I. Fanlar
Aqliy fanlar:
1. Ilohiyot
2. Huquqshunoslik
3. Falsafa
4. Tarix
Tabiiyot fanlari:
5. Tabiatshunoslik tarixi
6. Tabiblik (tibbiyot)
7. Fizika
8. Kimyo
Aniq fanlar:
9. Matematika
II. San’at: 1. Mexanik san’at
2. Erkin san’at
3. So‘z san’ati
III. Filologiya: 1. Tilshunoslik
2. Poligrafiya
3. Tanqid
Bu sxemada fanlarning mantiqiy o‘zaro aloqasi bo‘limlarning joylashuvida aks ettirilgan: oxirgi «aqliy fanlar» tarix bo‘limi «tabiiyot fanlari» — tabiatshunoslik tarixining birinchi bo‘limiga o‘tish bo‘lib xizmat qiladi; matematika tabiiyot fanlari va aniq fanlardan «san’atlar»ning birinchi bo‘limiga — mexanik san’atga o‘tishdir. So‘z san’ati — oxirgi guruhga — tilshunoslik bilan boshlanadigan «filologiya»ga o‘tishdir. Fanlarning bunday tartibi birmuncha sun’iy tartibliligiga qaramasdan fan- lar keskin uzilishlarsiz bamisoli yaxlit bir butunni tashkil etadigan sxema tuzish g‘oyasi qiziqish uyg‘otadi. Klassifikatsiya sxemalarining an‘anaviy tuzilishdan chetga chiqish, chunonchi tibbiyot, tabiatshunoslik tarixi, fizika va boshqa fanlar- ning falsafadan ajratilishi ham diqqatga sazovordir.
XIX asr birinchi choragining oxirlarida Moskva universiteti kutubxonasining fondlari sistemalashtirilgan edi. Kutubxonaga rahbarlik qilgan professor F.F. Reyss o‘zi tuzgan klassifikatsiyani bu ishga asos qilib oldi. Reyss sxemasining mantiqiy strukturasini, garchi muallif so‘z boshida klassifikatsiyaning vazifalari va sistemali katalog haqida to‘g‘ri fikrlarni aytgan bo‘lsa-da, ilmiy sxema deb bo'lmaydi. F.F. Reyss «ikki tomga bolish» degan rasmiy prinsipini, ya’ni har bir tushunchani iz- chillik bilan ikkiga ajratishni klassifikatsiyaga asos qilib olgan edi. U hamma fan- larni «ilohiy va «bashariy» fanlarga bo‘ladi, «bashariy» fanlar yana «sezishga mo- yil bo‘lmagan fanlar»ga va «sezsa bo‘ladigan fanlar»ga bo‘linadi; «sezsa bo‘ladi- digan fanlar» «moddiy narsalar haqidagi» hamda «ilohiy narsalar haqida»gi fanlar- ni va boshqa fanlarni o‘z ichiga oladi. Bunday bo‘lishning sun’iyligi ko‘rinib turib di: u fanlarning ko‘p tomonlama aloqalarini hech bir ochib berolmaydi. Biroq bu sxemaning ijobiy tomonlari ham bor edi: u har xil turdagi nashrlar — lug'atlar o‘qish kitoblari, kartalar, jadvallar va boshqalar uchun ko‘p bo'linmalarga ega edi. Unda arab raqamlaridan va lotin hamda yunon alfavitlari harflaridan tuzilgan bos-
qichli indekslar sistemasi yaxshi ishlab chiqilgan edi. 1843 - yilga kelib «План расположения библиотеки..»ni tuzgan K.K. Foygt Qozon universiteti kutubxona- sida original klassifikatsiya sxemasini ishlab chiqqan edi.U o‘z sxemasining mu-qaddimasida rus va chet el klassifikatsiyalari eng muhim sxemalarining muntazam va tanqidiy obzorini bergan. K.K. Foygt sxemasining asosiy g‘oyasi — inson bi- limining yaxlitligidir. Muntazam sharhda ta’riflab berilgan bu to‘g‘ri fikr A.N.Ole- ninning fikriga nisbatan birmuncha chuqurroq va to‘laroq fikr bo‘lsa-da, afsuski, sxemada aniq aks ettirilmagan edi. K.K.Foygt fanlarni «insonning ehtiyojlariga qa- rab» ajratishni sxemaga asos qilib olgan edi. U insonning moddiy zaruratini belgi-
lovchi narsa deb bilib, asosiy bo'limlar sxemasini ishlab chiqdi; bu sxemada birin- chi o'rinni «oziq-ovqat» ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lgan «Sanoat» bo'limi olgan, so'ngra «Harbiy ish» («tashqi xavfsizlik» ehtiyoji) «Yurisprudensiya» («ichki xavf- sizlik» ehtiyoji) va hokazolar qo‘yilgan. Fanlarni «inson ruhining qobiliyatlariga qarab» ajratish qanchalik shartl i bo‘lsa, ularni «insonning ehtiyojlariga» qarab aj-
ratish ham shunchalik shartlidir. Masalan, K.K. Foygt tarixni «izzat-nafs» ehtiyoji bilan, tabiiyot fanlarini — «sinehkovlik» ehtiyoji bilan bog‘laydi; bu – Foygt fan- larining haqiqiy kelib chiqishini, kishilarning ijtimoiy praktikasi bilan ishlab chiqa- rish faoliyati a loqasini tushunmaganligidan dalolat beradi. XIX asrning birinchi yarmida klassifikatsiyaning kitob do'konlari bosma kataloglari uchun mo‘ljallan- mo‘ljallangan bibliografik sxemalari ham ishlab chiqildi. Bu davrdagi rus klassifi- katsiya sxemalarining ko‘pchiligiga xos xususiyat mazkur sxemalar mualliflarining «fakultet» va «fransuz» sistemalari qoidalaridan chetga chiqishga intilishlari edi;
«fakultet» va «fransuz» sistemalarida ilohiyot, albatta yetakchi o‘rinda turar, juda ko‘p mustaqil fanlar falsafaga kiritilar edi. Klassifikatsiya tuzilishining yangi for- malarini izlash, uning mantiqiy asosini belgilash XIX asr birinchi yarmidagi rus klassifikatsion fikrining dolzarbligini xarakterlab beradi. Bu intilishlar akademik K.E. Berning klassifikatsiyasida ifodalab berilgan bo‘lib, u Fanlar akademiyasining Peterburgdagi chet el bo‘limiga moljallangan edi1. K.E. Ber fanlarni ularning maz-muniga muvofiq ravishda dunyoning taraqqiy etish tarixini aks ettiradigan izchil- likda: anorganik tabiat haqidagi, organik tabiat haqidagi, inson haqidagi, jamiyat haqidagi fanlar tartibida joylashtirishga urinib ko'rgan edi. Uning klassifikatsiyasi umumiy mazmunga ega bo‘lgan uchta bo‘lim bilan boshlanadi:
I
Bibliografiya va adabiyot umumiy tarixi.
II
Umummilliy va poligrafik kitoblar (ensiklopediyalar,
yunonistonlik va rimlik mualliflarning kitoblari).
III
Tilshunoslik
IV
Matematika
V—VII
Tabiatshunoslik
VIII
Antropologiya yoki inson tanasi va ruhi to‘g‘risidagi ta’1imot
IX—XII
Tarix va geografya, siyosat va huquq, iqtisod va texnologi-
ya
XIII—XIV
San’at va nafis adabiyot
XV—XVI
Ilohiyot va falsafa
XVII
Tibbiyot
XVIII
Harbiy ish va dengiz ishi
XIX
Arxitektura. Binokorlik
XX—XXI
Qo‘1 yozmalar va kutubxona kataloglari
K.E. Ber klassifikatsiyasida fanlarning mantiqiy silsilasini yaratishga harakat qilingan.Tabiat haqidagi fanlar umumiy tabiatshunoslik — fizika va kimyo (V) bo‘limi bilan boshlanadi, so‘ngra anorganik tabiat haqidagi — geologiya va mine-ralogiya (VI) fanlari bo‘limlari va organik tabiat haqidagi (VII) fanlar bo‘limlari keladi. Antropologiya, umumiy fiziologiya va psixologiya alohida bo‘lim — inson haqidagi fanlar (VIII) bo‘limi qilib ajratilgan hamda jamiyat haqidagi fanlar kom- pleksiga (IX—XII) o‘tish bo‘lib xizmat qiladi. San’at va adabiyot mustaqil bo‘lim- lar qilib berilgan. K.E. Ber nazariy va amaliy fanlarni yorituvchi adabiyotni, masa-lan kimyo hamda kimyo texnologiyasiga doir, nazariy va texnikaviy fizikaga doir kitoblarni birlashtirishdek murakkab masalani hal etishga birinchi bo‘lib kirishgan edi. Biroq, u amaliy jihatdan maqsadga muvofiqligiga asoslanib, mustaqil taraqqiy etgan fanlar (masalan, tibbiyot, harbiy ish va dengiz ishi, arxitektura)ni alohida bo‘limlarga ajratgan. Bu sxema yaxshilab bezatilgan. Sxemaning bo‘limlari va
bo‘linmalari aniq bosqichli indekslar bilan ko‘rsatilgan: asosiy bo‘limlari raqamlar bilan, bo‘limchalar — lotin alfavitining bosh harflari bilan, bundan keyingi bo‘lin- malar — kichik lotin harflari, ba’zan yunon harflari bilan ifodalangan.K.E.Ber- ning o‘z davridagi ilg‘or ilmiy qarashlarini aks ettirgan va amalda foydalanishga yetarli darajada moslashtirilgan sxemasi XIX asr birinchi yarmidagi kutubxona klassifikatsiyalarining eng yaxshilari jumlasiga kiritilishi mumkin.