Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikning xavfsizlik va jamiyat taraqqiyotiga soladigan tahdidi
Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikning xavfsizlik va jamiyat taraqqiyotiga soladigan quyidagi tahdidlari mavjud:
Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir.
Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |