Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: SOTSIAL MUNOSABATLAR



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/200
Sana02.07.2021
Hajmi1,53 Mb.
#106848
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   200
Bog'liq
sotsiologiya

7-MAVZU: SOTSIAL MUNOSABATLAR 
Reja: 
1. Sotsial munosabat tushunchasi. 
2. Sotsial munosabat turlari. 
3. Milliy g’oyaning sotsial munosabatlardagi o’rni va roli. 
 
Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim  o’rin tutadi. 
Chunki  u  orqali  jamiyat  a’zolari  bir-birlari  bilan  ma’lum  bir  muomala  va 
ijtimoiy  hamkorlikka  intiladilar.  Sotsiologiya  dagi  bu  maxsus  soha  o’zining 
o’ta  dolzarbligi  va  muhimligi  bilan  boshqa  muammo  va  masalalardan  ajralib 
tursada,  u  hali  mutaxassislar  tomonidan  to’liq  ilmiy  va  sistemali  ravishda 
o’rganilmagan  hamda  ilmiy  adabiyotlarda  yetarli  darajada  yoritilmagan.  Bu 
salbiy  yo’lning  asosiy  sabablaridan  birinchisi,  avvalo,  sobiq  Ittifoq  falsafiy  – 
sotsiologik adabiyotlarida bu masalaning bir yoqlama talqin qilinganligi bo’lsa, 
ikkinchisi esa, ilg’or g’arb ijtimoiy adabiyotlarining, bu sohasi bo’yicha to’liq 
tadqiqot ma’lumotlarining bizda yo’qligidir.  
Sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy ko’rinishi deb 
talqin  qilinadi.  Mavjud  adabiyotlarni  chuqurroq  tahlil  qilinadigan  bo’lsa, 
shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  yuqorida  ko’rsatilgan  fikrlarda  qimmatli 
asoslar borligini bilsa bo’ladi.  
Sotsial  munosabatlar  tushunchasi  ko’pgina  adabiyotlarda  2  xil  darajada: 
keng  va  tor  ma’noda  talqin  qilingan.  Keng  ma’noda  tushunish  –  sotsial 


munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tenglashtirishdir va 
ular orasidagi farqlarga ko’p e’tibor bermaslik bilan bog’liqdir.  
Tor  ma’noda  sotsial  munosabatlar  ijtimoiy  munosabatlarning  bir  muhim 
elementi va turi deb interpretasiya qilinadi. Sotsial munosabatlar keng ma’noda 
quyidagicha ta’rif bilan belgilangan. 
Sotsial  munosabatlar  –  bu,  tabiat  hodisalaridan  o’laroq  bo’lib,  unda 
ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir. 
Albatta,  bu  ijtimoiy  fikrlar  vujudga  kelgandan  beri  ancha  vaqtlar  o’tdi, 
yangi jug’rofiy-siyosiy maqomlar paydo bo’ldi. Eng muhimi esa, totalitar tuzum 
barham  topib,  yangi  davlatlar  vujudga  keldi,  yangi  jamiyatda  bir  partiyaviylik 
hukmronligi  yemirildi  va  mustaqil  suveren  davlatlar  barpo  bo’ldilar.  Endi  esa 
jamiyatdagi  jarayonlarni,  jumladan,  sotsial  munosabatlar  muammolarini  keng 
plyuralistik  prinsip  orqali  tadqiq  qilish  davri  keldi.  Bu  tamoyil  orqali,  sotsial 
munosabatlarning  muammo  va  vazifalarini  turlicha  tahlil  qilish  imkoniyati 
tug’ildi.  Ushbu  ijobiy  imkoniyatlarning  hosili  sifatida  respublikamizda  sotsial 
munosabat  muammolari  jahon  ilmiy  tafakkurining  harxil  yo’nalish  natijalari 
asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko’rsatish mumkin.  
Xulosa  qilib  aytganda,  sotsial  munosabatlar  muammosini  yangi,  yuqori 
ilmiy  darajada  tadqiq  qilish  imkoniyatlari  vujudga  keldi.  Endi  bu  muammoni 
konkret sotsiologik tadqiqot bilan o’rganish joizdir. Chunki Sotsiologiya nafaqat 
bu muammonigina emas, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlarni keng qamrovda 
kompleks xarakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi. 
Ijtimoiy  struktura  –  jamiyatning  ijtimoiy  asosidir.  Sotsiologiya 
nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar 2 xil munosabatda mavjud bo’ladi: 
1. Sosietal munosabatlar;  
2. Ijtimoiy munosabatlar. 
1.  Sosietal    munosabatlar    sistemasiga  jamiyatning  iqtisodiy,  siyosiy, 
ijtimoiy  va  mafkuraviy  munosabatlari  kiradi.  Ular  bir-birlari  bilan  uzviy 
aloqador  tizimga  ega.  Sosietal  sistemasida  ierarxik  qaramlik  mavjud.  Ya’ni, 
bunda  iqtisodiy  munosabat  belgilovchi  omil  bo’ladi.  Demak,  Sosietal 
munosabatlar sistemasi tuzilishi: 

 
iqtisodiy:  (asoschisi  A.Smit:  «Dunyodagi  barcha  narsalar  mehnatning 
mahsuli, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o’zi uchun ishlaydi va 
boshqalar  uchun  ham  ishlashga  majbur  bo’ladi,  u  boshqalar  uchun 
ishlaganda o’zi uchun ham ishlaydi); 

  ijtimoiy:  a)  ijtimoiy  munosabatlarning  asosiy  elementini  ijtimoiy  jamoalar 
tashkil  etadi  (sinflar,  millatlar  professional,  demografik,  hududiy,  siyosiy 
guruhlar);  b)  elementi  kishilar  (jamoaga  birikadigan  insonlar);  v)  oila 
tashkil etadi. 

  siyosiy; 

  mafkuraviy. 
2. Ijtimoiy munosabatlar: («ijtimoiy» sistema elementi –kishilar). 
Ijtimoiy  munosabatlar  -  kishilarning  faoliyati  jarayonida  yuzaga  kelgan 
o’zaro munosabatlardir. Ular turli jamoalar, ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni 
tashkil  qilgan  kishilar  o’rtasidagi  munosabatlar  bo’lib,  ularni  bir  butun  sotsial 


organizm  bog’laydi.  Ijtimoiy  munosabatlar  jamiyatda  ijtimoiy  ishlab  chiqarish 
vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi. 
Ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  paydo  bo’lishi  jamiyat  taraqqiyotida 
chorvachilik  paydo  bo’lishi,  dehkonchilik,  savdoning  yuzaga  kelishi  bilan 
bog’lik.  Ijtimoiy  munosabatlarning  turlari:  hamfikrlilik,  kooperasiya, 
konfliktlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik. 
Ijtimoiy  munosabatlar  o’z  mohiyatiga  ko’ra  jamiyat  tarakqiyotiga  ham 
ijobiy, ham salbiy ta’sir etadi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish