Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
«Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda kasbiy pedagogik bilimlarni oshirish, ta’lim jarayonimazmunini tanlash, aniqlashtirilgan maqsadlarni belgilash, muammoli vaziyatlarni yaratish, turli darajadagi nazorat ishlarini ishlab chiqish, texnologik xarita tuzish kabi malakalarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. U o‘quv rejasi va fan dasturida ko‘zda tutilgan zarur bilimlar va ko‘nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kam kuch sarflab o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |