Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan



Download 6 Mb.
bet70/91
Sana19.03.2022
Hajmi6 Mb.
#500980
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91
Bog'liq
2 5269700331301770571

Demokratik rahbar- aksincha, bo`ysunuvchilarga mustaqillik, erk berish tarafdori. Ishni ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriq, odatda taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o`rtoqlarcha, do`stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uni lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka ko`ra, ishiga baho berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Jamoada tanqid va o`z-o`zini tanqid shunday yo`lga qo`yilganki, uning oqibatidan hech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko`proq boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari - norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Boshliq yo`l qo`ygan xato-kamchiliklarini jamoatchilik oldida bo`yniga oladi va olishdan qo`rqmaydi, chunki undagi mas’uliyat hissi nafaqat yuqori boshqaruv tashkilotlari a’zolari bilan muloqot paytida, balki xodimlar bilan muloqotda ham sezilib turadi va qo`yilgan topshiriq yuzasidan mas’uliyatniboshqalarga ham bo`lib berishni yaxshi ko`radi.
Liberal rahbar-bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po`pisa bo`lmaydi, uning o`rniga ko`pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi, holos. Jamoada hamkorlik yo`q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa «koinotda» yurganga o`xshaydi. Aniq ko`rsatmalar bermaydi. Uning o`rniga norasmiy liderlar yoki o`ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo`lgan to’shiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulotlar, xomashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va xokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri kelganda, u doimo xushmuomala bo`lib, odob-axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi. Olimlarning fikricha, bunday rahbar ishi olib borgan jamoada barcha ko`rsatkichlar doimo orqada bo`ladi. Liberal rahbar bir ishda ko`p faoliyat ko`rsatmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.
Ushbu usullarning har biri o`z natijasiga ega bo`lib, jamoada turli xil ijtimoiy-psixologik kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, aslida hayotda sof demokratik yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasliklari ma’lum bo`ldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga bog`liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti-harakat normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi degan g`oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarini psixologik mazmun va mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o`ziga xos ijobiy tomoni bor. Mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`zi rahbarlik qilayotgan jamoaga mos xususiyatlarni tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki ayrim hollarda xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo`l-yo`riqlar ko`rsata olishi, har bir ko`rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Har qanday rahbar uchun kerak bo`lgan hislatdan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo`lish yoki boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo`lishdir. Rahbar o`zidagi madaniyatni, avvalo, muomalada, odamlar bilan bo`ladigan muloqotlarda namoyish qilmog`i kerak. Muomala madaniyati – bu o`rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish madaniyati va ikkinchi tomondan, suxbatdoshni tinglash qobiliyatidir.
Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir.
95-rasm

Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Bunda egalik o`z xulqi, xatti-harakatlari va muomala munosabatlariga nisbatan egalik hissini vujudga keltiradi. Boshqarish esa bevosita jamoaga qaratilgan bo`lib, uning psixologik natijasi o`zlikka nisbatan hurmat, o`zligini qadrlash, anglash kabilarni vujudga keltiradi. Rahbar doim o`z xodimlari bilan mulokotda bo`ladi. Bu esa uni muloqot qilish ko`nikmalarini shakllangan bo`lishini talab qiladi. Muloqot asosida ishni turli xil tarzda tashkillashtiradi. Jumladan, ishni byurokratik, demokratik tarzda tashkillashtirishi mumkin. Xuddi mana shu muloqot shakliga ko`ra jamoada ijtimoiy fikr vujudga keladi.


Rahbar o`zini-o`zi tarbiyalash, o`zini-o`zi kamol to’tirish mustaqil bilim olish ma’naviy dunyosini uzluksiz ravishda takomillashtirish ustida harakat qilsa, demak uning istiqboli porloq. Lekin uning faoliyatini nazorat qilmaslik, baholamaslik, rag`batlantirmaslik kabi omillar o`z ustida ishlashni pasaytiradi, lavozimiga nisbatan sovuqqonlik namoyon bo`ladi. Shu sohada tizimda faoliyat ko`rsatayotgan hamkasblarining maslahatlari ishga munosabatlari uni susaytiradi, asta-sekin faollik yo`qola boradi. Ishlab chiqarishda har xil xususiyatli muammolar tinimsiz ravishda namoyon bo`lib turadi. Notanish yangi nostandart yondashishni taqozo etuvchi, yangicha yechimni talab qiluvchi, ijodiylikka asoslanuvchi vositalar bilan qurollanish rahbarning bosh vazifasi hisoblanadi.
Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va amaliyotchilarni ko`proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o`rganib, ularga xos bo`lgan eng muhim sifatlarning bloklarini ajratib, rahbarlarning sifatlarini quyidagicha tabaqalaganlar:

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish