishoralarni ko`p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg`iyatini anglab olish qiyin
emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan,
toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatli bo`ladi, imtizomli, o`zini tiya biladi
va boshqara oladi. Uning xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql
idroki teran, qiziqishlari, kayg`iyati, intilishlari o`zgaruvchandir. Ko`nikma va malakalarni tez
egallaydi, ko`ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi, uning g`antaziyasi yuksak darajada
rivojlangan, tashqi ta’sirlarga xozirjavob.
Besabab xoholab kulish mumkin, arzimagan narsaga
qattiq jahlini chiqarish ko`zatiladi. Barcha narsa faollik va intilish bilan munosabat bildiradi.
Uning yo`zidan kayg`iyatini bilish mumkin. Diqqatini tez to`playdi. His-tuyg`uga beriluvchan.
Past ovoz va past yorug`lik qo`zg`atuvchilarni ilg`amaydi. Uzoqvaqt ishlab charchamasligi
mumkin, ishiga ishtiyoq bilan kirishadi. Tartib intizomli. Ekstravert. Fikrlar tezligi juda yuqori.
Odamlar bilan juda tez kirishadi, yangi odamlar, vaziyat, holatga tez ko`nikadi. Yig`lab turib,
kulib yuborish holatlari ko`zatiladi. Tez ishga kirishadi va tez sovishi mumkin. Bir yo`nalishda
uzoqishlay olmaydi. Va’da berib ba’zan bajaraolmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |