"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

-
 
diniy va umuman mafkuraviy adabiyotlar, video va audiokassetalarning 
mazmuni va tarqatilishini tegishli qonunlarda belgilangan tarzda tekshiruvdan 
o‘tkazishni kuchaytirish;


322 
-
 
diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi videomahsulotlarning namoyish 
etilishiga qarshi qonuniy choralar ko‘rish; 
-
 
diniy mavzudagi kitoblar, risolalar va boshqa turdagi matbaa asarlarida 
e’tiqodga ko‘r-ko‘rona mukkasidan ketish, bevosita va bilvosita milliy va diniy 
mahdudlik, aqidaparastlik targ‘ib etilishining oldini olish; 
-
 
viloyatlar markazlarida diniy adabiyotlar sotuviga ixsoslashtirilgan maxsus 
do‘konlar tashkil etish, sotilayotgan diniy adabiyotlar mazmunini nazoratga olish 
kabi muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan. 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 19-
moddasida diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan 
yo‘g‘rilgan matbaa nashrlar, kino, foto, audio, video mahsulotlari va Shu kabi 
boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish muayyan javobgarlikka olib 
kelishi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning 184
2
-moddasiga asosan Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish 
maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga olib kirish yoki tarqatish, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining yigirma 
baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravaridan yuz 
ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilgan. 
Shuningdek, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida xuddi 
Shunday qilmish takroran sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 244
3
-moddasiga asosan 
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda 
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish maqsadida tayyorlanadigan 
diniy mazmundagi mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazishda ularning mohiyati 
davlatimiz siyosati, milliy istiqlol g‘oyasi va diniy ta’limotlarga zid emasligi, 
bunday mahsulotlarga qay darajada ehtiyoj mavjudligi, ular diniy da’vat va 
missionerlikka, aholi o‘rtasida ixtilof va ziddiyatlar kelib chiqishiga sabab 
bo‘lmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.


323 
Ma’lumki, O‘zbekiston dunyoviy davlat hisoblanadi. Shu bois qonunga xilof 
tarzda dinga dav’at etish, undash ta’qiqlanadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning 202
1
-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy 
nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash – 
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima 
solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab 
bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 216
1
-moddasiga muvofiq, yuqoridagi qonunbuzarlik 
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining 
yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha 
axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Biron-bir fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod 
etmaslikka, ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki 
qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u 
yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bu haqida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasida 
ham aytib o‘tilgan bo‘lib, diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzganlik uchun 
ma’muriy javobgarlik belgilangan. Mazkur moddaga ko‘ra, «Maxsus diniy 
ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashklot boshqaruvi markaziy organining 
ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi Shuningdek, xususiy tartibda diniy 
ta’limotdan saboq berish» ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, bunday harakat 
uchun eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima 
solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga qamoqqa olish jazosi belgilanadi. 
Agar biror shaxs bunday qilmish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan 
so‘ng bir yil davomida takroran Shunday harakatni sodir etsa, Jinoyat kodeksining 
229
2
-moddasiga asosan eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha 
qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda 
tutilgan. Shunday ekan, xususiy tartibdagi diniy ta’lim javobgarlikka asos bo‘ladi.


324 
Bundan tashqari, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-
modda), jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda 
tuzish (216-modda), g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar 
faoliyatida qatnashishga undash (216
1
-modda), diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarini buzish (216
2
-modda), diniy ta’limotdan saboq berish tartibini 
buzish (229
2
-modda), jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan 
materiallarni tayyorlash yoki tarqatish (244
1
-modda), diniy ekstremistik, 
separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga 
rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish (244
2
-modda) kabi jinoyatlar uchun jinoiy 
javobgarlik belgilangan. 
Demak, diniy ekstremizm va u bilan bog‘liq holda sodir etiladigan 
jinoyatlarning oldini olish uchun eng avvalo, kishilarni, ayniqsa, yoshlarni huquqiy 
savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga 
qarshi kurashning o‘ziga xos huquqiy mexanizmi fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini kafolatlash, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, diniy mazmundagi 
materiallarni tayyorlash va tarqatishni tartibga solish, Shuningdek, din bilan 
bog‘liq turli nizolarning oldini olish orqali yurt tinchligi va xavfsizligini 
ta’minlashda o‘ziga xos xizmat qilmoqda. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish