Iste'mol qilinadigan va iste'mol qilinmaydigan ashyolar (FKning 89- moddasi): iste'mol qilinadigan ashyolar bir karra foydalanish natijasida butunlay yo`qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o`zgaradigan narsalar (masalan, oziqovqat, xom-ashyo kabilar) dir.
Iste'mol qilinmaydigan ashyolar birmuncha uzoq vaqt davomida o`zining sifatini saqlaydigan narsalardir. Bunday ashyolar odatda qayta-qayta foydalanishga mo`ljallangan bo`ladi. Qayta-qayta foydalanish davomida iste'mol qilinmaydigan ashyolarning yemirilishi ham asta-sekin kechadi. Iste'mol qilinmaydigan ashyolar jumlasiga: binolar, uskunalar, transport vositalari va h.k.lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |