"ijtimoiy fanlar" kafedrasi


Mazhabsizlik va uning oqibatlari



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

6.Mazhabsizlik va uning oqibatlari. 
Bugungi kunda turli guruhlar tarafidan 
mazhablarni inkor qilish holatlari uchrab turibdi. Ular mazhabsizlik g‘oyasini ilgari 
surib, asosiy maqsadlari asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan fiqhiy 
mazhablarni inkor qilishdan iborat.
 
Mazhabsizlik g‘oyasi deyarli 12 asrdan ortiq 
vaqt mobaynida yashagan minglab ulamolarning butun umrlarin davomida olgan 
ilmlari va qoldirgan meroslarini, yozgan asarlarini bekorga chiqaradi. Shu bilan 
birga asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan an’analar noto‘g‘ri, ularga amal 
qilgan musulmonlar esa adashgan ekan degan xulosaga olib keladi. Bundan 
tashqari musulmonlar birligini xavf ostida qoldiradi. Zero, Muhammad 
payg‘ambar 
(alayhis-salom) 
hadislarida: 
«Alloh 
ummatimni 
zalolatda 
jamlamaydi»

«Musulmonlar Yaxshi deb bilgan narsa Allohning huzurida ham 
Yaxshidir» 
(hadislarni Hokim Naysaburiy rivoyat qilgan), deyilgan. Mazhablar 
ham musulmonlarning birligi. Olimlar butun umrini shariat ilmiga bag‘ishlab, 
undagi o‘ta nozik masalalarni o‘rganish uchun umrining ko‘p yillarini 
bag‘ishlaganlar, Qur’on va hadislarda uchraydigan va barcha insonlar tuShunishi 
qiyin bo‘lgan holatlarni fahmlash va tuShunishga oson shaklga keltirib so‘ngi 
xulosalarni berganlar.
Mazhabsizlik g‘oyasini soxta salafiylar ilgari surmoqda. Ularning fikricha, 
fiqhiy mazhablar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarni to‘g‘ri tuShunish usuli 
sifatida tan olinmaydi, balki shariat ahkomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga tatbiq 
etish lozim deb hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, mazhabsizlarning da’vosi 
bo‘yicha har bir kishi, o‘zi Qur’ondan yoki hadisdan hukm olishi mumkin. Chunki 
mujtahidlarning xulosasi boshqalar uchun asos bo‘la olmaydi, har bir odam o‘zi 
fatvo berishi mumkin. Ularning bu g‘oyasiga amal qilinsa, barcha Qur’on va 
hadisdan hukm olishga o‘tsa, jamiyat hayoti o‘z-o‘zidan izdan chiqadi. CHunonchi 
tibbiyot, arxitektura va hokazo soha vakillari ham o‘zlari mustaqil tarzda Qur’on 
yoki hadislarni o‘rganib o‘z masalalarini hal etishlari lozim bo‘lib qolar edi. 
Mazhabsizlikni targ‘ib qilayotgan soxta salafiylik mafkurasiga ko‘ra fiqhiy 
mazhablar tomonidan ishlab chiqilgan kategoriyalar shariatni to‘g‘ri tuShunish 


257 
uslubi sifatida tan olinmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shariat ahkomlarini amalga tatbiq 
etish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Bu yo‘l bilan minglab olimlarning mashqqat bilan amalga oshirgan ishlarini 
bekorga chiqaradi. Shu bilan birga asrlar davomida musulmonlar tomonidan amal 
qilinib kelinayotgan an’analarni noto‘g‘riga chiqarib, «o‘tmishdagi musulmonlarni 
adashgan edilar» degan buzuq xulosani beradi. Buning natijasida musulmonlar 
orasida parokandalik yuz beradi. Hozirgi kundagi ahli sunna val jamoa 
musulmonlarining barchasi to‘rt mazhabdan biriga ergashadi. Shu bilan birga ular 
bir-birini inkor qilmaydi va aqidada bir hisoblanadi. 
Mazhabsizlarning da’volaridan yana biri faqat sahih hadisga amal qilish 
lozim, Chunki mujtahidlar har xil fatvo chiqarganlar, Shuning uchun bu bo‘linish 
hisoblanadi, deydilar. Aslida mazhablardagi bir masalaga turlicha qarash 
mujtahidning o‘sha masalani qanday tuShunishi bilan bog‘liq. Arab tili boy til 
bo‘lgani sababli, bir olim Qur’ondagi so‘zning bir ma’nosini qabul qilgan bo‘lsa, 
ikkinchi mujtahid boshqa ma’nosini olgan. Hukm ham, hadislardan hukm olish 
ham Shunga yarasha bo‘lgan. Bir mujtahid bir hadisni olgan va unga qarshi 
bo‘lgan hadisni esa, hukmi o‘chgan deb, boshqa mujtahid esa, o‘sha hadisni hukmi 
o‘chmagan deb qabul qilgan.
Bulardan tashqari Payg‘ambar (alayhis-salom) tomonidan sahobiylarga ham 
o‘z o‘rniga qarab turlicha masalahatlar berilgan. Sahobiylar esa, turli joylarga 
tarqalib, borgan joylarida o‘zlari bilgan ilm bilan boshqalarni tanishtirganlar. 
Shunga o‘xshash va boshqa sabablar bilan mazhablar orasida bir masalaga turlicha 
fatvolar berish holatlari paydo bo‘lgan. Shunday bo‘lsada mazhablar bir-birlarining 
hukmlarini xato deb hisoblamaydilar va boshqa hukmni hurmat qiladilar.
Shu o‘rinda fatvo va muftiy haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli. «Fatvo» deb 
lug‘atda «mushkul ishga javob qidirish», «savolga javob berish», «shariat 
masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoq», «maslahat bermoq», «muftiyning 
xulosasi» degan ma’nolarni bildiradi. Istilohda esa, «dalilga asoslanib, shar’iy 
hukmni so‘rovchiga bayon qilib berish» ga fatvo deyiladi. Zamonaviy hanfiy 


258 
mazhabi olimlaridan biri fatvoni «diniy masalalarga javob berishdir», degan. 
«Muftiy» deb shariat hukmlari borasida fatvo beradigan odamga aytiladi. Faqih 
Qarofiy Shunday degan: «Muftiylar Alloh taoloning tarjimonlaridir. Chunki ular 
nass (Qur’on va hadis)ga tayangan holda hukm chiqaradilar». Imom SHotibiy: 
«Muftiylar ummat uchun Rasululloh (alayhis-salom) maqomlarida bo‘ladilar. 
Bunga dalil qilib: 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish