"ijtimoiy fanlar" kafedrasi


(har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)»



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

(har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)»
(Isro, 36).
Demak, inson ko‘rgan, 
eshitgan har bir ma’lumotiga ishonishi, unga ergashishi oqibatida Alloh oldida 
ham so‘raladi. 


334 
Payg‘ambar Muhammad (alayhis-salom)dan rivoyat qilingan bir necha 
hadislarda ham Shunday deyiladi: 
«Xabarni tekshirish Allohdan, (unda) 
shoshqaloqlik qilish shaytondandir»,
deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati). 
Shuningdek, 
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa, 
Rasululloh (alayhis-salom): «Kishining yolg‘onchi ekanligiga uning eshitgan har 
bir narsasini gapiraverishi kifoya qiladi» deganlar 
(Imom Muslim rivoyati). 
Ta’kidlash lozimki, internetda buzg‘unchiliklarni targ‘ib qiluvchi veb-saytlar, 
ijtimoiy tarmoqdagi guruhlar soni kun sayin ko‘paymoqda. Turli yolg‘on 
ma’lumotlar ko‘paygan bir vaqtda to‘g‘ri va haqqoniy axborotni ajratish yo‘llarini 
bilish lozim. Jumladan, bunday sharoitda ajdodlar tutgan yo‘lni tanlash kerak. 
Imom Buxoriy hazratlari hadislarning sahih, zaif va to‘qimalarini ajratishda juda 
mohir bo‘lganlari sir emas. 
Rivoyat qilinishicha, Imom Buxoriy bir hadisning roviysi, ya’ni rivoyat 
qiluvchisini qidirib topadilar. Lekin roviy bir hayvonni quruq qo‘l bilan aldab, 
qo‘raga olib kirayotganini ko‘rib, suhbatlashmasdan qaytadilar va undan hadis 
rivoyat qilmaylar. 
Demak, har bir olingan ma’lumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini 
aniqlamay turib, o‘sha ma’lumotga qarab ish tutish islom mohiyatiga ko‘ra, 
shayton yo‘liga kirish hamda yolg‘onchi bo‘lib qolish bilan barobar bo‘ladi. 
Chunki bunda xabar tarqatayotgan kishining g‘arazli maqsadini amalga oshirishiga 
zamin yaratib qo‘yiladi.
Yoshlarni turli xildagi yot g‘oyalardan asrashda quyidagilarga alohida e’tibor 
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Birinchidan, 
jamoatchilik fikrini chalg‘itayotgan, vayronkor axborotlar 
tashqaridan kelayotganini nazarda tutib, muntazam ularga qarshi turish. Befarqlik 
va sukut saqlash kayfiyatiga barham berish. 
Ikkinchidan,
har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o‘z vaqtida, 
mo‘ljalni aniq olib munosabat bildirish va bunda ehtirosga berilmaslik, ortiqcha 


335 
shov-Shuvlarga yo‘l qo‘ymasdan vazminlik va bosiqlik, ayni paytda, uddaburonlik 
bilan kuchlik ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash. 
Turli guruhar millatni yo‘q qilish, ildizini qirqib tashlash maqsadida axborot 
tizimidan foydalanishga zo‘r bermoqda. Mana Shu jarayonda yoshlar o‘zining 
aqliy salohiyatini ishga solib, o‘zini o‘zi himoya qilish va har qanday tajovuzlarga 
qarshi tura olish iqtidorini shakllantirishi lozim. 
Oxirgi paytlarda internet tarmoqlarida har xil asossiz axborotlar, yoshlar 
ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uydirma ma’lumotlar juda ko‘p tarqatilmoqdaki, 
bularning ta’sirida yoshlar orasida bir-biriga nisbatan keskin adovatlar avj olishi 
kuzatilmoqda. 
Unutmaslik lozimki, axborot xurujlari – biron shaxsga, muayyan tashkilot 
yoki davlatga qarshi yo‘naltirilgan g‘oyaviy ta’sir hisoblanadi. Uning asl maqsadi 
o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning tinchligini buzish hamda qora niyatiga etishdir. 
Yoshlarning barchasi internet tarmog‘idan faqat ilm yo‘lida foydalanmoqda 
desak, yanglishamiz. Afsuski, internetdan noto‘g‘ri, buzg‘unchilik va behayolikka 
doir ma’lumotlarni olishda ham foydalanmoqda. Bu kabi noxush holatlardan so‘ng 
yoshlar kelajakda qahri qattiq, mehrsiz, hayosiz bo‘lib etishmaydi, deb hech kim 
kafolat berolmaydi. 
Ma’lumki, ko‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga filtirlab 
qo‘yilgan va bu holatni ko‘p davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta, ta’qiqlar yoki 
filtr vositalari orqali odamlarni internet olamidagi turli kuchlarning xatarli 
tahdidlaridan himoya qilish juda qiyin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
 
5 sentyabr 
2019 yilda 07/19/4436/3693-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan 
mamlakatimizda milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulug‘ alloma 
ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat, 
ilm-ma’rifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. 


336 
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ham munosib 
e’tirof etilib, diniy bag‘rikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda. 
Xususan, O‘zbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyg‘otadigan 
davlatlar ro‘yxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida 
O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» 
rezolyusiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir. 
Shunga qaramay, yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga 
diniy tus berish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi 
orasida nosog‘lom aqidani singdirish holatlari kuzatilmoqda. 
Diniy-ma’rifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda «jaholatga qarshi 
- ma’rifat» degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va 
tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish, 
shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini 
ta’minlash maqsadida: 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari 
bo‘yicha qo‘mitaning (Qo‘mita) Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston YOshlar 
ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan 
birgalikda jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma’rifiy muhit 
barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda 
tutuvchi yangi tizim joriy etildi. 
Quyidagilar yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib 
belgilandi: 
-
din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini 
keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga 
tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligi oshirildi; 
-
vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar 
ko‘rildi; 


337 
-aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini 
rivojlantirildi; 
- ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda 
tarqatilayotgan radikal g‘oyalarga qarshi milliy an’ana va qadriyatlarimizning keng 
targ‘ib etilishi ta’minlandi. 
Qo‘mitaning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilandi: 
-
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq 
din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
-
O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga 
chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish; 
-
diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar 
o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik 
choralarini ko‘rish; 
-
jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid 
tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini 
olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha 
vakillarining ishtirokini kengaytirish; 
-
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini 
muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish; 
-
aholi 
orasida 
konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni 
mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish; 
-
fuqarolarning xorijiy davlatlarga va chet el fuqarolarining O‘zbekistonga 
ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish; 
-
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan 
shaxslarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda 
tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni 
olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash; 


338 
- manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy 
jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlarni tashkil etish. 
Qo‘mita: jamiyatda «jaholatga qarshi — ma’rifat» degan ulug‘vor g‘oya 
asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi 
fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib etish maqsadida barcha davlat 
va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda 
ko‘maklashmoqda; 
- mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni 
ta’minlash masalalarini o‘rganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-
quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish choralari ko‘rildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan tarixiy nutqida ushbu dolzarb masalaga 
alohida e’tibor qaratib: “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz 
mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni 
zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va 
ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va 
tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi”, – deya 
ta’kidlagan edi.
Bunday adolatli yondashuv xalqaro doiralarda keng muhokamalarga sabab 
bo‘ldi. BMT Xavfsizlik Kengashining 2017 yil 21 dekabrdagi 2396-sonli 
rezolyusiyasida: “Terrorizm, zo‘ravon ekstremizm hech bir din, millat va 
sivilizatsiya bilan aloqador emas va bog‘liq holda talqin qilinmasligi kerak”, deb 
qayd etildi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy 
bag‘rikenglik” 
rezolyusiyasining 
tinchlik-osoyishtalikni 
saqlash, 
diniy 
bag‘rikenglikni ta’minlashdagi ahamiyatini quyidagi jihatlarda ko‘rish mumkin:
Birinchidan, rezolyusiya O‘zbekiston Prezidentining diniy-ma’rifiy sohaga 
oid tashabbuslari nafaqat xalqimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham faol 
qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi.


339 
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom 
Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom 
akademiyasi – bularning barchasi xalqaro darajadagi yirik loyihalardir. Ushbu 
tashabbuslarning ahamiyati shundaki, ilm-ma’rifat, madaniyat zamini bo‘lgan 
O‘zbekistondan ma’rifiy islom g‘oyalari tarqalishi, muqaddas dinimizning asl 
insonparvarlik ta’limotlarini yoyish bo‘yicha Movarounnahrda shakllangan tarixiy 
maktablar an’anasining davom etishi “Jaholatga qarshi – ma’rifat” bilan 
kurashishning eng samarali echimi bo‘ladi.
Ikkinchidan, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi dunyo 
jamoatchiligini bezovta qilayotgan terrorizm, ekstremizm, zo‘ravonlik, 
murosasizlik kabi bugungi kunning o‘tkir muammolariga echim sifatida ilm-
ma’rifat, o‘zgalarga adolatli va bag‘rikeng yondashuv hamda tinchlikparvar 
siyosatni targ‘ib qiladi.
Xulosa.
Dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnaShuvlarga teran qarash hissini oshirish, har 
qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari 
asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir 
so‘z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilamizni din niqobi 
ostidagi yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni 
safarbar etish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi 
ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish