“ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Download 359,12 Kb.
bet86/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

Mulk huquqining mazmuni

Mulk huquqi o`z navbatida ikki ma'nodagi: obyektiv va subyektiv ma'nodagi mulk huquqiga bo`linadi.

Obyektiv ma'nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini ijtimoiy o`zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash, tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko`zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig`indisi nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk to`g`risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq normalari hisoblanadi.

Subyektiv ma'nodagi mulk huquqi deb, ayrim shaxslar, ya'ni huquq subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi.

Mulkni o`z xohishiga ko`ra va o`z manfaatini ko`zlab egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek mulk huquqini har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk egasiga qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi.

O`zbekiston Respublikasining Mulkchilik to`g`risidagi qonuni va FKning 164-moddasida belgilanishicha, mulkdor o`ziga tegishli mol-mulkka o`z ixtiyoriga ko`ra, o`z xohishi va manfaatlarini ko`zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu ma'noda mulkdor o`z mulkiga bo`lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o`z xohishiga ko`ra amalga oshiradi. Mulkdorning o`z xohishi deganda, uning o`z erki, irodasi bilan o`z manfaatlarini ko`zlab, birovning (uchinchi shaxslarning) tayziqisiz, g`ayrihuquqiy ta'sirsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda zo`rlik, tayziq ko`rsatilgan bo`lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasi erkin amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdorning o`z xohishiga ko`ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim.

Mulkdorning mulkiy huquqni o`z xohishiga ko`ra amalga oshirishda uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o`ziga, yaqinlariga yoki boshqalarga taalluqli bo`lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga yetmagan farzandi nomiga bankka omonat pul mablag`i qo`yganda ham, garchi bunda uchinchi shaxsning manfaati ko`zlaganday bo`lsa ham, aslida mulkdorning harakati zamirida ota-ona sifatidagi burchi yotadi. Mulkdorning o`zi xohishiga ko`ra yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilish, umumiy qoida bo`yicha bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`ladi.

Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch unsur (element) – mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil topadi.

Mulkni egallash huquqi mulkni qo`lda yoki unga nisbatan o`z huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o`z qo`lida yoki o`z erki-irodasi ta'siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, mulk egasiga tegishli bo`ladi. Avvalo deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo`lishi mumkin. Masalan, mulk shartnoma bo`yicha ijaraga berilganida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonat qo`yilishida yoki ma'muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga o`tkazilishida egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham bo`lishi mumkin.

Mulkni qonun talablariga muvofiq qo`lda saqlab turishga qonuniy egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo`lmay turib birovlarga qarashli mulkni egallash, masalan, birovning o`g`irlatgan yoki yo`qotgan mulkini qo`lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.




Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish